O'zbekistonda sement sanqati


-rasm. Ohak so'ndirish muddatining ohaktoshni to'sqinlik qiladi. Kuydirish



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

1-rasm. Ohak so'ndirish muddatining ohaktoshni to'sqinlik qiladi. Kuydirish 
haroratiga bog'liqligi. 


29 
Ohak qurilish maydonlari sharoitida ishlatilayotganda, u oz-ozdan qoida 
so'ndiriladi. Bu holda qaynama 20 sm gacha qalinlikda yoyiladi va har qaysi 
yoymaga suv sepiladi. 1-1,5 m balandlikdagi ohak uyumiga kamida 10 mm 
qalinlikda qum sepiladi (suv bug`lanmasligi uchun) va mayin kukun hosil 
bo`lgunicha shu holda qoldiriladi. So'nmagan zarrachalarni ajratib tashlash uchun 
kukun ishlatishdan oldin elanadi. So'nmagan zarrachalar ikkinchi marta uzoqroq 
so'ndirib ko'riladi yoki chiqindiga tashlanadi. 
Qoida so'ndirganda undan sifati past ohak chiqadi, chiqindi ko'p bo`ladi. 
Shuning uchun ham qurilish buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur ohak 
mexanizatsiyalashgan usulda so'ndiriladi. 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


30 
 
Mavzu: Gidravlik ohak va romansement. 

Reja: 
 
1. Gidravlik ohak 
2. Romansement 
 
Odatda tarkibida 6% dan 20% gacha gil aralashma bo'ladigan mergel 
ohaktoshlarni eritib, bir-biriga yopishib qolmaydigan darajada kuydirib, keyin 
mayda tuyganda hosil bo'ladigan bogiovchi moddaga gidravlik ohak deyiladi. 
Gidravlik ohak tuyilgan so'ndirilmagan («tuyilgan so'ndirilmagan ohak») va 
kukun holigacha so'ndirilgan (mayda tuyilgan so'nmagan zarrachalar aralashmasi 
bilan) ohak holida ishlab chiqariladi.. 
Qotish tezligi va mexanik jihatdan qanchalik mustahkamlanishiga qarab, 
gidravlik ohak ikkiga bo'linadi: kuchli gidravlik ohak va kuchsiz gidravlik ohak. 
Ohakning gidravlik darajasi gidravlik (asosiy) modul (m) miqdori bilan 
aniqlanadi. Gidravlik modul ohak (xomashyo) tarkibidagi kalsiy oksidi va kislota 
oksidlari (yig'indisi)ning miqdor nisbati bilan ifodalanadi: 
m = ___ %CaO____________ 
(SiO
2
+Al
2
O
3
+ Fe
2
O
3

Ohakda faqat havoda qotadigan CaO qanchalik ko'p, ya'ni asosiy modul 
qanchalik katta bo`lsa, uning gidravlik xossalari shunchalik past bo'ladi, chunki 
CaO ko'p bo`lsa, ana shunday xossalarga ega boigan boshqa moddalar (kalsiy 
silikat, alyuminat va ferritlar) kam bo'ladi. Masalan, gidravlik ohak gidravlik 
modulining miqdori, 1,7-9 ga teng. Gidravlik moduli 1,7-4,5 ga teng boigan ohak 
kuchli gidravlik ohak, moduli 4,5-9 gacha bo`lgan ohak kuchsiz gidravlik ohak 
hisoblanadi. Gidravlik modul 9 dan ortiq bo`lsa, ohak amalda gidravlik xossalarga 
ega bo`lmaydi va u havoda qotadigan ohak hisoblanadi. 
Ikki kalsiyli silikat (2CaO • SiO
2
), ikki kalsiyli ferrit (2CaO • FeO
2
) va bir 
kalsiyli alyuminat (CaO • A1
2
O
3
) kuydirilayotganda hosil bo'ladigan va kuydirish 
mahsulotini gidravlik xossali qiladigan birikmalardan hisoblanadi. CaO ning SiO
2

A1
2
O
3
va Fe
2
O
3
larni ko'rsatilgan birikmalar tarzida bog'lay oladigan eng ko'p 
miqdori 1,7 - 1,8 og'irlik qismini tashkil qiladi. Gidravlik ohakning asosiy moduli 
odatda bir oz yuqori - 9 gacha, ko'pincha 3-5 bo'ladi, ya'ni gidravlik ohakda CaO 
ning 9 og'irlik qismiga 1 og'irlik qism kislota oksidlari to'g'ri keladi. Shunday qilib, 
gidravlik ohak tarkibida, gidravlik biriknialar - kalsiy silikatlar, alyuminatlar va 
ferritlar bilan birgalikda ozmi-ko'pmi erkin CaO ham bo'lishi mumkin. Shunga 
ko'ra, gidravlik ohak ishlab chiqarish xususiyatlari, uning xossalari va ishlatilish 
sohalari ham har xil. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin