О‘zbekistonda ta’lim tizimi



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə3/9
tarix02.09.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#141279
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ўзбекистон таълим тизими

Ta’lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy prinsiplari
Ta’lim О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy о‘rta, shuningdek о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
о‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yо‘nalishini: akademik litsey yoki kasb-hunar kollejda о‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’limi standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bо‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
О‘zbekistonda ta’lim ¤zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustvor sohasi deb e’lon qilingan. Haqiqatan ham davlatning rivojlanishida ta’lim sohasi ustuvordir. Chunki О‘zbekistonning jahon hamjiyatida о‘z obrо‘li о‘rnini egallash vazifasini faqat ta’lim sohasi hal etadi. Xalq xо‘jaligining qaysi yо‘nalishida faoliyat kо‘rsatuvchi kadr ta’lim olmog‘i shart. Shuning uchun u kim, qayerda, qanday sohada ishlashidan qat’iy nazar ta’lim olish orqaligina shunday mutaxassislikni egallashi mumkin. Shuning uchun hukumatimiz ta’lim tizimiga milliy daromadning 10% ni sarflamoqda. Bu haqda bobomiz M. Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bо‘lur”, - deb aytgan sо‘zlari bag‘oyat qimmatli. Ta’limning inson, jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati haqida Imom Al-Buxoriy “Dunyoda ilmdan boshqa najot yо‘q va bо‘lmag‘ay”, - deb bejiz ta’kidlamagan.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining har bir prinsipi barkamol insonni shakllantirishda ta’lim xodimlari, muassasalar oldiga oshirilgan talablar quyiladi, oqibatda malakali kadrlar tayyorlash maqsadi uchun xizmat qiladi. Ularning har birini qisqacha tahlil qilib о‘rganamiz.
Birinchi prinsipda ta’lm-tarbiyada insonparvarlik ya’ni u odamning manfaati uchun tashkil qilinadi, uning huquqlarini demokratik qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirilish nazarda tutiladi.
Ikkinchi prinsipda barcha ta’lim turlarining uzluksizligi va izchil olib borilishi nazarda tutilgan. Ta’limda maqsad asosida о‘zi tanlagan sohani u yoki bu darajaga erishishda bu prinsipga amal qilib erishish mumkinligi nazard tutilgan.
Uchinchi prinsipda har bir fuqaroning umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishda majburiyligi qonun bilan asoslangan va uni bajarishi ta’minlangan.
Tо‘rtinchi prinsipda yuqoridagi ta’limda ta’lim olishni tanlashning ixtiyoriyligi belgilangan. Hech kim birovning qistovi bilan emas, balki о‘z ixtiyori bilan tanlash huquqi kafolatlangan.
Beshinchi prinsipda ta’lim tizimining dunyoviy bilimlarni о‘qitish, о‘rgatish g‘oyasi ilgari surilgan. Faqat inson manfaati uchun kerakli dunyoviy bilimlar о‘quvchilarg о‘qitilishi asoslangan.
Oltinchi prinsipda о‘rgatiladigan ta’lim davlat standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi huquqiy kafolatlangan. Fuqarolarga foydasi tegmaydigan bilimlar о‘qitish cheklangan.
Yettinchi prinsipda о‘quvchilarga ta’lim berishda dasturlarni tanlashga yagona yondashuv nazarda tutilgan. Masalan, umumiy о‘rta ta’lim yoki oliy ta’lim dasturlari bir yagona maqsadni nazarda tutadi, ya’ni о‘qish vaqti, mazmuni, soatlari, yagona tarzda belgilangan. Yana mazkur ta’limni amalga oshirishda tabaqalashtirilgan yondashuv deyilganda ba’zan о‘quvchilarning xohishlari hisobga olinib kuchaytirib о‘qitiladigan muassasalar faoliyati asoslanib shunday imkoniyat yaratish nazarda tutilgan. Yuqoridagi har ikki talab О‘zbekistonning barcha shu tipdagi muassasalarida yagona tartibda amalga oshirishi ta’minlanadi.
Sakkizinchi prinsipda ta’lim olishda qatnashuvchi о‘quvchilarning bilimli bо‘lishi va iste’dodini taraqqiy ettirishi, rag‘batlantirishi nazarda tutilgan. Masalan, a’lo bahoga о‘qiydigan о‘quvchilar, talabalar xukumat tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishi amalga oshirilishi belgilab berilgan. Stipendiya, yо‘llanmalar va boshqa mukofot shakllari asoslab kо‘rsatilgan. Uni bajarishi davlat siyosatligi belgilangan.
Tо‘qqizinchi prinsipda tizimini boshqaruvining davlat va jamoat tajribasi uyg‘un uzviy bog‘liq holda joriy etilishi nazarda tutilgan. Bu prinsip о‘z navbatida davlatni demokratik tamoyillar asosida huquqiy boshqarishga fuqarolarni tayyorlashni nazarda tutadi.
Umuman, ta’lim sohasidagi barcha prinsiplar inson, jamiyat, umumbashariy manfaatlarini birlashtirib, barkamol malakali mutaxassilarni tayyorlashni nazarda tutgan. Bunday kadrlar О‘zbekistonning bundan keyingi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishni ta’minlashga yо‘naltirilgan deb xulosalash mumkin.



Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin