ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 685 www.ares.uz
MUHOKAMA
“O„zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta‟lim” loyihasi 2014-
yildan buyon hozirga qadar amalga oshirilib, uning doirasida alohida ehtiyojli 900 dan
ortiq o„g„il-qiz maktablar, maktabgacha ta‟lim maskanlarida umumiy ta‟limga jalb
etildi. Tibbiy, psixologik va pedagogik komissiya a‟zolari
hamda pedagog xodimlar
ta‟lim sohasida inklyuziv xizmat ko„rsatish bo„yicha o„qitildi. Yurtimizning turli
hududlarida beshta pilot resurs markazlari tashkil etilib,
ularda alohida ehtiyojli
bolalar, ularning ota-onalari, ekspertlar uchun o„quv-uslubiy, huquqiy, maslahat
ko„magi ko„rsatildi. “Inklyuziv ta‟lim asoslari”, “Alohida ehtiyoji bo„lgan
bolalar
umumiy ta‟limda”, “Inklyuziv maktabni tashkil etish” nomli o„quv modullarining
yaratilgani, bu yo„nalishda ta‟lim jarayonini yanada takomillashtirish,
pedagog
xodimlarning kasb mahoratini oshirish imkonini berdi. Jismoniy imkoniyati
cheklanganligi oqibatida inklyuziv ta‟limga htiyoji bo`lgan bolalarni qo`llab-
quvvatlash, ularning ijtimoiylashuvi uchun zarur shart-sharoitlar va mexanizmlarni
ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish mamlakatning o`z
fuqarolari oldidagi
ma‟naviy funksiyasi hisoblanadi.
NATIJALAR
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi “Alohida
ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-4860-sonli qarori asosida 2020-
2025-yillarda Xalq ta‟limi tizimida inklyuziv ta‟limni rivojlantirish Konsepsiyasi
tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni
bajarish orqali quyidagi
natijalar kutilmoqda:
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi,
jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta‟limning strategik
omil sifatidagi roli
tasdiqlanadi;
alohida ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning ta‟limiy muhiti yaxlitligi
mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar
ta‟minlanadi;
davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta‟lim
sohasidagi manfaatlarini
muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
inklyuziv ta‟lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta‟lim sifati,
shuningdek o„quvchilarning
rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi
va variativligiga erishiladi;