Romansementning mayda tuyilishi. Romansement iioji boricha mayda
tuyilishi kerak, chunki qanchalik mayda bo'lsa, shunchalik mustahkam chiqadi.
Standartda romansementning maydalik darajasi quyidagicha belgilangan: 021
raqamli elakda ko'pi bilan 5% va 009 raqamli elakda ko'pi bilan 25% (og'irlik
hisobida) qoldiq qolishi kerak. Lekin bu dag'al tuyish hisoblanadi. Yanada
maydaroq, masalan, 009 raqamli elakda 10 - 15% qoldiq qoladigan qilib tuyilsa,
sement markasini 1,5 - 2 baravar oshirish mumkin bo'ladi. To'g'ri, bir qator
hollarda sementni yanada maydalash iqtisodiy ihatdan maqsadga muvofiq
bo`lmaydi, chunki maydalash uchun energiyaning sarfi juda oshib ketadi.
Romansementning tishlashish muddatlari. Romansement suv bilan
qorilgandan kamida 15 daqiqa o'tgandan keyin tishlasha boshlaydi, kechi bilan 24
soatda butunlay tishlashib bo'lishi kerak.
Romansement qotayotganida hajman qanchalik tekis o'zgarishi bo'yicha
sinab ko'rilishi lozim. Sement xamirdan standartga ko'ra asosan kulcha holida
yasalgan namunalari sinaladi. Nam havo sharoitida 7 kun saqlangandan so'ng
namunalar qaynaganida va suv bug'ida ham yorilmasligi zarur.
Romansementning ishlatilishi. Romansement yer usti va ostida zo'riqishi
kam konstruksiyalar uchun beton ishlash va devor qurish hamda suvash ishlarida
ishlatiladi. Romansementni suv ta'sirida ishlaydigan konstruksiyalar qurishda ham
ishlatishga ruxsat etiladi. Ammo buning uchun dastlabki 7 kunligida suv ta'siridan
saqlash kerak bo'ladi.
Romansement unchalik mustahkam bo`lmagani uchun temir-beton
konstruksiyalarida ishlatilmaydi.
Yig'ma qurilishda romansementdan II va III klass binoiari uchun devorbop
beton toshlar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Romansement asosan mahalliy qurilishlarga mo'ljallangan. U gidravlik
bog'lovchi moddalar nomenklaturasini kengaytirishga yordam beradi va bir qator
beton konstruksiyalar ishlab chiqarishda portlandsement o'rnida ishlatiladi.