49
tayyorlash).
2.Klinkerni qo'shilmalar bilan birga tuyish (portlandsement olish).
Birinchi jarayon juda murakkab bo'lib, uning bajarilishi katta xarajatlar bilan
bog'liq. Shuning uchun hamma vaqt portlandsement asosini tashkil etuvchi
klinkerni tejash kerak. Chunki portlandsement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan
jami xarajatning ko'p qismi (70-80%) klinker qiymatini tashkil etadi.
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda
quyidagi asosiy texnologik
jarayonlar bajariladi:
1.Ohaktosh va gil qazib olinadi.
2.Xomashyo materiallari tayyorlanadi va maydalanladi.
3.Yoqilg'i tayyorlanadi.
4.Xomashyo materiallari kuydiriladi.
Klinkerni tuyish va portlandsement ishlab chiqarishda esa asosan quyidagi
texnologik jarayonlar mavjud:
1.Qo'shilmalar tayyorlanadi.
2.Klinker qo'shilmalar bilan birga tuyiladi.
3.Portlandsement omborga joylanadi.
Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xomashyo
aralashmasini hosil
qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday
aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallar (ohaktosh, gil
va to'g'rilovchi qo'shilmalar) ning hammasi mayda
qilib tuyiladi va yaxshilab
aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materiallar maydalab tuyilsa,
xomashyo aralashrnasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda o'zaro
yaxshi
ta'sirlashadi. Xomashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda
klinkerda ta'sir etishmay qolgan moddalar deyarli bo'lmaydi.
Bu vaqtda hamma
oksidlar minerallar holida bog'langan bo'ladi.
Mayda. qilib tuyilgan materiallar quruqligicha yoki suvda yaxshilab
aralashtirilishi
mumkin.
Xomashyo
materiallari suv
bilan tayyorlansa,
portlandsement ishlab chiqarish «ho`l»
usul deb, quruqligicha tayyorlansa,
«quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik
va texnik-iqtisodiy
xarakterdagi bir qator omillarga bog'liq (chizmaga qarang).
Garchi texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar jihatidan quruq usul afzalroq bo'lsa
ham, hozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek, Rossiyada va AQSHda ho'l
usul, quruq usul esa Yaponiya, Germaniya va Italiyada keng tarqalgan.
Hozirgi
kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko'proq qo'Uashga moyillik salmoqli
o'rin olmoqda.
Dostları ilə paylaş: