O'zbekistonda sement sanqati



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

Mavzu: Portlandsement 
 
Reja: 
1. Tarkibi va sinflanishi. 
2. Klinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi. 
3. Klinker tavsifi 
4. Klinkerlarning sinflanishi va portlandsement turlari.
 
Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba'zi hollarda esa 
maxsus qo'shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo'lgan gidravlik bog'lovchi 
modda portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko'p 
bo'ladi (70-80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh 
bo'laklar klinker deyiladi. Portlandsementni klinker tarkibiga mos keladigan 
mahsulotning xomashyo aralashmasini toia eritish yo'li bilan ham olish mumkin. 
26798.0~26798.2-85
Davlat standartlariga ko'ra portlandsement xossalarini 
o'zgartirib turish, shuningdek, Lining tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga 
faol (gidravlik) va inert mineral qo'shimchalar qo'shishga ruxsat etiladi. Inert 
qo'shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvars qum va boshqalar) miqdori 10% dan, faol 
(trepel, diatomit, trass va boshqalar) qo'shimchalar miqdori esa 15% dan 
oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo'shimchalar 20% va undan ortiq bo'lishi ham 
mumkin. U holda maydalangan mahsulot nima qo'shilganiga qarab nomianadi. 
Ya'ni, qo'shilma sifatida donador domna toshqoli ishlatilsa, toshqolportlandsement 
deb, tabiiy gidravlik qo'shilmalar ishlatilsa, pussolanportlandsement deb ataladi. 
Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko'pi bilan 3% gips (suifat kislota 
angidridiga aylantirib hisoblaganda) qo'shiladi. Bu bilan sementning tishlashish 
muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta'sir qiladi. 
Shunday qilib, portlandsement klinker, gidravlik (yoki inert) qo'shilma va 
gips aralashmasidan iborat. Bundan tashqari uning tarkibida oz miqdorda - 1 % 
gacha boshqa moddalar, masalan, sement sifatini buzmaydigan, ammo uning 
yaxshiroq maydala-nishiga yordam beradigan intensifikatorlar (qurum, ko'mir) 
ham bo'lishi mumkin. Zamonaviy qurilishda portlandsement va uning turlari asosiy 
material bo'lib hisoblanadi, undan turli bino va inshootlarni qurish uchun zarur 
bo`lgan beton va temir beton konstruksiyalar yasalmoqda. 
Sement 
sifati 
borgan sari 
yaxshilanmoqda, uning mustahkamlik 
ko'rsatkichlari ortmoqda. Portlandsementning o'rlacha markasi 500 dan (GOST 
310-85) ortib ketdi, sement turlari ham ko'paymoqda, bir qator maxsus sementlar 
chiqarilmoqda. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin