O'zbekistonda sement sanqati


Klinkerning mineralogik tarkibi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

Klinkerning mineralogik tarkibi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan to'rtta oksid 
(CaO, SiO
2
, Al
2
O
3
va Fe
2
O
3
) portlandsement klinkerida birikib, kalsiy silikat, 
kalsiy alyuminat va kalsiy alyumoferritlarini hosil qiladi. Sement klinkerining 
shlifi mikroskop orqali ko'rilganda u asosan kristallk tarkibli kalsiy silikatlardan 
iboratligi bilinadi. Kalsiy silikatlar oraiig'ida shishasimon amorf oraliq moddalar 
deb ataluvchi alyuminat va alyumoferritlar joylashadi. Portlandsement xossalari 
ana shu minerallar miqdoriga bog'liq. 
Portlandsement klinkerning asosiy minerallari quyidagilar: 
uch kalsiy silikat (alit) - 3CaO• SiO
2
yoki C
3
S; 
ikki kalsiy silikat (belit) - 2CaO • SiO, yoki C
3
S; 
uch kalsiy alyuminat - 3CaO • A1
2
O
3
yoki C
3
A; 
to'rt kalsiy alyumoferrit (selit) - 4CaO • Al
2
O
3
• Fe
2
O

yoki C
4
AF. 
Normal tarkibli portlandsement klinkerida asosiy mineral-larning foiz 
miqdori quyidagicha bo'lishi mumkin: 
C
2
S - 45 - 60%; C
2
S - 15 - 37%; C
3
A - 7 - 15%; C
4
AF - 10 - 18%. 
Ishlab chiqarish sharoitlarida CaO ni yuqorida ko'rsatib o'tilgan minerallar 
ko'rinishida batamom biriktirish qiyin. Shuning uchun klinker tarkibida erkin, 
birikmagan holda bir oz CaO qolishi mumkin. Klinkerda erkin CaO bo'lsa, u 
portlandsement xossalariga magniy oksidga qaraganda salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni 
u hajm jihatidan juda notekis o'zgaradi. Erkin CaO sementtoshni buzib 
yubormasligi uchun klinkerni tuyishdan oldin erkin CaO havodagi nam ta'siridan 
so'nib ulguradigan qilib, ma'lum vaqt omborlarda yetiltiriladi. Shunda klinker 
birmuncha yumshaydi va uni tuyish osonlashadi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirish munosabati bilan klinker yetiltirib o'tirilmaydi, ishlab chiqarish 
ancha mukammal tashkil etiladi. Portlandsementning asosiy texnik xossalari 
klinker tarkibida muhim minerallardan necha foiz borligiga bog`liq. Shuning 
uchun klinkerning mineralogik tarkibiga qarab, portlandsement quyidagi turlarga 
bo'linadi: 
- alit portlandsement, undagi uch kalsiy silikat 60 % dan ortiq, C
3
S:C
2
S nisbat esa 
4 dan katta; 
- belit portlandsement tarkibida 37% dan ortiq ikki kalsiy silikat bor, C
3
S:C
2

nisbat 1 dan kam; 
- alyuminat portlandsement, tarkibida uch kalsiy alyuminat 15 % dan ortiq. C
3

miqdoriga qarab sementlar oz alyuminatli (C
3
A dan 5% gacha), o'rtacha 
alyuminatli (5-9% C
3
A) va ko'p alyuminatli (C
3
A 9% dan ortiq) sementlarga 
bo'linadi; 
- alyumoferrit (selit) portlandsement, tarkibidagi to'rt kalsiy alyumoferrit 18 % dan 
ortiq. 
Klinker tarkibida ba'zan bir yo'la ikki xil mineral miqdori ko'p bo'lishi 
mumkin. Bunday portlandsement qo'sh nom bilan ataladi: alit-alyuminat, alit-belit 


38 
yoki belit-selit. 
Har bir klinker uchun mineralogik xossalar, beton ishla-tiladigan 
sharoitlarga qarab tegishli mineralogik tarkibli sement tanlanadi. 
Alit - portlandsementning yuqori mustahkamligi, tez qotuvchanligi va 
boshqa qator xossalarini ta'minlovchi klinkerning muhim silikat mineralidir. Uning 
miqdori klinker tarkibida 45-80%. Hozirgi kunda uni uch kalsiy silikatning kam 
miqdordagi MgO, A1
2
O
3
, P
2
O
5
, Cr
2
O
3
va boshqalar bilan qattiq eritmasi deb 
hisoblanadi. C
3
S tarkibida bu rnoddalarning miqdori kam bo'lishiga (2-4%) 
qaramay, ular C
3
S ning tarkibiy tuzilishi va xossalariga ma'lum darajada ta'sir 
ko'rsatadi. 
Shunday qilib, laboratoriya sharoitida toza kimyoviy komponentlardan 
tayyorlangan uch kalsiy silikat bilan sanoat miqyosida yoki laboratoriya sharoitida 
tabiiy xomashyolardan hosil bo'lgan sement klinkeridagi alit farqini albatta bilish 
kerak. C
3
S uchta polimorf modifikatsiyalarda uchraydi. Toza C
3
S odatda tiriklin 
formasida kristallanadi, qo'shimchalar esa uni monoklin, ba'zan tiriklin tarkibiy 
tuzilishga (sementlarda) o'tkazadi. 
Alit kristallar odatda oltiyoqlik yoki to'g'riburchak shaklda bo'ladi. Uning 
zichligi 3,15 g/sm
3
. Toza C
3
S 1200-1250° C dan 1900-2070°C gacha harorat 
oraiig'ida barqaror bo'ladi. Bu haroratdan pastda C
3
S - C
2
S va CaO ga 
parchalanadi. 2070°C dan yuqorida esa C
3
S eriydi. Pastki issiqlik chegarasi amaliy 
ahamiyatga ega, chunki klinker sanoat pechida sovish zonasiga o'tib soviyotganda 
bir oz vaqt 1200-1250°C chegarada turib qoladi, bu esa C
3
S
ning parchalanishiga 
olib keladi va klinker sifatini yomonlashtiradi. Odatdagi haroratlarda o'ta sovish 
sababli klinker parchalanmaydi. 
Portlandsementning mustahkamligiga va boshqa xossalariga klinkerdagi alit 
kristallarining 
shakli 
(o'lchami, 
klinker 
bo'ylab 
turli 
o'lchamdagi 
kristallarningtaqsimlanishi, kristallanish darajasi va boshqalar) ham ancha ta'sir 
ko'rsatadi. 
Petrografik 
taxlillarning 
ko'rsatishicha, 
600-700 
markadagi 
portlandsementni tayyorlash uchun klinker tarkibidagi turli o'lchamli alit 
kristallarning orasida asosan o'lchami 3-20 mkm yiriklikdagi kristallar ko'proq 
bo'lishi kerak. Bundan tashqari, kristaiiarto'g'ri prizmatik yoki geksagonal shaklda 
bo'lishi ma'qul (Yu.M.Butt, V.V.Timashev). 
Xomashyo tarkibidagi mavjud yoki maxsus xomashyo aralashmasiga 
kiritiladigan FeO, MgO, CaSO
4
CaF
2
, P
2
O
5
, TiO
2
, Cr
2
O
3
, MnO, Fe
2
O

kabi 
qo'shilmalar portlandsement mustahkamligiga ijobiy ta'sir etishi aniqlangan. 
Kuydiriladigan xomashyo aralashmalari tarkibida 0,1-0,5% miqdorda yuqorida 
aytilgan qo'shilmalarning bo'lishi alitning kristallanishiga legirlovchi modda 
sifatida ta'sir ko'rsatadi, bu esa sementlarning faolligini oshirishga imkon 
tug'diradi. Ammo bu qo'shilmalarning ta'sir qilish mexanizmi yaxshi 
aniqlanmagan. M.M.Sichev, Yu.M.Butt, V.T.Timashevlarning taxminicha, bunday 
moddalar sement klinkerini pishirishda alit kristallarining juda qulay struktura va 
oichamlarda hosil bo'lishiga imkon berib, boshqa kam mustahkamlik beradigan 
minerallarni hosil qilmaydi. Portlandsement klinkerida hosil bo'ladigan alit 
tarkibini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
54CaO • 16SiO
2
• MgO • A1
2
O
3



39 
Belit-portlandsement klinkerining ikkinchi asosiy mineral-laridan biridir. U 
alitdan dastlabki kunlarda sekin qotishi bilan farqlanadi. Uning asosiy 
mustahkamligi 
bir 
yil 
atrofida 
to'planadi. 
Bu 
mustahkamlik 
alitning 
mustahkamligiga yaqin. 
Ikki kalsiy silikat, alit singari kam miqdordagi qo'shimchalar (1-3%) bilan 
qattiq eritma hosil qilib belitga aylanadi. Bunday qo'shimchalarga A1
2
O
3
, Fe
2
O
3

Cr
2
O
3
va boshqalar kiradi. Ikki kalsiy silikatning to'rtta polimorf shakli borligi 
aniqlangan: bular B - C
2
S; a - C
2
S; a

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin