ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 684 www.ares.uz belgilangan. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ta‟limning inklyuziv shaklini ham
birdek rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Inklyuziv termini inglizcha-uyg„unlashish, hamkorlikdagi ta'lim ma‟nosini berib,
butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta'lim
sifatida tan olingan. Inklyuziv ta‟lim – barcha o`quvchilar uchun maxsus ta‟lim
ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta‟lim
muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta‟minlashdir.
Ayni damda barcha mamlakatlarda ham inklyuziv ta‟limni tan olish faqatgina qonun
chiqarish bilangina bog‟liq bo‟lmaydi. Diskriminatsiya (odamlarni ajratish) va
ijtimoiy noto‟g‟ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya‟ni inklyuziv
ta‟limni e‟tirof etgan holda, aholi o‟rtasida targ‟ibat-tashviqot ishlarini olib borish
eng birinchi galdagi masaladir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 1990-yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta‟lim muassasalari
tizimida o‟qitish borasida bir qancha jahon miqyosida deklaratsiya va qarorlar qabul
qilindi. Ularni jahonning ko‟plab davlatlari e‟tirof etdilar. 2006-yilda BMTning
“Nogironlar huquqlari to`g`risida”gi Konvensiyasi(UNCPRD) qabul qilindi. 2009-yil
27-fevralda bu hujjat mamlaktimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ushbu
Konvensiyaning 24-moddasida: “Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning ta‟lim
olish huquqini e‟tirof etadilar. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqni
kamsitmasdan va imkoniyatlar tengligi asosida amalga oshirish maqsadlarida barcha
drajalarda inklyuziv ta‟limni va butun umri davomida o`qitilishlarini ta‟minlaydi”,
deb belgilangan.[3]
O‟zbekiston Respublikasida nogiron bolalar bilan bog‟liq tahlil va dastlabki baholash
ishlari 1966-yilda boshlangan. 1996 yilning noyabr oyida YUNESKO ishlari
bo‟yicha O‟zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus
ta‟lim sohasida inklyuziv usullar» movzusida milliy o‟quv dastur muvaffaqiyatli
amalga oshirilgan. 1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu
bo‟yicha mintaqaviy anjuman tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO,
YuNISEF (BMTning bolalar jamg‟armasi), Butunjahon sog‟liqni saqlash tashkiloti
va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar
natijasida 2001-yilda O‟zbekiston Xalq ta‟limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta‟lim
bo‟yicha manba markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan
bir necha o‟quv seminarlari o‟tkazildi.