O'zbekistonda sement sanqati


 Suvli va suvsiz kalsiy sulfat modifikatsiyasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/42
tarix23.05.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#59056
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
O\'zbekistonda sement sanoati

3. Suvli va suvsiz kalsiy sulfat modifikatsiyasi 
 
Harorat va qizish sharoitlariga bog`liq holda suvli kalsiy sulfatning turli 
modifikatsiyalarini hosil qilish mumkin, ular kristallarning zichligi, shakli va 
oichamlari, gidratatsiya issiqligi, issiqlik sig'imi, optik xossalari va boshqa 


15 
xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Kalsiy sulfat modifikatsiyasini, ulaming barqaror mavjudlik sharoitlarini, 
birining ikkinchisiga aylanishini tekshirishga bir qancha tadqiqotlar bag'ishlangan 
(Le Shatelye, Vant Goff, A.A. Baykov, D.S. Belyankin, P.P. Budnikov, Kelli, 
Suttard, Anderson, Flerks va boshqalar). Biroq hozirga qadar uning suvli va suvsiz 
modifikatsiyalari soni, ularning tuzilishlari hamda flzik-kimyoviy xossalari 
xususida yagona fikr yo'q. D.S.Belyankin va L.G.Berg tadqiqotlari bo'yicha, 
shuningdek, Kelli, Suttard, Anderson ma`lumotlari asosida kalsiy sulfatning 
quyidagi modifikatsiyalari ma`lum: 
1. ikki molekula suvli kalsiy sulfat (gips) CaSO
4
• 2H
2
O. 
2. a - yarim molekulali suvli kalsiy sulfat (a - yarim gidrat) a - CaSO
4
• 
0,5H
2
O, B - CaSO
4
• 0,5H
2
O. 
3. B - yarim molekula suvli kalsiy sulfat (B - yarim gidrat). 
4. - suvsizlantirilgan yarim gidrat a - CaSO
4

5. B - suvsizlantirilgan yarim gidrat B - CaSO
4

6. - eruvchan angidrid a - CaSO
4

7. B - eruvchan angidrid B - CaSO
4

8. Erimaydigan angidrid (odatda angidrit deb ataladigan) CaS0
4

Gips suvsizlantirilganda dastlab yarim gidratga aylanadi so'ngra qizish 
jarayonida suvsiz modifikatsiyalarga - angidridlarga aylanadi. a- va B
modifikatsiyalarining hosil boiishi issiqlik ta'sirida ishlov berish sharoitlariga 
bog`liq. 
B- yarim gidrat deb ataluvchi modifikatsiya digidratatsiya jarayonida 
suvning bug' holida chiqish sharoitida hosil boiib, natijada bu modifikatsiya 
zarralari ichki yuzasi ancha rivojlangan tarkibiy tuzilish hosil qiladi. 
B - yarim gidratdan farqli ravishda a - yarim gidrat gipsga suvda yoki tuz va 
kislotaning suvdagi eritmalarida issiqlik ta'sirida ishlov berilayotganda hosil 
bo`ladi. Bunda suv suyuq tomchi holatida ajralib, a- yarim gidratning zich 
kristallari hosil boiishi uchun sharoit tug'iladi. Natijada B- yarim gidrat 
zarrachalarining solishtirma sathi a- yarim gidratnikiga nisbatan ancha (2,5-5 
marta) yuqori bo`ladi. 
Zarrachalar ichki sathining xilma-xilligi yordamida B va a yarim 
gidratlarning sindirish va zichlik ko'rsatkichlaridagi farqni izohlash mumkin. 
a yarim gidrat suvda qorilganda B- yarim gidratga nisbatan kam suv sarflab 
qo'zg'aluvchanligi keraklicha boigan xamir olish mumkin. Demak, gipsning a
yarim gidratli modifikatsiyasidan qotgan gips B- yarim gidratliga nisbatan ancha 
zich va mustahkam bo`ladi. Agar a va B- yarim gidratlar teng hajmdagi suvda 
qorilsa, hosil bo`ladigan gipstoshning mustahkamligi ham o'zaro teng bo`ladi. 
Suvda qorilganda a - yarim gidrat B- yarim gidratga nisbatan birmuncha sust 
tishlashadi, bunda B - yarim gidrat zarrachalarining chinakam sathi yuqori darajada 
rivojlanganligi tufayli gidratatsiya tezligi ortadi 


16 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin