tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning keskin buzilishi noevolyusion
1
tarzdagi buzilgan tabiat tizimlarini yuzaga keltirdi va tegishli iqtisodiy-moliyaviy
munosabatlarni shakllantirdi. Bu, o‘z navbatida,
organizmlar yashash muhitini, u
esa organizmlar turi, populyasiyasi va jamoasiga keskin ta’sir etdi. O‘sha davrdagi
Reyn daryosining holatiga nazar tashlagan fransuz jurnalisti “Reyn daryosining
suvini XIX asrning ikkinchi yarmidagi tabiat manzarasini aks ettirish bo‘yog‘i
o‘rnida ishlatsa bo‘ladi», deb bejiz aytmagan. Bunday holat aynan Evropada ilk
bor ekologik dunyoqarashlarni shakllantirishga olib keldi. Ekologiya ushbu davrda
biologiya fanlari tizimiga kirgan va tirik organizmlar haqidagi fan tariqasida ilk bor
biologlar tomonidan taklif etilgan. Zamonlar o‘tib, XX asrning 70-yillariga kelib
(1972 yil “Atrof-muhit muhofazasi”ga bag‘ishlangan Stokgolm konferensiyasidan
so‘ng),
ekologiya nafaqat mustaqil fan sohasi, balki
fanlar tizimiga aylanib ketdi.
Hozirgi kunda 80 ziyod ekologik fanlar mavjud bo‘lib,
ular deyarli barcha fan
tarmoqlariga kirib borgandir (2-rasm).
E.Gekkeldan so‘ng ekologiya atamasi ta’rifiga taqiqotchilar tomonidan
ko‘plab o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. Lekin, hanuzgacha, uning
birlamchi mazmuni va mohiyati umumiy tarzda saqlanib qolindi.
Turli fikrlarni
umumlashtirgan holda biz
ekologiyani –
muayyan tabiat tizimida (ekotizimda)
organizmlar o‘zaro va ularni yashash muhiti o‘rtasidagi munosabatlarning turli
jihatlarini tadqiq qiluvchi fan tarmog‘i, ularga oid bilimlarni beruvchi ta’lim
yo‘nalishi, ularni optimallashtiruvchi xalq xo‘jaligi sohasi, deyishimiz mumkin.
1
Яблоков А.В., Юсуфов А.Г. Эволюционное учение (дарвинизм).-М.: Высшая школа, 1997.