10
d) sekin tishlashuvchi materiallar tishlashuvining oxirgi davri 12 soatdan
keyin boshlanadi.
Normal qorishma tayyorlashda suv (aslida bog'lovchining kimyoviy birikishi
uchun sarflanadigan suv) kerakli miqdordan ko'p olinadi. Shuning uchun qorishma
qotgandan keyin ham undagi mayda kapillyarlar va g'ovaklarda birikmagan erkin
suvlar ko'p bo'ladi. Erkin suvlar asta-sekin bug'lanib, sementning g'ovakligini
oshiradi. Binobarin, beton yoki boshqa qorishma tayyorlaganda suv miqdori ko'p
olinsa, uning g'ovakligi ortadi, natijada mustahkamligi kamayadi.
Barcha bog'lovchilar tishlashish va qotish jarayonida o'zidan issiqlik
chiqaradi. Bog'lovchining tishlashish davri va qotish jarayoni tez bo'lsa, uning
issiqlik chiqarishi ham ortadi.
Bog'lovchilarning o'zidan issiqlik chiqarish xususiyati, ayniqsa, sovuqda
beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ammo juda yirik
yaxlit beton inshootlar qurishda, masalan, gidrotexnik qurilishlarda betonning ichki
qismidagi issiqlik tashqi qismidagiga nisbatan ortib (ayrim hollarda 100°C gacha
yetadi) harorat farqi ko'payadi. Natijada betonning notekis sovishi boshlanadi, bu
esa beton tanasida darzlar hosil bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun, gidrotexnik
qurilishlarda o'zidan kam issiqlik chiqaruvchi maxsus sementlar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: