20
ya'ni amorf va kristall ko'rinishda uchraydi.
Kristall magnezit (tarkibidagi qo'shilmalarga qarab) kul rang, oq, ba'zan
sarig' va hatto jigar rang tusda aniq kristall tuzilishda va shishadek shaffof bo'ladi.
Unda CaCO
3
va FeCO
3
ko'rinishlardagi qo'shilmalar bor. Ammo sof holida ham
uchraydi.
Magnezitning kimyoviy tarkibi quyidagicha: 47,82% MgO va 52,18% CO
2
.
Kaustik dolomit tabiiy dolomit (MgCO
3
• CaCO
3
) ni kuydirish natijasida
olinadi. U kalsiy va magniyning qo'sh tuzidan iborat bo'lib, quyidagi kimyoviy
tarkibga ega: 54,2% CaCO
3
va 45,8% MgCO
3
.
Kaustik magnezit ishlab chiqarish tayyorlash jarayonlari (xomashyoni qazib
olish, saralash, maydalash) va asosiy jarayonlar (kuydirish hamda tuyish)dan
iborat.
Xomashyo ishlab chiqarish chizmasiga qarab maydalanadi. Masalan, shaxta
pechlar
uchun yirik, aylanma pechlar uchun maydaroq material zarur.
Magnezitni kuydirish uchun pechlarning hamma turidan (xum-dondan tortib
maxsus konstmksiyadagi mexanik pechlargacha) foydalanish mumkin, ammo
ko'pincha o'txonasi tashqariga joylangan shaxta pechlarda kuydiriladi.
Kuydirilayotganda magnezit parchalanadi va quyidagi reaksiya bo'yicha magniy
oksidi bilan angidrit gaziga ajraladi:
MgCO
3
= MgO+CO
2
Magniy karbonatning parchalanish reaksiyasi endotermik reaksiya
hisoblanadi, ya'ni bu reaksiya sodir bo'lishi uchun talaygina miqdorda issiqlik (1kg
MgCO
3
ga 344 kkal) sarflash talab qilinadi. Magniy karbonat 500°C da parchalana
boshlaydi deb qabul qilsa bo'ladi, lekin 600-650°C da talabdagidek tez o'tadi.
Zavod sharoitlarida magnezit nisbatan ancha yuqori, taxminan 800°C, aylanma
pechlarda esa 1000°C gacha haroratda kuydiriladi.
Magniy karbonatning parchalanish reaksiyasi umuman qaytarma reaksiyadir.
Reaksiya talabdagidek yo'nalishda bo'lishi uchun uning mahsulotlaridan biri, ya'ni
CO
2
tabiiy yoki su'niy yo'l bilan chiqarib tashlanadi, shuningdek, kuydirish harorati
nazariy zarur harorat darajasidan oshiriladi. Biroq o'ta
yuqori haroratdan foyda
yo'q, chunki bunda MgO ning bog'lovchilik xossalari yomonlashadi.
Magnezitni 1300°C dan ortiq haroratda kuydirish natijasida «o'ta pishgan»
magnezit hosil bo'ladi. Bunday magnezitni tuyganda u bog'lovchi modda bo`lmay
qoladi, balki o'tga chidamli magnezit buyumlar ishlab chiqarish uchun xomashyo
sifatida ishlatishga yaraydi, xolos.
Demak, CO
2
batamom ajralib chiqqanida kuydirish harorati (ruxsat
etiladigan chegaralarda) qanchalik past bo'lsa, kaustik magnezit shunchalik sifatli
chiqadi.
Kaustik magnezit qanchalik sifatli pishirilganini uning solishtirma og'irligiga
qarab aniqlash mumkin. Standartga qaraganda solishtirma og'irligi 3,1-3,4 g/sm
2
bo'lishi kerak. Kuydirilmagan magnezitning solishtirma og'irligi o'rtacha hisobda -
3, «o'ta kuydirilgani»niki esa - 3,7 g/sm
3
. Shuning uchun ham chala kuydirilganda
magnezitning solishtirma og'irligi 3,1 dan past, o'ta pishirganda 3,4 g/sm
2
dan ortiq
bo'ladi.
Dolomitlar keskin o'zgaruvchan tarkibli birikmalardir. Shuning uchun ham
21
kaustik dolomit ishlab chiqarayotganda tabiiy dolomit kimyoviy tarkibini bilishga
katta e'tibor berilishi lozim. Burring uchun konda uning o'rtacha namunalarini
tanlab olib, kimyoviy tahlil qilib ko'rish zarur.
Tabiiy dolomitni taxminan 650 - 750°C da (chala)
kuydirganda kaustik
dolomit hosil bo'ladi.
Kaustik magnezit ishlab chiqarayotgandagidek dolomit shaxta va aylanma
pechlarda chala kuydirilishi mumkin.
Dolomitni chala kuydirganda MgCO
3
dekarbonlashadi (parchalanadi) va
MgO ga aylanadi. CaCO
3
ning ko'p qismi parchalanmay qoladi, chunki uning
dissotsiatsiya haroratidan yuqori chala kuydirish natijasida tarkibida magniy
oksidi, ohaktosh va ozgina miqdorda ohak bo'lgan mahsulot hosil boladi.
Harorat 800-1000°C gacha ko'tarilganda kuydirilgan
mahsulot tarkibida
anchagina miqdorda soma oladigan kalsiy oksidi bor dolomit ohak vujudga keladi.
Harorat 1300°C dan yuqori bo`lsa, «o'ta pishgan» dolomit hosil bo`ladi. Bu ham
«o'ta pishgan» magnezit singari o'tga chidamli buyumlar ishlab chiqarishda
ishlatiladi.
Qoritqilar. Magnezial bog`lovchi moddalar uchun magniy xloridning suvli
eritmalari, shuningdek, magniy sulfati, temir sulfatlarining
eritmalari va boshqa
tuzlar qoritqi bo`lishi mumkin. Kaustik magnezitni suv bilan qorilganda qotgan
sement tosh nisbatan unchalik mustahkam bo'lmaydi. Holbuki uni xlorid yoki
magniy sulfati bilan qorganda nihoyatda mustahkam sementtosh hosil bo`ladi.
Tarkibida magniy xlorid suvli eritmasi bo`lgan ko`llar sanoat miqyosida
magniy tuzlar qazib olish manbalari hisoblanadi.
Magniy xlorid ma`lum miqdordagi suvli eritma holida qoritqi sifatida
ishlatiladi. Odatda solishtirma og'irligi 1,09 - 1,26 g/sm
3
gacha bo`ladi.
Magnezial sement komponentlarining o'rtacha ulushi faol magniy oksidi
(kaustik magnezit umumiy og'irligining taxminan 85% ini tashkil etadi)
va qattiq
(quyuq) olti molekula suvli magniy xloridga hisoblaganda (og'irligi jihatidan)
67-62 % MgO va 33 - 38 % MgCl
2
- 6H
2
O dan iborat bo`ladi.
Sulfat kislotani magniy oksidi bilan neytrallab, magniy sulfati olish mumkin.
Magniy
sulfatidan
foydalanayotganda
quyidagicha
ulushlanadi:
suvsizlantirilgan MgSO
4
ga hisoblanganda 80-84% magniy oksidi va 20-16%
magniy sulfati. MgSO
4
li qorishmadan tayyorlangan sementtosh MgCl
2
li
qorishmadan ishlanganga qaraganda unchalik mustahkam bo'lmaydi. Biroq magniy
sulfatli qorishmadan tayyorlangan sementtoshning gidroskopikligi magniy xloridli
qorishmadan ishlangan sementtoshnikidan ancha past bo`ladi.
Tayyor buyumlarning gidroskopikligini kamaytirish va ularning suvga
chidamliligini oshirish maqsadida kaustik magnezitga qoritqi sifatida birgina o'zi
yoki magniy xloridi bilan birgalikda temir kuporosi ishlatiladi. Temir kuporosini
qo'shish magnezial sementning tishlashishini tezlashtiradi va buyumlarda dog`larni
kamaytiradi.
Xossalari va ishlatilishi. Kaustik magnezit, shuningdek, kaustik dolomitning
qotish jarayonini, A.A. Baykov nazariyasiga ko'ra, uch davrga ajratish mumkin.
Birinchisi magniy oksidning gidratatsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Bu
jarayon davomida qo'shaloq birikma MgOMgCl
2
• 6H
2
O hosil bo`ladi (qoritqi
22
sifatida MgCl
2
olingan bo`lsa). Gidratatsiya va qo'shaloq tuzning hosil boiish
reaksiyalari deyarli qorib bo`lgandan keyinroq boshlanadi.
Ikkinchi davr tishlashish yoki kolloidlanishi. Reaksiyalar
natijasida hosil
boigan birikmalar o'ta to'yingan eritma hosil qiladi va gel (iviq) shaklida ajralib
chiqadi; tishlashishi tez boshlanib, tez tugaydi, qotgan massaning kolloid holati esa
uzoq vaqt davom etadi.
Uchinchi davrda kolloid massa yaxna holatida qayta kristallashish yoii bilan
kristall o'simtaga aylanadi. Kristallar hosil bo`lsa-da, ular juda ham kichik, kolloid
oichamlarga yaqin bo`ladi.
Magnezit xomashyoni 800-850°C haroratda kuydirib, so'ngra maydalab
tayyorlanadigan kaustik magnezitning solishtirma og'irligi, standartga ko'ra,
3,1-3,45 g/sm
3
, hajm og'irligi - 0,65 dan 0,85 t/m
3
gacha bo`lishi kerak. 21 sonli
elakda ko'pi bilan 5% material qolishi, 0085 sonli
elakdan materialning kamida
75% i o'tishi kerak.
Kaustik magnezitning kimyoviy tarkibini quyidagi ma'lumotlardan bilib
olish mumkin (3-jadval).
Dostları ilə paylaş: