O'zbekistonda sement sanqati


 So'ndirilmagan kesak-ohak



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

 
2. So'ndirilmagan kesak-ohak 
So'ndirilmagan kesak-ohak ishlab chiqarish texnologik jarayoni, keltirilgan 
chizmadan ko'rinib turibdiki, asosan ohaktosh qazib olish, uni tayyorlash va 
kuydirishdan iborat. 
1. Xomashyo materiallari va ularni tayyorlash
So'ndirilmagan kesak-ohak ishlab chiqarish uchun tarkibida kalsiy karbonat 
ko'p bo'lgan tog' jinslari (ohaktoshlar)dan foydalaniladi. 
Ohaktoshlar cho'kindi tog' jinslari bo'lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy 
xossalari jihatidan xilma-xil turlarga bo'linadi. Biroq uning asosiy qismi kalsiy 
karbonatdan iborat. 
Boshqa moddalar (magniy karbonat, gil va har xil oksidlar) 
1 Standart laboratoriya sinovi vaqtidagi so'nish tezligi deganda kesak-
ohakni suv bilan qorgan vaqtdan xamiri eng yuqori haroratgacha qiziguniga 
qadar o'tgan davr tushuniladi. 
borishiga sabab shuki, ohaktoshlar cho'kindi holda hosil bo'ladi; karbonatlar 
cho'kkanida bu moddalar ham cho'kkan. 
Aralashmalarning miqdoriga qarab ohaktoshlarning rangi oq rangdan qora 
ranggacha boradi. Bitum va ko'mir moddalar qo'shilgan bo'lsa, ohaktosh qoramtir 
bo'ladi. Sariq, qo'ng'ir, kulrang tusda bo'lishi ohaktoshdagi temir va marganes 
aralashmalari ta'siridan; kimyoviy jihatdan sof kalsiy karbonat oppoq bo'ladi. 
Odatda ohaktoshlarga gil aralashmalari qo'shilgan bo'ladi. Shunga ko'ra, 
ohaktoshning quyidagi turlari uchraydi: sof ohaktosh (tarkibida 5% gacha gil 
aralashmalari bor): mergel (gil)li ohaktosh (tarkibida 5% dan 10% gacha gil 
zarrachalari bor); ohak-karbonat mergel (tarkibida 10% dan 30% gacha gil 
zarrachalari bor) va mergel (tarkibida 30% dan 50% gacha gil zarrachalari bor) 
ohaktoshlar. 
Keltirilgan tasnifdan ko'rinib turibdiki, havoda qotadigan ohak ishlab 
chiqarish uchun faqat sof ohaktosh va qisman mergelli (gil) ohaktoshnigina 
ishlatish kerak. 
Havoda qotadigan ohak xossalariga katta ta'sir etadigan ikkinchi modda 
magniy karbonatdir. Karbonatli tog' jinslari tarkibida qancha MgCO
3
borligiga 
qarab, salgina dolomitlashgan ohaktosh (tarkibida 5-10% MgCO
3
bor), ohaktosh 
dolomit (tarkibida 20-40% MgCO
3
bor) va dolomit (tarkibida 40-46% MgCO
3
bor)ga bo'linadi. 
Havoda 
qotadigan 
ohak 
ishlab 
chiqarish 
uchun 
doiomitlashgan 


26 
ohaktoshlarning hamma turlari ishlatilishi mumkin. Ularni kuydirganda tegishlicha 
oz magnezialli va dolomitli ohak hosil bo'ladi. 
Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo'llaniladigan karbonatli tog' 
jinslarining hammasi standart bo'yicha uch, ya'ni A, B va D sinfga bo'linadi. 
Bunday bo'lishi uchun tog' jinslari tarkibida qancha karbonat, magniy karbonat va 
gil aralashma (SiO
2
, A1
2
O
3
va Fe
2
O
3
oksidlari) borligi asos qilib olingan. Quyida 
(4-jadval) ohaktoshning har sinfga nisbatan qo'yiladigan talablar keltirilgan.
 4-jadval. 
Havoda 
qotadigan 
ohak 
ishlab 
chiqarish 
uchun 
ishlatiladigan 
ohaktoshlarning kimyoviy tarkibi. 
Ohaktoshlar
sinfi 
Tarkibi, % hisobida 
CaCO
3
MgCO
3
, ko'pi bilan 
Gil aralashmalar,
ko'pi bilan 
A
B

95 
82
50 
2,5 
10
40 



Ohaktoshlar tarkibiy tuzilishi jihatidan zich, bo'sh va g'ovak bo'lishi 
mumkin. Shuning uchun ham ohaktoshlar quyidagi turlarga bo'linadi: 
- donador-kristall yoki marmar (mayda kristall tarkibiy tuzilishga ega) 
ohaktosh; 
- zich-kristall tarkibiy tuzilishga ega ohaktosh
- zoldirchalar to'plamidan iborat oolit ohaktosh; 
- ohaktosh tuf (g'ovak ohaktosh); 
- o`lgan jonli organizmlar kosasidan iborat ohaktosh - chig'anoq; 
- yumshoq-bo'sh tog' jinsi - bo'r. 
Shaxta pechlarda kuydirib, havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun 
tarkibiy tuzilishi zich hamma ohaktoshlardan foydalansa bo'ladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin