O’zbеkistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli
yo’nalishlari
Bekzodjon Mavlon o’g’li Xamidov
Jasur Xamrabayevich Razzoqov
TMI
Annotatsiya:
Maqolada moliya bozorining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni
va ahamiyati, uning istiqboldagi asosiy yo’nalishlari keng yoritib berilgan. Moliya
bozorini rivojlantirish sharoitida O’zbеkıston fond birjasi faoliyatini takomillashtirish
istiqbollari ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar:
moliya bozori, moliya instrumentlari, fond birjasi, qimmatli
qog’ozlar bozori, real investitsiya, bozor kapitalizatsiyasi, strategiya, valyuta bozori,
korporativ boshqaruv, moliyaviy resurslar.
Prospective directions of financial market development in
Uzbekistan
Bekzodjon Mavlon oglu Khamidov
Jasur Khamrabayevich Razzokov
TFI
Abstract:
The role and importance of the financial market in the country’s
economy, its main directions in the future are widely explained in the article. Prospects
for improving the activity of the stock exchange of Uzbekistan in the context of the
development of the financial market were considered.
Keywords:
financial market, financial instruments, stock exchange, stock market,
real investment, market capitalization, strategy, foreign exchange market, corporate
management, financial resources.
KIRISH
Zamonaviy iqtisodiyotda qimmatli qog’ozlar bozori juda muhim o’rin egallaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali iqtisodiy siyosat
yurgizish bilan bir vaqtda, moliyaviy soxada institutional isloxotlar o’tkazilishi
lozimligi ayni haqiqatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fond bozoridagi qimmatli
qog’ozlardan maqbul tarzda foydalanish imkoniyatini yaratuvchi barqaror moliyaviy
tizim sifatida muxim axamiyat kasb etadi. Bunday moliyaviy tizimga ega mamlakatlar
iqtisodiy xatarlarga bardoshli bo’ladilar.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
957
Jahon tajribasi ko’rsatmoqdaki, mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etish
darajasi hamda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan milliy daromadning yuqoriligi bilan
bog’liq eng muhim ko’rsatkichlar, jumladan, (moliya bozorida muomalada bo’lgan
qimmatli qog’ozlar turlarining ko’pligi va likvidlilikning yuqoriligi, aktsiyadorlik
jamiyat
(AJ)larida
yuqori
dividend
siyosati,
birja
savdo
tizimlarining
takomillashganligi) moliya bozorining yuqori darajada rivojlanganligi, xususan,
qimmatli qog’ozlar bozori (QQB) kapitalizatsiyasining yalpi ichki mahsulot (YaIM)
hajmiga nisbatan ulushining yuqoriligi bilan izohlanadi.
ASOSIY QISM
Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorini xalqaro miqyosda
rivojlantirish, investitsiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan masalalarning
echimiga erishish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari
asosida moliya bozorining milliy va xalqaro tizimlarini rivojlantirishga urg’u
berilmoqda hamda uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda.
1
Ammo, yirik
kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali tuzilmasida davlat ulushining yuqoriligi,
moliya bozori orqali investitsiya jalb etishni takomillashtirish, moliyaviy instrumentlar
likvidliligini oshirish, jahon kapital bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali
moliyaviy resurslar jalb qilishni kengaytirish, qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi
bozorini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb ahamiyatga
ega.
Ma’lumki, O’zbеkiston iqtisodiyotda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan
tuzilmaviy o’zgarishlar, eng avvalo fond bozori bilan bеvosita bog’liq bo’lib
kеlmoqda. Chunki Rеspublikada rеjalashtirilgan invеstitsiya programmasini amalga
oshirishda o’tish davriga xos bo’lgan moliyaviy rеsurslarning chеgaralanganligi
sеzilmokda. Shuning uchun ham fond bozorining qimmatli qog’ozlaridan samarali
foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan foydalanish muxim masalalardan biri
bo’lib kolmoqda.
Hozirgi globallashuv sharotida fond bozorlari iqtisodiyatning asosiy tarmog’i
bo’lib kelmoqda. Bundan ko’rinib turbdiki, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish
iqtisodiyotni rivojlantirish demakdir. Hozir jahon fond bozorlari bir qancha muammoli
holatlar vujudga kelmoqda. Prеzidеntimiz bu muammolar haqida quyidagi fikrlarini
bildirganlar: - “Muhim masala - yurtimizda fond bozori, fond birjasini yanada
rivojlantirish uchun Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish
markazi ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Biz bo’sh turgan davlat mulki
obyektlarini o’zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni
davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer
uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o’rnatish
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini oʻrganish va keng
jamoatchilik oʻrtasida targʻib etishga bagʻishlangan ilmiy-ommabop qoʻllanma. – T.: «Maʼnaviyat», 2018. 189-b.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
958
zarur. Shu maqsadda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat
aktivlarini sotish bo’yicha elektron tizim tashkil etiladi. 2018-yilda bank tizimi
faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar
bilan tadbirkorlik subyektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik
munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur. Valyuta
bozorini isloh qilishga qarshi bo’lgan ayrim “ekspertlar”ning ikkilanishi va
“maslahat”lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro standartlar asosida valyutani
liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi tushunamizki, bu ish ushbu
sohadagi islohotlarning boshlanishi, xolos. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni
rivojlantirish manfaatlariga to’liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki
berishi lozim”.
2
Shu boisdan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan «2020-2025-yillarda moliya
bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami
qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar
kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi»
3
.
Bunday ustuvor va dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishi mamlakatimizda
moliya bozorining xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish hamda
moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligini
ko’rsatmoqda.
Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini avvalambor
insoniyat jamiyatida pulning paydo bo’lishi va u bilan bog’liq bozor munosabatlarini
amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko’rish mumkin. Asrlar davomida moliya
bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib
kelmoqda. Bunga sabab, inson tsivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini
boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va
qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o’sib,
ularning xaq-xuquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta’minlanib borishidadir.
Bozorning eng yuqori darajada rivojlangan turi moliya bozori hisoblanadi.
Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan,
borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o’z muhitiga
ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo’luvchi
murakkab tizim ekanligi aniq bo’lmoqda. Bunda moliya bozorlari nafaqat milliy
iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati
quyidagi kontseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi.
Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta’riflash mumkin.
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va
O‘zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
murojaatnomasi.
3
Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish bayonoti. 2019-yil 7-oktyabr.
http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
959
Moliya bozori - bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent
moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq tashkillashgan iqtisodiy - xuquqiy mexanizm
bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub’ektlari
uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo’luvchi
tizim.
“Moliya bozori - pul kapitalining harakatlanishi bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlar va institutlar majmuidir”.
“Moliya bozori - moliyaviy vositalardan foydalangan holda moliyaviy bitimlarni
amalga oshirish sohasi”.
“Moliya bozori - ortiqcha mablag’larga ega odamlardagi pul mablag’larini pul
mablag’lari yetishmayotganlarga o’tkazib berishga xizmat qiluvchi bozor”.
Moliyaviy resurslarni jalb qilishda foydalanuvchi usullarni asoslashda nazariy va
amaliy yondashuvlarni tahlil qilish mahalliy, milliy va jaxon kapital bozorlariga
nisbatan quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:
-
birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy
menejmentning maqsadlariga mos ravishda farqlanadi;
-
ikkinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari kapital bozorining
segmentlari va turlari bo’yicha o’z xususiyatlariga ega;
-
uchinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy vositalar
asosida aniqlanadi;
-
to’rtinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari quyidagi parametrlar:
moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadlari, hajmi va shartlari, kompaniyaning
tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlariga bog’liq.
Moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonida foydalaniluvchi moliyaviy
instrumentlarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning
korporativ sektorida kapital bozori segmentlarining o’zaro munosabatlari shakllanadi.
O’z navbatida, segmentlar o’zaro ta’sirining xususiyatlari va darajasini tahlil qilish
qimmatli qog’ozlar bozori va kredit bozorining (kuchli, o’rta, zaif) uch turdagi o’zaro
bog’liqligini aniqlash va tavsiflash imkonini beradi.
Lekin har qanday bozorni u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni
uning tovari hususiyatlari bilan bog’liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini
hisobga olsak hamda, agar ko’rilayotgan bozor turlaridagi tovarlarni hususiyati, kelib
chiqishi va ularning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo’lsak, albatta
sezilarli farq namoyon bo’ladi. Masalan, ishlab chiqariladigan tovarlar muomalasi
uchun ularga hos bo’lgan bozor zarur, qimmatli qog’ozlar uchun esa faqat moliya
bozori, pul (valyuta) va kreditlar uchun - mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori
bo’lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir
necha marotaba oldi-sotti bo’ladi, qimmatli qog’ozlar esa cheklanmagan martta oldi-
sotti bo’lishi mumkin. Umuman olganda tovar kimningdir tomonidan ishlab
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
960
chiqariladi, moliyaviy instrument (jumladan qimmatli qog’oz) esa muomalaga
chiqariladi.
Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo, asosiy
va alohida qismidir. Lekin, moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda
moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo’lishi
bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi,
umuman iqtisodiyotning ob’ektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.
Oʻzbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada
oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Przidentining
topshirig’iga asosan
“2020-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqish
borasida mas’ul davlat organi va tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda. Shuningdek, uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorining qimmatli
qog’ozlar bozoridagi umumiy savdo hajmidagi ulushi sezilarli darajada past ekanligini
hisobga olsak, uyushgan qimmatli qog’ozlar bozorini institutitsional va infratuzilmaviy
jihatdan yanada rivojlantirish, fond birjasi listing talablarini qayta koʻrib chiqish, fond
birjasi va elektron savdo tizimlaridagi komission yig’imlar tarifini engillashtirish,
xususiylashtirish jarayonlarida AJlaridagi davlat ulushining fond birjalaridagi erkin
savdosini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini samarali tashkil etish
kapital bozorining tuzilmasi, fond birjasi hamda markaziy depozitariyning
funktsiyalari, birja savdolari texnologiyasi, listing xususiyatlari, korporativ boshqaruv
asoslari, investorlar bilan munosabatlar, marketing vositalari, loyihani boshqarish
bo’yicha xorij tajribasi va amaliyotiga jiddiy e’tibor qaratish, shuningdek, bu boradagi
muammolarni hal etish bilan chambarchas bog’liqdir.
Tahlillar ko’rsatishicha, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan
o’xshash jihatlardan biri likvidlilikning etishmasligidir. Vaholanki, likvidlilik har
qanday iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi omil bo’lib, bunda bir-biri bilan bog’liq
shunday jarayon kuzatiladiki, chet ellik sarmoyador kompaniya likvidli bo’lsa, unga
investitsiya jalb qiladi, ayni paytda korxonaga sarmoya kiritmay turib, likvidlilikni
oshirish mushkul. Aynan shu o’zaro bog’liqlikni ta’minlash yoki boshqarish
professional yondashuvni talab etadi.
Moliya bozorini samarali tashkil etish va boshqarishda tartibga solish jarayoni
juda muhim, ammo u haddan tashqari qat’iylashtirilmasligi zarur. Ushbu bozor
rivojlanishi uchun uning ishtirokchilari ko’lamini kengaytirish va bu jarayon listing
talabiga javob bermaydigan korxonalar hisobiga amalga oshirilmasligi darkor.
Birjada emitentlar ortib, ular tomonidan obligatsiya va aktsiyalar muomalaga
chiqarilsa va daromadli bo’lsa, ularni sotib olishga qiziqish kuchayadi. Natijada YaIM
hajmida banklar va birja ulushlarining balanslashuvi ta’minlanadi. Shuningdek, moliya
bozori rivojida aholi o’rtasida moliyaviy madaniyatni oshirish ham o’ziga xos rol
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
961
o’ynaydi. Masalan, Vengriyada 2003-yilda bu borada katta islohotni amalga oshirishga
kirishilgan, hozirga kelib bu mamlakatda moliyaviy madaniyatni shakllantirish
masalasi maktab darsliklaridan o’rin olgan.
Jahon kapital bozorida kuzatilayotgan muhim jihatlaridan yana biri bu, xorijiy
investor qaysidir mamlakatga sarmoya kiritmoqchi bo’lsa, uning mahalliy qonun-
qoidalarga moslashuvi qiyin kechadi.
Xalqaro standartlarga muvofiq mavjud milliy qonunchilik esa chet ellik
sarmoyadorga qulay sharoit yaratadi. Jahon talablariga tayanilgan holda hayotga tatbiq
etiladigan xuddi shunday hujjatlar qatoriga korporativ boshqaruv kodeksini kiritish
mumkin. Shu bois, ishtirokchilarga korporativ boshqaruv tamoyillarining huquqiy
asoslari, uni tatbiq etishning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, AJlarda direktorlar
kengashi, unda mustaqil a’zolarning o’rni ham alohida ega. U yerda rivojlangan
mamlakatlardagi singari aktsiyalar bilan oldi-sotdini amalga oshirish uchun masofadan
turib brokerlik hisob raqami ochish yo’lga qo’yilgan ekan. Bu xorijiy investorlar uchun
juda katta qulaylik va bozor ishtirokchilari sonini oshirishda zarur omillardan biri
hisoblanadi. Bizda esa bu jarayon hali yo’lga qo’yilmagan va mavjud qonunchilikka
o’zgartirish kiritmasdan turib, uni amalga oshirish imkonsizdir.
Korporativ
harakatlarga
xizmat
ko’rsatish
asosida:
kapital
bozori
ishtirokchilarining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish; kapital bozori
ishtirokchilari o’zaro hisob-kitoblaridagi xatarni kamaytirish; daromadlar to’lovi va
moliyaviy instrumentlarni so’ndirishning markazlashtirilgan tizimini joriy etish;
Markaziy depozitariyni O’zbekiston kapital bozorida yagona hisob-kitob tashkiloti
sifatida rivojlantirishga erishiladi.
XULOSA
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda moliya bozori orqali, bir tomondan davlat
korxona va tashkilotlar, aholi o’zlari uchun zarur bo’lgan mablag’ni jalb qilsalar,
ikkinchi tomondan korxona, tashkilot va aholi o’zlarining vaktincha bo’sh turgan pul
mablag’larini qimmatbaho qog’ozlar sotib olishga yo’naltirib foyda ko’radilar. Bu esa
moliyaviy resurslarning harakatini ta’minlab, iqtisodiy o’sishga turtki beradi.
Moliya bozorining investitsion faolligini oshirish, nafaqat, aktivlar qiymati va
savdo hajmlarining o’sishi bilan birga olib borilishi kerak, balki qimmatli qog’ozlar
bozorining barcha ishtirokchilari faoliyati ta’minlanishi zarur. Qimmatli qog’ozlar
bozorini rivojlantirish moliyaviy resurslarni faollashtirishga, ulardan oqilona
foydalanishga va iqtisodiy rivojlanishni bir muncha tezlashtirish uchun qayta
taqsimlashga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir.
Davlat va xo’jalik birlashmalari ulushi mavjud bo’lgan AJlari aktsiyalar
paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif (IPO va SPO) asosida sotish lozim.
Buning natijasida kapital (moliya) bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeini hamda
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
962
investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni
jalb qilish imkoniyati asoslangan.
Strategik ahamiyatga ega yirik kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali
tuzilmasida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish yo’nalishlarini ishlab
chiqish zarur. Natijada yirik investitsiyalar talab qiladigan tarmoqlarda ishlab chiqarish
hajmini oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va byudjet daromadlarini oshirish
imkoniyati yaratiladi.
Moliya bozorini rivojlantirish, nafaqat, davlat yoki korxonalar pul mablag’larini
shakllantirish va joylashtirishda, balki mazkur bozorga aholi mablag’larini jalb etishni
ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur holatlarning barchasi O’zbekistonda moliya
bozorini rivojlantirish uchun yagona kontseptsiyaga kuchli ehtiyoj mavjudligidan
dalolat beradi.
Aholi daromadlari va muomaladagi pul massasining QQB hajmining
o’zgarishlariga ta’sirining korrelyatsiya hamda regressiya tahlili natijalari shuni
ko’rsatadiki, aholi daromadlarining ortishi QQB hajmiga teskari proportsional (ta’sir
qiladi), bu holat mamlakatda aholi daromadlari aksariyati iste’molga yoki boshqa
sohalarga yo’naltirilayotganligini bildiradi. Qo’shimcha ravishda shuni ham e’tirof
etish kerakki, mamlakatda aholi daromadlarining moliya bozorida ishtiroki
cheklanganligini bildiradi, daromadlarning katta qismi iste’molga sarflanadi yoki aholi
daromadlarini moliya bozoriga yo’naltirishdan iqtisodiy manfaatdorligi yuqori emas
yohud moliya bozorining investitsion jozibadorligi sust.
Moliya bozorida qimmatli qog’ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan
shug’ullanuvchi bozorga moliya bozori deyiladi. Ushbu bozorning asosiy vazifasi
iqtisodiyot ravnaqi uchun zarur investitsiya mablag’larini jamlash hamda taqsimlash,
mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi yo’li bilan
bozorni qayta taqsimlash, qimmatli qog’ozlar chiqarish yordamida davlat va AJ qarzini
moliyalashtirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |