O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#164965
1   2
Ozbekistonda konfenssiyalararo munosabatlar

Konfessiya – (lot. – tan olish, e’tirof etish) diniy ishonch, e’tiqod; shu bilan birga mazhab mazmuniga ega tushuncha.
Ulug‘ ajdodlarning donishmandlik an’analariga amal qilib, bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Buni yangi O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma’rifiy sohalaridagi tub islohot va evrilishlarda ham ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va xalqimiz birdamligida qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” asosidagi yangilanishlar tom ma’noda, xalqimiz hayotidagi farovonlik va mamlakat taraqqiyotida o‘z bo‘y-bastini ko‘rsata boshladi.
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda birgina diniy-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar va uning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanayotganida ham fikrimiz isboti bor. Binobarin, mamlakatimizda turli millat va konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash hamda tinchlik va totuvlikni ta’minlashga qaratilgan izchil va puxta o‘ylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.
E’tiborlisi, 2017-yil 19-sentabrda Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi sifatida 2018-yili BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi yalpi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik“ deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyaning asosiy maqsadi — barcha uchun ta’lim olish imkoniyatini taqdim etish, savodsizlik va bilimsizlikni bartaraf etishdan iborat. Hujjatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni o‘rnatish, diniy erkinlikni ta’minlash, dindorlar huquqlarini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka muhim ahamiyat qaratilgan.
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi rezolyutsiya jahonda ekstremizm, terrorizm muammosi avj olib, turli din va e’tiqod vakillariga nisbatan toqatsiz, murosasiz munosabatlar kuzatilayotgan bir vaqtda global tahdidlarga qarshi kurashishning samarali vositasi sifatida ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalasini ilgari surgani bilan, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Ta’kidlash joizki, dunyoning turli mintaqa va davlatlarida insonning yashashi, ta’lim olishi, mehnat qilish va o‘z iqtidorini namoyish etish va o‘z diniy e’tiqodiga amal qilish kabi hayotiy va tabiiy haq-huquqlari turli darajada poymol etilayotgan bir davrda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bag‘rikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelishmoqda. Turli millat va din vakillarining har qanday tajovuzdan bexavotir o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishlari esa jamiyat barqarorligida ustuvor jihat.
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. Bag‘rikenglik fuqarolar orasida totuvlikni ta’minlab, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bugun nafaqat yurtimizda, balki butun Yer yuzida diniy bag‘rikenglik, diniy konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Bu borada mustaqillikning dastlabki kunlaridan olib borilgan odilona siyosatning samarasi, shuningdek, xalqimizning yuksak fazilatlari sabab bugun barcha millat va din vakillari yurtimizda tinch va ahil yashab, hayot kechirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o‘zining to‘liq ifodasini topdi”.
Darhaqiqat, Bosh Qomusimizning 4-moddasida O‘zbekiston davlati o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odat va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivoji uchun sharoit yaratishi alohida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, 18-moddada mamlakatimizda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, barcha qonun oldida tengligi belgilab qo‘yildi.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda ko‘plab sohalar kabi millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik siyosati yangi bosqichga ko‘tarildi. Diniy-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar va uning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda. Zero, yurtimizda turli millat va konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash hamda tinchlik va totuvlikni ta’minlashga qaratilgan izchil va puxta o‘ylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘zbekiston amaliyoti va tashabbuslari jahon hamjamiyatida e’tirof etilyapti.
2017-yil 19-mayda “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Yana bir ahamiyatli jihati Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlangani va bu yo‘nalishning beshinchi bandida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash kabi masalalarning ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi ham davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat, 16 ta diniy konfessiya, 153 ta milliy-madaniy markaz, 38 ta “Do‘stlik” jamiyati vakillari teng huquqli hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab kelmoqda. 2276 ta diniy tashkilot faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, 2017-2018-yillarda mamlakatimizda 2093 tasi musulmon tashkiloti qatorida 174 ta noislomiy diniy tashkilotlar rasmiy faoliyat yuritmoqda. Tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan noislomiy diniy tashkilotlarning 157 tasi xristianlik tashkiloti, 8 tasi yahudiylik jamoasi, 6 ta Bahoiylik, 1 ta Krishnachilik jamiyati va 1 ta buddaviylik ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar aholi tarkibidan kelib chiqib 2019-yilda xristian tashkilotlari soni 158 taga hamda 2020-yilda 166 taga o‘sib, noislomiy tashkilotlarning umumiy soni 183 taga yetgani ham O‘zbekistonda bag‘rikenglik va diniy erkinlik tamoyillari nechog‘lik ustuvor ahamiyat qaratilayotganidan darak beradi.
Bugun O‘zbekistonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublikada tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va farovonlik muhiti hukm surishidan barcha din vakillari birdek manfaatdor. O‘z navbatida, davlat turli dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmaganlar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro yarashuv va hurmatni mustahkamlashga ko‘maklashadi, diniy va boshqa aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi kurashish va munosabatlarni keskinlashtirishga, turli millat vakillari o‘rtasida adovatning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. e'tiqodlar. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ushbu masala yuzasidan fikr yuritar ekan, “...hozirgi kunda dunyoning turli mintaqalarida millatlar va dinlar o‘rtasidagi ziddiyat kuchaymoqda, millatchilik, diniy murosasizlik kuchaymoqda.Bu illatlar davlatga singib ketgan, jamiyatni barbod qilmoqda. va radikal guruh va oqimlarning g‘oyaviy asosiga aylanib bormoqda.Mana shunday og‘ir sharoitda mamlakatimizda turli millat va din vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash biz uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bu, shubhasiz, ishonchli vakil bo‘lib xizmat qilmoqda. yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik garovi, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, ertangi kunga ishonchi yuksalishiga zamin yaratdi”. Xususan, O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik munosabatlarini, birinchi navbatda, dinlararo nizolarning oldini olish orqali ta’minlash turli din vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunishni shakllantirish uchun zamin yaratadi. Bu omil bevosita yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat yuksalishiga xizmat qiladi.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so‘nggi 3 yil davomida diniy bag‘rikenglikni taʼminlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
BMT Bosh Assambleyasi 2018-yilning 12-dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda «Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.
2018-yil 16-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3668-sonli Qaroriga muvofiq Qo‘mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblanmish Konfessiya ishlari bo‘yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 tadan 17 ta aʼzoga – O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi.
2018-yilning 16-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-sonli Farmonni imzoladi. Mazkur hujjat O‘zbekistonda diniy taʼlim tizimining uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan: boshlang‘ich bosqichdan (o‘rta maxsus islom taʼlim muassasalari yoki madrasalar) tortib, to oliy va undan keyingi diniy taʼlimgacha.
2019-yil 4-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4436-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi kafolatlarini taʼminlash maqsadida mustahkam va doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi.
Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida ayollar bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni nazorat qiluvchi rais o‘rinbosari lavozimi ham joriy etildi. Xotin-qizlar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika targ‘ibot guruhi tashkil etildi.
O‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo” media-markazi tashkil etilib, u ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik maqsadini hamda diniy-maʼrifiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni taʼminlovchi asosiy media-tuzilma hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa obyektlarning rekonstruksiyasini moliyalashtirish, ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ushbu soha xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
2018-yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qurʼoni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O‘zbekistonda Markaziy Osiyo musulmon mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag‘ishlangan 10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Nasafiy, Alouddin Usmondiy, Saffar Buxoriy va h.k. kabi ulug‘ allomalar asarlarining aksariyati tarjima qilinib, 50 dan ziyod kitob nashr etildi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
2019-yilda O‘zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi, natijada masjidlarning umumiy soni 2066 taga yetdi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida 46 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 225 ta masjid kapital taʼmirdan chiqarildi. 2018 yilda esa respublikada 13 ta jome masjidi qayta ochildi, 39 tasi yangi qurildi va qariyb 100 tasi qayta taʼmirlandi.
O‘zbekistonda Toshkent Islom universiteti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 9 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar o‘quv yurti, Toshkent pravoslav seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab Termiz shahrida yangi madrasa ochilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillik yillarida 308 ming nafar musulmon Saudiya Arabistoniga ziyorat uchun borgan bo‘lsa, shulardan 130 ming kishi “Haj”, 178 ming kishi esa “Umra” amalini bajarishga muvaffaq bo‘lgan. 2,5 ming xristian va yahudiylar Isroil, Rossiya, Turkiya, Italiya, Gruziya va Yunoniston kabi davlatlarning muqaddas diniy qadamjolariga tashrif buyurganlar.
2019-yildan eʼtiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. 2018-yildan boshlab “Umra” safari kvotasi 6 000 dan 10 000 ga oshirildi. Bugungi kunga kelib “Umra” qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga yetdi, “Haj” esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy eʼtibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar «Jaholatga qarshi maʼrifat» degan ezgu g‘oyaga asoslangan.
2018-yilning sentyabr oyida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlarga adashib aʼzo bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi.


Foydalanilgan adabiyot
1.N.Jo’rayev, A.Zamonov O’zbekiston tarixi darslik Toshkent-2018


Internet sayt
1.www.strategy.uz
Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin