12
Gips-toshni, asosan, shaxtali va aylanma xumdonlarda yoki bug'lash
qozonlarida pishiriladi. Shaxtali xumdonlariga gips-tosh 70-300 mm yiriklikda
solinadi, aylanma xumdonlarga 15
mm gacha boigan yiriklikda, bug'lash
qozonlariga esa 25-50 mm yiriklikda solinadi; qozonlarda
pishirganda esa gips-
tosh kukun qilib tuyilgan holda solinadi. Gips-toshni pishirish usuli awalo
xomashyoning xususiyati, olinadigan mahsulotga bo'lgan talabga qarab tanlanadi.
Gips-tosh
bolg'ali
maydalagichlarda
yoki
po'lat
sharli
(zoldirli)
tegirmonlarda maydalanadi. Agar uni kukun darajasigacha tuyish kerak bo'lsa,
awal quritib, keyin maydalanadi. Gips-toshni quritish, tuyish va
pishirishni shaxtali
yoki g'ildirakli tegirmonlarda bajarish mumkin.
Amalda gipsni
qaynovchi deb ataluvchi qozonlarda pishirib olish usuli keng
tarqalgan. Po'lat silindr va vertikal o'qqa o'rnatilgan qorgichdan iborat qozonga
kukun qilib tuyilgan gips solinadi. Qozonning diametri bo'ylab to'rtta
isitgich
quvuri o'tkazilgan. Ular solinayotgan xom gipsni pishiradi va tayyor mahsulot
qozon tagidagi g'alvir orqali gips yig'uvchi bunkerga tushadi. 2 m
3
qozon
hajmining ish unumi 2 soatda 1000 kg ga teng. Gips kukunining qozonda pishish
vaqti 1 -1,5 soat.
Asosan yarim suvli gipsdan iborat bo'lgan va
gips-toshdan iborat termik
ishlash yo'li bilan tayyorlanadigan
qurilish gipsi deb ataluvchi mahsulotni
fosfogipsdan ham olish mumkin. Yarim suvli gipsning tarkibida 38,63% CaO,
55,16% SO
3
va 6,21% H
2
O bor.
MDH davlatlaridagi ko'pgina ilmiy tadqiqot muassasalari fosfogips
chiqindilaridan foydalanish masalasi ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Armaniston Respublikasi FA Umumiy anorganik kimyo
institutining VNIIStrom
(Rossiya) bilan hamkorlikda ishlab chiqqan fosfogipsdan texnikaviy gips ishlab
chiqarish usuli bosim ostida fosfogipsni digidratatsiyalashga asoslangan. Unda
olingan
a - yarim molekula
suvli gips filtirlanadi, keyin issiq suvda chayib
quritiladi (chizmaga qarang).
Dostları ilə paylaş: