28
va gil aralashmalar bo`ladi. Ularning bir qismi CaO bilan kimyoviy birikma tarzida
birikishi mumkin, qolgan qismi esa erkin holda qoladi. MgO va gil aralashmalar
borligi sababli so`ndish jarayoni sustlashadi va so`ndirilgan ohak sifati
yomonlashadi. Ulardan qancha borligiga qarab, kuchli ekzotermiyaga ega bo`lgan,
tez so`nadigan va plastic, mayda dispers (ushlab ko`rganda yog`li) xamir hosil
qiladigan ohak yoki so`ndirganda kam issiq chiqaradigan, sust so`nadigan va
so`nish mahsulotida parchalanmagan yirik zarrachalar ko'p uchraydigan shirasiz
ohak hosil qilinishi mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, qurilishbop qorishmalar
tayyorlayotganda shirali ohak shirasiziga qaraganda kam talab qilinadi.
Magniy oksidi 5% dan ortiq bo'lsa, ohak sezilarli darajada shirasizlanib
qoladi. 3 - 4% dan ortiq gil aralashma bo`lsa, ohak odatda ancha shirasizlanadi.
Ohak magniy oksidi tufayli shirasizlanishiga sabab shuki, MgO sekin so'nadigan
modda, kuydirish harorati oshishi bilan uning so'nish jarayoni yanada sekinlashadi.
Bug' bosim ortishi bilan magniy oksidining so'nish jarayoni keskin
kuchayishi aniqlangan. Shu tariqa, so'ndirishning avtoklav (14 atm gacha bug'
bosimida) usuli paydo bo'ldi. Bu usul MgO dan ko'p bo'lgan taqdirda ham
nihoyatda sifatli mahsulot olishga imkon beradi.
Ohakning so'nish tezligi suv haroratiga ham bog'liq. Chunki sovuq suv
ishlatganda issiqning anchagina qismi ohak bo'laklarini maydalab yuboradigan
bug'ning hosil bo'lishi uchun emas, balki suvni isitishga sarf bo'ladi. Bug' hosil
bo'lish jarayoni sekinlashsa, hosil bo'lgan kalsiy gidrat oksidining ohakning
gidratlanmagan zarrachalari yuzasida qatlamlanib qolishini keltirib chiqaradi.
Shunda suvning yangi zarrachalar yuzasiga o'tishi qiyinlashadi. Natijada so'ndirish
jarayoni sekinlashadi. Ohak aralashtirib turilganda, bu jarayon unchalik kuchli
bo`lmaydi, chunki bu holda Ca(OH)
2
pardasi buziladi va suv yangi zarrachalarga
bemalol o'tib kelaveradi.
Amalda so'ndirish jarayonini tezlatish uchun 40 - 50°C gacha isitilgan suv
ishlatiladi va ohak yaxshilab aralashtirib turiladi. Suvga ba'zi xlorli tuzlar, ya'ni
CaCl
2
. NaCl solinganda ham so'nish jarayoni sezilarli darajada tezlashadi. Chunki
tuzlar ta'sirida ohak ancha eruvchan bo'lib qoladi. Sulfat kislota yoki uning tuzlari
qo'shilsa, so'nish jarayoni sekinlashadi: ohak bilan reaksiyaga kirishib, qiyin
eruvchan kalsiy sulfatini hosil qiladi. Ohak zarra chalari ustida kalsiy sulfatining
paydo bo'lishi suvning zarracha ichiga kirishiga to`sqinlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: