O'zbekistonda sement sanqati



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

2. Gipsning tavsifi
 
O`z kristallik tuzilishiga ko`ra gipsning quyidagi asosiy xillari bo`ladi: 
zol`dir simon siniq mayday donali zich gips yoki bo`shliqda tartibsiz yonaladigan 
yirik donali gips (alebastr); ipaksimon tovlanadigan, to`g`ri joylashgan, ipak 
simon kristallardan tarkib topgan tolali jins hamda qatlam-qatlam yassi tiniq 
kristallar tarzida joylashgan plastinka simon gips. 
Tarkibida ikki molekula suv bo`lgan gips monoklin singoniyaga mansub. 
Uning kristalli to`ri Ca
2+
ionlar hamda SO
4
2-
sulfat tetraedrlarini o`z ichiga 
olgan suv molekulalaridan iborat qatllamlar bilan bo'lingan qavatlardan tarkib 
topadi. Koordinatsiya soni 8 bo'lgan Ca
2+
ionlari va SO
4
2-
ioni bilan suv 
molekulalariga nisbatan bir-biri bilan kucliliroq bog'langan. Shuning uchun suv 
molekulalari joylashgan (012) yuzalarga ko'ra ikki gidrat kristallari nihoyatda 
birikuvchanligi bilan farqlanib turadi. Birikuvchanlik (111) bo'yicha kamroq, 
(100) bog'lanishi bo'yicha esa sust. Ikki molekula suvli gips qiziganida dastlab 
suv molekulaning Ca
2+
va SO
4
2-
ionlari bilan sustroq bog'lanishlari uziladi va 
kristall to'rdan suv yo'qoladi. Odatda gips ustunsimon va tabletkasimon shakllarda 
kristallanib, ko'pincha qaldirg'och dumini eslatuvchi qo'sh ayrilar hosil qiladi. 


14 
Shuningdek, qirralari qiyshiq va yuzasi silliq yostiqsimon kristallar ham gips 
uchun xos. Qo'sh ayri tizimlar hosil bo'lishi tufayli ikki yoki bir necha panjasimon 
qayrilgan shakldagi kristallar ham uchraydi. Kristallar ba'zan yirikroq shox-
shabba shakllarga birlashadi. Kristallarning yorug'lik nurini sindirish ko'rsatkichi: 
Ng=l,5305; 
Np=l,5207. 
Optik o'qlar oralig'idagi burchak 2V=58°. Gips kristallari rangsiz va shaffof, 
biroq tarkibida aralashmalar bo'lsa, xilma-xil kul rang, sarg'imtir, qizg'ish 
ranglarda tovlanadi. Gipsda bir tekis tarqalgan oz miqdordagi aralashmalar gipsdan 
hosil qilinadigan bog'lovchi moddaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. 
Gipstoshning zichligi undagi aralashmalarga bog'liq bo'lib, 2200-2400 kg/m
3
ni tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shag'alning hajmiy massasi 1300-1600 
kg/m
3
dan iborat bo`lib, namligi keskin ravishda 3-5 % va undan ko'p chegarada 
o'zgarib turadi. Moss shkalasi bo'yicha gipsning qattiqligi 2. 
Gipsning suvda eruvchanligi (kalsiy sulfat hisobida) 18°C haroratda - 0,2%, 
40°C haroratda - 0,21 va 100°C da - 0,17 %. Shuni aytish kerakki, haroratning 
32°C dan 41°C gacha oralig'ida gipsning eruvchanligi eng yuqori bo'ladi. Turli 
tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, gipsning suvda eruvchanligi turlicha. 
Gipsning suvda eruvchanligi gipsning o'ta to'yingan eritmalar hosil qilish 
qobiliyatiga, shuningdek, kristallarining katta kichikligiga bog'liq. Gulletning 
ma'lumotiga ko'ra, 25°C da gipsning eruvchanligi kalsiy oksid hisobida 2 mkm 
kattalikdagi kristallar uchun 2,08 g/1 ga yetadi, kristallar kattaligi 0,3 mkm 
bo'lganda esa eruvchanlik 2,47 g/1 ga teng. Agar kalsiy oksid gidrati ishtirok etsa, 
kalsiy sulfatning eruvchanligi susayadi. Gipsning suyultirilgan xlorid kislota va 
azot kislotalardagi, shuningdek, ayrim tuz eritmalardagi eruvchanligi suvdagiga 
nisbatan yuqori. 
Issiqlik o'tkazuvchanlik gipsda past bo`lib, 1,6-46°C haroratda 0,3 Vt/(m 
K)ga teng. Angidridning kristall to'ri har biri to'rttadan molekulali elementar 
kataklardan iborat bo`lib, zich joylashishi tufayli kalsiy sulfat boshqa turlarning 
kristall to'rlariga qaraganda ancha mustahkam. 
Ikki molekula suvli gipsdan farqli o'laroq, angidrid o'zaro perpendikulyar 
holatdagi uch yo'nalishda mustahkam birikish qobiliyatiga ega. Angidrid kristallari 
asosan mayda bo`lib, ularni ajratib turuvchi yuzasi g'adir-budir chiziqlar bilan 
o'yilgan. Angidridning sindirish ko'rsatkichlari: 
Ng = 1,614; 
Np = l,57 
Sof angidrit oq rangli bo`lib, o'z aralashmalariga qarab gips singari xilma-xil 
tusga kiradi. Angidrid ikki molekula suvli gipsga nisbatan ancha zich va 
mustahkam jinsdir. Uning zichligi 2900-3100 kg/m
3



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin