O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari


xos o‘rganish, izlanish va tadqiq qilish metodlar (usullari)



Yüklə 51,78 Kb.
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü51,78 Kb.
#177791
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchi-fayllar.org

xos o‘rganish, izlanish va tadqiq qilish metodlar (usullari)ni bo‘lishidadir. Bu
usullar boshqa tabiiy, gumanitar yoki ijtimoiy fan sohalarida ham bor, lekin



ekologiya o‘zining qonuniyatlaridan, maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda


ularni umumlashtirgan. Ekologik usullar sifatida yagona tizimdagi o‘zgaruvchan
organizmlar va o‘zgaruvchan atrof tabiiy muhit o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq
qilishda tizimli yondashish; kuzatish; tajriba (eksperiment) o‘tkazish va
modellashtirish amalga oshiriladi.
Tizimli yondashish usuli–ekologik munosabatlarni muayyan ekologik
ob’ektlarda uzviy bog‘langanligini inobatga olgan tarzda turli guruhdagi tadqiqot
usullarini ma’lum bir ketma- ketlikda olib borish tartibi. Ularga tirik organizmlar
va ularni yashash muhitini hisobga olish hamda baholash usuli kiradi. Hisobga
olish va baholash tabiiy ob’ektlarga, organizmlarga, ta’sir etuvchi omillarga
nisbatan qaratilgan bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari
to‘g‘risidagi qonunga muvofiq butun ob’ektlar bo‘yicha hujjatlar va ma’lumotlar
yig‘iladi hamda tegishli davlat idoralari va boshqaruv organlariga topshiriladi.
Undan, haq evaziga, har qanday tashkilot yoki biron bir shaxs o‘zining ekologik
tadbiri, izlanishi va boshqa hayotiy faoliyatida foydalanish huquqiga egadir.
Albatta, har bir tabiiy va ijtimoiy ob’ektlarni yoki omillarni hisobga olish va
baholashning turli xil o‘ziga xos usullari mavjud. Ekologik usulda ular biron-bir
ketma-ketlik va yagona tizim asosida olib boriladi. Aks holda kompleks ekologik
baholashni va hisobga olishni iloji bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda ekologiya tarixi. 
Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishi, urush, inqilob tufayli Turkistonning
qadimgi yodgorliklari, go‘zal tabiati, o‘simlik va xayvonat olami katta zarar
ko‘rdi.1916 yildayoq Turkistondagi tarixiy yodgorliklarni qayd etish masalasi
bo‘yicha ish boshlangan edi. Ammo bu maqsadlar amalaga oshmay qoldi.
Arxiv materialari 1920 yilda Turkiston o‘tmishidan qilgan yodgorliklarni
o‘rganish va asrash maqsadida ta’lim tarmog‘i zarurligi to‘g‘risida fikrlar paydo
bo‘la boshlanganidan dalolat beradi. O‘shanda arxitektura yodgorliklarini
restavratsiya qilish va ta’mirlash, saqlash Qo‘mitasi tuziladi. Qo‘mita ishiga
maxalliy kuchlar va Moskvalik olimlar jalb etiladi. 1921 yilda muzeylar ishi va



qadimgi yodgorliklarni, sanxat va tabiatni muxofaza etish bo‘yicha Turkiston


qo‘mitasi tashkil etiladi.
Albatta Turkistonda tabiatni muxofaza etish usullarini amaliy va nazariy
jixatdan qo‘llash soxasida katta qiyinchiliklarga duch kelingan. A’oli
madaniyatining yuksak emasligi, tabiatni muxofaza etish g‘oyasining xali mutlaqo
yangi ekani, ‘ududning kengligi, uning xali tadqiq etilmagani va boshqalar
xayvonot xamda o‘simlik olami (archalar, yong‘oqlar, o‘rmonlar, saygalar,
kulanlar, marollar va boshqalar)dan yirtqichlarcha foydalanishga qarshi kurashda
qiyinchiliklar tug‘diradi.
Mazkur qo‘mita ‘uzurida tabiatni muxofaza etish bo‘limi xam faoliyat
ko‘rsata boshlaydi. Uning maqsadi xayvonot populyasiyasi va o‘simliklar turini
o‘rganish xamda ko‘paytirish, asrashga yo‘naltirilgan tadbirlar qabul qilishdan
iborat bo‘lgan. SHuningdek er qobig‘ining elementlari va ayrim qismlarini tadqiq
etish nazarda tutilgan.
Ovchilar o‘rtasida tabiatnini muxofaza etish g‘oyasini tashviqot-targ‘ibot
qilish maqsadida 1923 yilda Butun Turkiston ovchilari se’zdida Turkiston tabiatini
muxofaza etish bo‘limi va Turkiston tabiatni asrash kommisiyasi nomidan
professor A.L.Baruskiy "Tabiat yodgorliklarini muxofaza etish" mavzusida so‘zga
chiqadi. O‘shanda olimning "Turkistonda tabiatni muxofaza etish" nomli kichik
kitobi nashr etiladi. O‘zining bu ilmiy ishida A.L.Borodskiy inson rivojlanib
borgan sari tabiat saltanatida yaratuvchi kuchdan ko‘ra buzuvchi kuchga aylanishni
ko‘rsatib o‘tadi. U xatto bu kuchni ko‘lami jixatidan geologik xalokatga
tenglashtiradi.
U magar inson xayvonot va o‘simlik dunyosini qirib yuboraversa, er sirtini
ishdan chiqaraversa, yaqin kelajaklardagi avlodlarimiz tabiat olami bilan qo‘riqchi-
chuchelalar, gerbariylar va fotosuratlar orqali tanishishi mumkinligi xaqida
ogo’lantirib o‘tgan edi. SHuning uchun olim tabiat dunyosini, er sirtini qanday
bo‘lsa shundayligicha saqlash, xayvon va o‘simliklarni asrash zarurat ekanini
ta’kidlaydi.



U Turkiston ‘ududi xayvonlar va o‘simliklar turiga juda boy ekanini alo’ida


ko‘rsatib o‘tadi va Turkiston ‘ukumatini bu boyliklarning muxofaza etilishi xamda
talon-taroj qilinmasligi uchun zudlik bilan tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etadi.
Olim ularni qayta tiklash juda qimmatga tushishini, to‘g‘rirog‘i, to‘la ‘olda qayta
tiklab bo‘lmasligini aytadi.
Aslida qo‘riqxonalar tashkil etish g‘oyasi o‘sha paytlarda tug‘iladi. Bunda
milliy bog‘larni tashkil etish zarurligi, uni sira kechiktirib bo‘lmaydigan muxim ish
ekani alo’ida ta’kidlanadi. Ammo milliy bog‘larni tashkil etish juda murakkab va
mas’uliyatli ish edi. SHu bois Turkiston ‘ududlari maxsus o‘rganila boshlanadi.
Tirik tabiatni muxofaza etish ishiga professor D.N.Kashkarov katta ‘issa
qo‘shadi. U Turkistonning go‘zal tabiatini jon-dildan sevadi va uning xilma-xilligi,
ajoyibligidan zavqlanadi. U kuyinib shunday yozadi: "Ko‘z o‘ngimizda jonajon
Turkistonimiz tabiati emirilib bormoqda. O‘rmonlarimiz qirilib, yong‘oqlarimiz,
ming yillik archalarimiz, noyob xayvonlarimiz, qushlarmiz yildan yilga kamayib,
yo‘qolib ketmoqda".
SHunday qilib, Turkiston tabiati insonning zulm va zo‘rligi, ta’qiblari tufayli
xalok bo‘layotganini anglab, u tabitni muxofaza etishining asosiy masalalarini
quyidagi tartibda ifodalaydi:
1)
Tabiatni fan, ya’ni ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish uchun asrash;
umumiy ilmiy muammolarni o‘rganish va xal etish maqsadida foyda beradigan
tabiatni muxofaza etish.
2)
Tabiatni xo‘jalik yuritish manfati nuqtai nazarida muxofaza etish;
tabiiy ishlab chiqarish kuchlarini va xali inson qadami etib bormagan tabiat
go‘shalarining barcha ‘o‘jalik imkoniyatlarini aniqlash va undan foydalanish;
3)
Tabiatni xalq salomatligi uchun va ta’lim-tarbiya nuqtai nazaridan
asrash; tabiat qo‘ynida dam olishni tashkil etish va unga salomatlikni tiklash
manbai sifatida qarash; tabiatni muxofaza etish borasidagi va ma’rifiy ishlarni
yo‘lga qo‘yish.
Olim maxsus qo‘riqlanadigan ‘udularni tashkil etish masalalariga juda ko‘p
e’tibor berdi. U 1928 yilda AQSH ning milliy parki ishlari bilan tanishib,



Turkiston ‘ududlarida tashkil etiladigan milliy park maydoni juda keng, tabiatga


boy va manzarali, xilvat go‘shali, odamlarining dam olishi, xordiq chiqarishi uchun
qulay bo‘lishi lozim deb ‘isoblaydi.
Uning fikriga ko‘ra, birinchisi-yopiq turdagi, ya’ni ilmiy xodimlardan
boshqalar kiritilmaydigan qo‘riqxona, ikkinchisi-kompetent kishilar ra’barligida
ijtimoiy va pedogogik yo‘nalishda o‘rganiladigan tabiat go‘shasi, uchinchisi-keng
a’oli yoki omma uchun ochiq bo‘lgan dam olish parklari bo‘lishi zarur.
1933 yilda O‘zbekiston fan Qo‘mitasi ‘uzurida tabiatni muxofaza qilish
bo‘yicha Davlat Qo‘mitasi tashkil etilib, uning tarkibiga 6 kishi, xususan,
D.N.Kashkarov xam kiradi. Tabiatni muxofaza etish qo‘mitasi asosan
qo‘riqxonalarni loyixalash va tashkil etish, ularning ilmiy ishiga ra’barlik qilish,
tabiatni muxofaza etish g‘oyasini ommalashtirish ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Maxalliy ‘ududlar, o‘simlik va xayvonot olami, daryo va ko‘llarni o‘rganadi.
60 yillarga kelib, O‘zbekistonda ekologik vaziyat yomon tomonga keskin
o‘zgara boshlaydi. Bunga sabab paxtachilikni jadal surxatlar bilan rivojlantirishga
intilish va qishloq xo‘jaligini xaddan ortiq kimyolashtirishdir. Bunday vaziyat
o‘zbekistonda ayrim tabiat ob’ektlari yoki ilmiy, madaniy, sog‘lomlashtirish
axamiyatiga ega bo‘lgan ‘ududlarni muxofaza etish bo‘yicha tadbirlar ishlab
chiqishni talab etdi.
1968 yil 30 iyulda O‘zbekiston Vazirlar Kengashining "O‘rmonlarni
yong‘indan saqlash xamda ularni zararli xasharotlar va kasalliklardan ‘imoya
qilish" xaqida 349-sonli farmoni e’lon qilinadi.
"CHatqol", "Orol-payg‘ambar", "Zomin", "Boday-Tug‘ay", "Qorako‘l" kabi
qo‘riqxonalar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Vazirlar Kengashining foydali qozilmalar konini topish,
geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishda erning ‘osildor qatlamlarini asrash, ulardan
oqilona foydalanish, er kadastri, o‘rmonlarni ‘imoya qilinishi mezonlari bo‘yicha
guru’larga ajratish, xayvonlar ‘isob-kitobini olish, xayvonot olamining davlat
kadastiri, foydali qazilmalarni olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ob’ektlarni



joylashtirish uchun er ostidan foydalanish, dorivor o‘simliklar tayyorlash va


boshqalar xaqida qator farmonlari e’lon qilindi.
Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, Ekologiya va
tabiatni muxofaza etish masalalariga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Ekologiya va
tabiatni muxofaza etish borasida o‘nlab qonunlar xamda farmoyishlar e’lon qilindi,
ularning ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi "Tabiatni
muxofaza etish xaqida" gi, 1993 yil 6 maydagi "Suv va suvdan foydalanish
xaqida"gi, 1994 yil 22 sentyabrda "Er osti boyliklari xaqida"gi 1996 yilda 27
dekabrdagi "Atmosfera havosini muxofaza etish xaqida"gi, 1997 yil 26 dekabrdagi
"Xayvonot dunyosini muxofaza etish va undan oqilona foydalanish xaqidagi",
1997 yil 26 dekabrdagi "O‘simlik dunyosini muxofaza etish va undan oqilona
foydalanish xaqida"gi, 1997 yil 26 dekabrdagi "O‘simlik dunyosini muxofaza etish
xaqida"gi va boshqa qonunlar xamda bu borada e’lon qilingan qator farmonlar
shular jumlasidandir.

Yüklə 51,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin