O'zbekistonda sement sanqati



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

Texnologik chizma. Mergel ohaktosh portlash yo'li bilan qazib olinadi va 
maydalanib, saralanadi, keyin kuydiriladi. 
Ohak kuydiruvchi agregat sifatida shaxta yoki aylanma pechlardan 
foydalaniladi. Shaxta pechlarda kamida 20 - 40 mm o'lchamda, aylanma pechlarda 


31 
esa 15 - 20 mm o'lchamdagi ohaktosh kuydiriladi. 
Mergel ohaktoshlarni kuydirayotganda kalsiy oksidi hosil bo'ladi. 
U gil aralashmalar tarkibidagi kislota oksidlari bilan o'zaro birikadi. Shunda kalsiy 
silikatlari, alyuminatlari va ferritlari hosil bo'ladi. Aytib o'tilgan o'zaro birikish 
suyuq fazada emas, qattiq fazalarda sodir bo'ladi. Shuning uchun ham kuydirilgan 
material kesaklanib qolmaydi. 
Gidravlik ohakni kuydirish harorati amalda 800 - 900°C dan 1000°C gacha 
bo'ladi. 1100°C dan yuqori haroratda mahsulot so'nish qobiliyatini yo'qotadi. 
Gidravlik ohak ishlab chiqarishda dolomitlashmagan va dolomit-lashgan 
ohaktoshlar qo'llaniladi. Dolomitiashgan ohaktoshlardagi MgCO
3
miqdori 20% 
gacha boradi. Bunday ohaktoshlarni kuydirayotganda talaygina magniy oksidi 
hosil bo'ladi. Magniy oksidi esa kuydirish harorati 800 - 900°C dan ortishi bilan 
suvga nisbatan faolligini tobora kamaytirib boradi. Bunda magneziya sekin so'nadi 
va qotib qolgan betonda ham so'nishni davom ettirishi va oqibatda beton yorilib 
ketishi mumkin. Shuning uchun ham dolomitlashgan mergel ohaktoshlarni 
yuqorida ko'rsatilgani kabi 800-900°C dan oshmaydigan haroratda shaxta pech 
yoki aylanma pechlarda kuydirish kerak. 
Shaxta pech turida ishlatiladigan ohaktoshlar kimyoviy tarkibiga qarab 
tanlanadi. Ohaktoshlar dolomitlashmagan bo'lsa, xomashyo bilan yoqilg'i aralash 
solinadigan pechlar ishlatiladi. Dolomitlashgan ohaktoshlar esa yoqilg'i batamom 
yongandan keyin o'txonasi tashqariga chiqarilgan pechlarda yoki ancha tejamli nim 
gaz pechlarda kuydirilgani ma'qui. Aks holda, magniy oksidi kuyib ketadi. 
Tuyilgan so'ndirilmagan ohak olishda dolomitlashmagan ohaktoshlarni 
xomashyo bilan yoqilg'i aralash solingan pechlarda kuydirilgani yaxshi. Chunki 
mayda tuyilgan holdagi yoqilg'i kuli ohakning gidravlik xossalarini oshiradi. 
Aylanma pechlar ishlab chiqarishning bu sohasida kam ishlatiladi. Chunki 
yoqilg'i sifatida ko'mir changini ishlatishga, ko'mir chang tayyorlashni tashkil etish 
uchun ko'p mablag' sarflashga, shuningdek, kuydirish uchun ancha ko'p, ya'ni 
shaxta pechlarida kuydirilayotgan vaqtdagi 12 - 15% o'rniga ohak og'iriligiga 
nisbatan 20% gacha shartli yoqilg'i sarflashga to'g'ri keladi. Shunga qaramasdan, 
boshqa bir qator ko'rsatkichlari, jumladan, sermehnatliligi jihatidan shaxta 
pechlarga qaraganda ancha tejamli kalta aylanma pechlar ishlatiladi. 
Gidravlik ohak kuydirishda shaxta va aylanma pechlarning ish unumi, 
taxminan, havoda qotadigan ohakni kuydirish pechlarining ish unumidek bo'ladi. 
Pechdan olinayotgan kuydirish mahsuloti (so'ndirilmagan gidravlik kesak 
ohak deb yuritiladi) hali bog`lovchi material hisoblanmaydi va qorishma hamda 
beton ishlashida undan foydalanib bo'lmaydi. Bog'lovchi modda hosil qilish uchun 
so'ndirilmagan kesak ohak bo'laklari mayda tuyilishi kerak. 
Gidravlik kesak ohak ikki usulda, ya'ni mexanik yo`l bilan, zo'ldirli 
tegirmonlarda so'ndirish yo`li bilan tuyilishi mumkin. Birinchi usulda tuyganda 
so'ndirilmagan tuyilgan gidravlik ohak (u qo'llanib kelinayotgan standart bo'yicha 
tuyilgan so'ndirilmagan ohak deyiladi), ikkinchi usulda tuyganda esa kukun 
holigacha so'ndirilgan gidravlik ohak olinadi. 
10 - 20 mm gacha bir sidra maydalab olingan kuydirilgan kesak ohak shar 
tegirmonlarining sarflash bunkeriga uzatiladi. Bunkerdan ta'minlagich yordamida 


32 
shar tegirmoniga keragicha solib turiladi. Maydalangan mahsulot yirik donalarini 
ayirib tashlash uchun separatorga yuboriladi. Yirik donalari qayta tuyishga, mayda 
donalari esa tayyor mahsulot omboriga yuboriladi. 
Tuyilgan so'ndirilmagan gidravlik ohak germetik berk metall konteynerlarda 
yoki bitumlashtirilgan qog'oz qoplarda tashiladi. Idishsiz jo'natishda esa maxsus 
jihozlangan sement tashigich mashinalardan foydalaniladi. 
Kukun holigacha so'ndirilgan gidravlik ohak tayyorlash texnologiyasidan 
ko'rinib turibdiki, yuqorida bayon etilgan texno-logiyadan tubdan farq qiladi. 
Gidravlik ohak ham havoda qotadigan ohak singari qimmatli xossaga ega: 
unga suv ta'sir qilganida, nihoyatda mayda kukunga aylanib ketadi. Biroq gidravlik 
ohak tarkibiga kirgan erkin kalsiy oksidigina so'nish qobiliyatiga ega bo'ladi. 
Uning gil oksidlari bilan o'zaro ta'sir etishish mahsulotlari, ya'ni kalsiy silikatlari, 
alyuminatlari va ferritlari so'nish qobiliyatiga ega bo'lmaydi. So'ndirilayotganda 
ular nisbatan yirik va amalda suvga nisbatan mo'rt, so'nmagan zarralar holida 
qoladi. Ayni vaqtda xuddi ana shu birikmalar mayda tuyilganida ohakka gidravlik 
xossalar beradi. Shuni nazarda tutib, so'nmagan donalari elanadi, shar tegir-
monlarida maydalanadi. So'ngra so'ndirilmagan ohak kukuni bilan aralashtiriladi. 
Bu usulda ishlab chiqarish jarayoni quyidagi tartibda o'tadi. 
Kuydirilgan kesak ohak dastlab 10-20 mm gacha o'lchamda maydalanadi. 
Kesak ohak maydalashdan oldin bir necha kun (3-5) omborda ushlab turilgani 
ma'qul. Shunda u havodagi nam ta'siridan qisman so'nadi, natijada navbatdagi 
texnologik jarayonlarni bajarish osonlashadi. 
Maydalangan mahsulot so'ndirgich apparatga yuboriladi. Shu maqsadda 
odatdagi so'ndirgich shnek qo'llaniladi. So'ndirgich shnekka suv yuborib turiladi. 
Ohakni kukun holigacha so'ndirish uchun zarur boigan suv miqdori ohakdagi erkin 
CaO miqdoriga bog'liq. Kalsiy oksidi ohak og'irligining 15-25 foiz miqdorida 
bo'lishi kerak. Suv minimal nam so'ndirilgan mahsulot hosil bo'ladigan miqdorda 
quyilishi zarur. Aks holda gidravlik birikmalar ortiqcha quyilgan suv bilan barvaqt 
o'zaro ta'sir etishib, qisman gidratatsiyalanadi, natijada sifati pasayadi. 
So'ndirgich shnekda ohak batamom so'nmaydi. Ohak undan so'ndirgich 
siloslarga yuboriladi va bu yerda batamom so'ndiriladi. Gidravlik ohak sekin 
so'nadigan modda bo`lgani uchun ko'pincha 10-15 kungacha siloslarda saqlanadi. 
Issiq suvni ishlatish so'ndirish jarayonini ancha yaxshilaydi. Shu maqsadda 
so'ndirgich shnekda ohak bug' bilan namlanadi. Silosdagi massaning isishiga ohak 
gidrattatsiyalanayotgan vaqtda ajralib chiqadigan issiq ham yaxshi yordam beradi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin