О‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi О‘zbekistonda neft va gaz sanoati haqida Neft va gazdan nimalarda foydalanish haqida


Faqat neft tufayligina AQSh dollari jahon bozorlaridagi o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda



Yüklə 418,16 Kb.
səhifə7/8
tarix17.10.2023
ölçüsü418,16 Kb.
#156738
1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqil

5. Faqat neft tufayligina AQSh dollari jahon bozorlaridagi o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda

Umuman olganda, gap neft haqida emas, uning asosiy ishlab chiqaruvchilari yarim asr ilgari tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq savdoni dollarda yuritayotganlarida. Bunday bo‘lmaganda edi, dollar allaqachon inflyatsiya qurboni bo‘lgan bo‘lardi.
"Qora oltin" haqida qiziqarli ma’lumotlar
Hozirda kuniga 85 millon bochka neft qazib olinadi, Bir kunda dunyo aholisi yoqadigan neftni hosil qilish uchun tabiatga 1500 yil kerak bo‘ladi, Bir yilda yoqadigan neftimizni tabiat yarim million yilda hosil qilgan - unda hattoki insoniyat mavjud emas edi.
Neft o‘n million yillar oldin dengiz suvida yashagan plankton organizmlar qoldig‘idan paydo bo‘lgan.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra neft toshko‘mirga juda o‘xshash, ikkalasining ham asosiy tarkibiy komponenti uglerod hisoblanadi, Shuning uchun neft va gazni olimlar ko‘mir, torf va slanets bilan bir qatordaga qazilmalar - kaustobiolitlar sinfiga kiritishadi,
Haligacha olimlar neft tamom bo‘ladigan yo tamom bo‘lmaydigan zahiralarga turiga kirishi borasida yagona fikrga kelmaganlar.
Alyaska Qo‘shma shtatlarga 1867 yilda bugungi kun hisobi bo‘yicha olganda 100 million dollardan sal oshiqqa sotilgan edi, Oradan o‘ttiz yil o‘tgach oltin koni ochildi va hammaga ma’lum “oltin vasvasasi” boshlandi, XX asrda esa umumiy zahirasi miqdori 100-180 milliard dollarga teng bo‘lgan yirik neft va gaz konlari ochildi.
Jahonda bir kunda 85 200 000 barrel yoki 13 546 800 000 litr neft qazib chiqariladi (2009 yil boshidagi ma’lumot)
327 yilda xitoy muhandislari bambuk quvurlar vositasida 240 metr chuqurlikkacha qazib neft olganlar, Karnegi ma’lumotiga ko‘ra o‘sha vaqtda neftni “yonuvchi suv” deb atashgan va dengiz suvini bug‘lantirib tuz olishda qo‘llashgan.
1970 yilda Nobel mukofotini olgan Norman Borlag 40-yillar oxiridan boshlab Standart Oyl tomonidan moliyalashtirilgan, U yashil inqilobning otasi sanaladi. Qishloq xo‘jaligida energiyaning almashinishiga e’tibor qarating - oziq-ovqat mahsulotining har bir kaloriyasiga 15 kaloriya neft energiyasi sarf bo‘ladi.
Bu qimmatbaho foydali qazilma konining chuqurligi o‘nlab metrdan to 5-6 kilometrgacha boradi.
Eng yirik neft konlari Saudiya Arabistoni, AQSh, Kanada, Rossiya (Sibirda), Eron va Xitoyda joylashgan.
Birinchi marta platforma bilan qazib olingan neft koni qirg‘oqqa juda yaqin edi. 1891 yilda Riley and Banker's Oil kompaniyasi xodimlari Buyuk ko‘llardagi Sent Merida yog‘och platformadan turib ish olib borishdi. Ko‘l Ogayo shtatidagi Kolumbus shahridan 70 mil g‘arbda joylashgandi
2005 yilda neft qazib chiqarish eng yuqori sur’atga yetdi. Bu yilgacha, aniqrog‘i 20 aprelgacha qazib olingan neftning miqdori 2005 yilda qazib chiqarilgan neftga teng edi. 2011 yildan boshlab jahon har yili 10% neftini yo‘qota bordi.
1763 yilda Lomonosov “Yer qatlamlari haqida” asarini nashr ettirdi. Unda neft va toshko‘mir bir organik moddadan turlicha yo‘llar bilan hosil bo‘lishi taxmini ilgari surilgan edi.

Jahonda birinchi neft qudug‘i 1846 yilda Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida kavlangan.
2009 yilning sentyabrida Transocean kompaniyasining Deepwater Horizon platformasi qudug‘i chuqurligi 10683 metrga yetib, jahondagi eng chuqur neft qudug‘i bo‘ldi. Bu rekord uzoq saqlanmadi, bor-yo‘g‘i yarim yildan so‘ng bu platforma portlab ketdi.
Dunyoda 40 mingtacha neft koni bor. Jahondagi neftning 60%i 300ta gigant kondan qazib olinadi. Ko‘plab gigant konlar 30-70-yillar oralig‘ida ochilgandir. Qolgan 40% neft esa kichik konlardan qazib olinadi, ularning “umri qisqa” bo‘ladi.
6 EROI yoki EROEI (Energy Return on Energy Investment) – bu energiya sarflab shuning evaziga energiya olish koyeffitsiyentidir. 1960 yilda neft qazish ishiga 1 birlik energiya sarflab 100 birlik olingan. Bu koyeffitsiyent har yili 2ga pastlab boradi. 2000 yilda 12-20ni tashkil qilgan. Shu ketishda kelajakda neft qazib chiqarish energetik nuqtai nazardan behuda ishga aylanadi.
Neft kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilk nazariyalardan birida bu qora modda kitning siydigi bo‘lib, ummon tubiga cho‘kib qolgan, keyin yerosti kanallaridan yer qobig‘iga sizib o‘tgan, deb taxmin qilinadi.
Qazib olingan neftning faqat yarmidan benzin olinadi, qolgani esa turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
MakKlintok №1 neft qudug‘i 1861 yil avgustida ish boshlagan va haligacha ishlayotibdi. Oldin kuniga 50 barrelgacha neft olingan bo‘lsa, hozirga kelib 1 oyda 12 barrel neft beradi.
Neft kelib chiqishi tadqiqotlarida o‘zga sayyoraning belgilariga ham duch kelingan. XIX asr oxirida rus olimi V. D. Sokolov sayyoramizni vujudga keltirgan gaz-chang bulutida uglevodorod molekulalari borligini taxmin qilgan.
Neft yordamida DVD va CD disklari, telefon va kompyuterlar, tank va samolyotlar, labbo‘yoq va atirlar, tish pastasi va kir yuvish kukuni, antiseptik va boshqa dori-darmonlar… ishlab chiqariladi. Bu hali to‘liq ro‘yxat emas.

Saudiya Arabistonidagi 50x15km o‘lchamdagi Safoniya koni dunyodagi eng yirik shelf koni hisoblanadi. 1951 yilda ochilgan bo‘lib, unda 37 mlrd barrelga yaqin neft va 151 mlrd kubmetr gaz bor. Buncha miqdordagi neft AQSh ehtiyojini deyarli 5 yilga qondiradi.

Xom neft tarkibida 1000ga yaqin komponentlar mavjud.


Deepwater Horizon platformasidagi Macondo qudug‘i portlashi natijasida Meksika ko‘rfazida taxminan 4,9 mln barrel neft oqib ketgan.

Bir tomchi neft 25 litr suvni ichishga yaroqsiz qiladi
Neft faqatgina qora emas, rangsiz, zangori, jigarrang, sariq, qizil bo‘lishi mumkin, buning ustiga har bir rangdagisining ham o‘ziga xos tuslari bor.

Xulosa:
О‘zbekistonda neft va gaz sanoatining rivoji va taraqqiyotini Respublikamiz mustaqilligi bilan tо‘g‘ridan–tо‘g‘ri bog‘lab, shundan keyingi yillarda bu sohada erishilgan jiddiy yutuqlar haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sо‘ng neft va gaz sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylangan. 1992-yilda 23 dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog‘liq barcha korxona va tashkilot muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilgan va «О‘zbekneftgaz» korporatsiyasi tashkil etilgan. 1993 yil Farg‘ona botig‘ining о‘ta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqgan, qidiruv-burg‘ilash ishlari natijasida 6000 metrdan chuqurlikdan anomal yuqori bosimli neft qatlami topilgan va bugungi kunda uni ishga ishlari jadal davom etmoqda. Respublika neft sanoati xalq xо‘jaligining neftga bо‘lgan talablarini tо‘liq qondirish imkoniyatlariga ega bо‘lindi. Ayniqsa, Kо‘kdumaloq neftgazkondensat koni ochilgandan keyin Fransiyaning TEKTER firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qoravulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996 yilda qurib tugallandi. 1997 yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan О‘zbekiston-AQSH “О‘z-Teksako” qо‘shma korxonasi tashkil etildi. 2000 yilda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi tо‘liq ta’mirlandi. Mazkur zavodda surkov moylari va yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bо‘lib, 30 dan ortiq texnologik moylar ishlab chiqariladi va Oltiariq neft zavodi yonilg‘i yо‘nalishda qayta jihozlandi. О‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzin), dizel yonilg‘isi, koks, parafin, motor moylariga qо‘shilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari) kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni о‘zlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar о‘zlashtirilmoqda.

Yüklə 418,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin