11
Mavzu: GIPS TEXNOLOGIYASI
Reja:
1. Havoda qotadigan bog'lovchi materiallar.
2. Gipsning tavsifi.
3. Suvli va suvsiz kalsiy sulfat modifikatsiyasi
Gipsli bog'Iovchi moddalar. Gipsli bog'lovchi
moddalar kuydi-rilgan
gipstosh mayda qilib tuyish yo'li bilan hosil qilinadi (gips-tosh asosan tarkibida
ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatli CaSO
4
• 2H
2
O dan iborat). Gips-toshdan
kuydirilish
harorati, sharoitiga qarab qurilish gipsi,
mustahkam gips hamda
angidritli sement hosil qilinadi.
Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatli cho'kindi
tog' jinsi - gipsni (CaSO
4
• 2H
2
O) va suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni
(CaSO
4
) hamda ayrim sanoat chiqindilarini pishirib gipsli bog'lovchilar olinadi.
Standartda ko'rsatilishicha, birinchi navgips ishlab
chiqarish uchun tarkibida
CaSO
4
• 2H
2
O ning miqdori 90%, ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam boimagan
tabiiy gips-tosh kerak.
Tabiiy gips-tosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo'yicha),
zichligi
2200 - 2400 kg/m
3
bo'lgan jinsdir. Gips-tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro
viloyatida mavjud (Kogon gips koni).
150 - 170°C haroratda kuydirilgan gips-toshni
tuyib maydalab olingan
mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki molekula suvi bo'lgan kalsiy sulfatni 65°C da qizdirilganda u o'z
xususiyatini o'zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo'qolib, digidratatsiyalana
boshlaydi. Bunda gips-tosh 1,5 molekula suvni yo'qotib,
yarim molekula suvli
gipsga aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
CaSO
4
• 2H
2
O = CaSO
4
• 0,5H
2
O + l,5H
2
O.
Gips-tosh 140 - 170°C haroratda ko'p miqdorda suvni yo'qotib, yarim suvli,
tez qotuvchi (CaSO
4
• 0,5H
2
O) gipsga aylanadi. Bunday bog'lovchi ba'zan
alebaster deb ham ataladi.
Demak, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan
texnikaviy vazifa
ikki molekula suvli gipsni yarim molekula suvli gipsga aylantirishdan iborat
bo'ladi. Tabiiy kalsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda konsentraesiyalangan fosfor
o'g'itlariga gidrokimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi - fosfogips
sanoat uchun yirik xomashyo manbai hisoblanadi.
Maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng yaxshi tabiiy
xomashedan
hosil qilinadigan mahsulotdan, qolishmaydigan tayyor bog`lovchi
modda olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: