O'zbekistonda sement sanqati


 Klinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

2. Klinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma qo'shiimalar port-landsement 
xossalarini qisman o'zgartiradi. Uning asosiy sifat ko'rsatkichlari (mustahkamligi, 
chidamliligi, 
mustahkamlanish 
tezligi) 
asosan 
klinker 
sifatiga 
bog'liq. 


36 
Portlandsement klinkerining odatda qovushib pishgan holdagi o'lchamlari 10-20 
mm dan 50-60 mm gacha mayda va yirik donalar (kesak yoki boiaklar) ko'rinishida 
olinadi. 
Qovushib pishgan klinker o'zining mikrostrukturasiga ko'ra murakkab 
zarrachasimon turli kristallar va qisman shishasimon mahsulotlar aralashmasidan 
iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar miqdori (kimyoviy tarkibi bo'yicha), 
mineralogik tarkibi va asosiy oksidlarning o'zaro nisbatiga qarab baholanadi. 
Klinkerning kimyoviy tarkibi. Klinkerning kimyoviy tarkibi katta 
chegarada o'zgarib turadi. Portlandsement klinker ishlab chiqarish uchun 
xomashyo materiallari sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli 
moddalar (minerallar)dan tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid - SiO
2
, A1
2
O
3
va 
Fe
2
O
3
bor. Ohaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki 
oksid - CaO va CO

dan iborat. Klinker kuydirilganda CO
2
gazi ajraladi; CaO, 
SiO
2
, AI
2
O
3
va Fe
2
O

asosiy oksidlar va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi. 
Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda. sement sifatiga 
ma'lum darajada ta'sir ko'rsatuvchi oksidlar ham boiishi mumkin. Bular odatda 
magniy oksid (MgO), ishqorlar (Na
2
O va K
2
O), titan ikki oksid (TiO
2
), fosfor 
angidrid (P
2
O
5
) va sulfat kislota angidridi (SO
3
) dir. Portlandsement tarkibidagi 
asosiy va qo'shimcha oksidlar miqdori quyidagicha bo`ladi: 
CaO - 63 - 67% ; SiO
2
- 21 - 24%; Al
2
O
3
- 4 - 8%; Fe
2
O
3
- 2 - 4%; MgO - 
0,5 - 5%; SO
3
- 0,3 - l%; Na
2
O va K
2
O - 0,4 - 1%; TiO
2
va Cr
2
O
3
- 0,2 - 0,5%; 
P
2
O
5
- 0,1 - 0,3%. 
Klinkerning kimyoviy tarkibi 5382 - 65 sonli Davlat standartida berilgan 
usul bilan aniqlanadi. 
1500° C haroratda kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta'sirida so'nish 
qobiliyatini yuqotmasa ham juda sust so'nadi. Uning so'nish jarayoni qotib qolgan 
sementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. 
Bunday xavfli holning (sement hajmining notekis o'zgarishi) oldini olish uchun 
portlandsement tarkibidagi erkin magniy oksid miqdori standart tomonidan 
chegaralanadi va 4,5% dan oshmasligi zarur1. 
Portlandsementda kaliy va natriy oksidlar bo'lmasa yaxshi, chunki ular 
portlandsementning tishiashish muddatiga ta'sir qiladi. Bundan tashqari, ishqorlar 
betonda to'ldirgichlar bilan (to'ldirgich tarkibida amorf qumtuproq bo`lsa) o'zaro 
kimyoviy ta'sir etishishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga 
sababchi bo`ladigan natriy va kaliy silikatlar hosil bo'ladi. Bu reaksiya atrof-muhit 
yetarlicha nam bo`lsa juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun 
sement va to'ldirgichlar tanlanayotganda sementda qancha ishqor borligi hisobga 
olinishi lozim, to'ldirgichlar va amorf qumtuproq (opal, kremniy, slanes va 
boshqalar)dan qancha borligi aniqlanadi. Bundan tashqari, portlandsementda ko'p 
miqdorda ishqoriy metall oksidlar boisa, beton yuzasida sho'r dog'lar hosil bo`lishi 
mumkin. 
Standartga ko'ra, portlandsement tarkibida ishqor istalgan miqdorda boiishi 
mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer usti konstruksiyalarini 
qurishda ishlatiladigan qorishma va betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqori boigan 
portlandsement ishlatish tavsiya etilmaydi. Sementda 4% gacha titan ikki oksid 


37 
boisa, u sement sifatiga yomon ta'sir qilmaydi. Ammo TiO
2
juda ko'payib ketsa, 
sementning mustahkamlik ko'rsatkichlari pasayadi. 
Fosfor angidrid 1,5-2% dan ortsa, portlandsementning qotish jarayoni 
sekinlashadi (sulfat kislota angidridi portlandsement texnik xossalariga qanday 
ta'sir qilishi haqida quyida gapiriladi). 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin