О‘zbekistonda ta’lim tizimi



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə1/9
tarix02.09.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#141279
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ўзбекистон таълим тизими


О‘zbekistonda ta’lim tizimi

R ye j a:




  1. Xalq ta’lim tizimi haqida tushuncha.

  2. О‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixi haqida ma’lumot.

  3. Ta’lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni.

  4. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari.

  5. Maktabgacha va umumiy о‘rta ta’lim.

  6. О‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim mazmuni.

  7. Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim va kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

  8. Maktabdan tashqari ta’lim.


Xalq ta’limi tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir kо‘rsatuvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. Xalq ta’limi tizimi respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishining ustivor sohasi hisoblanadi. U О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risidagi qonunga muvofiq tashkil etildi va nazorat qilinadi. Konstutsiyaning 18, 41-moddalarida ta’kidlanganidek jumhuriyatimizda yashovchi barcha fuqorolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga ega.
Sharq xalqlari, xususan о‘zbek xalqi qadimdan ilmga, ma’rifatga chanqoq ekanligi ma’lum. Buni о‘zbek xalqining tarixi bilan qiziqqan tarixshunoslarning esdaliklari, ilmiy mulohazalarida ham yaqqol kо‘rish mumkin. Jumladan: “Xitoy ta’rifchisi (Syuan, Szyan, 630 yil) ning ma’lumotiga kо‘ra о‘sha zamonda О‘rta Osiyoda bola besh tо‘lgach, uni о‘qish, yozishga va hisobga о‘rgatganlar. Eronda savodlilar kamdan-kam bо‘lgani holda, О‘rta Osiyoda hamma yoshlarni savodga о‘rgatish odat bо‘lgan” (40 bet. О‘zbekiston xalq pedagogikasi. 1973 yil).
Umumiy ta’lim maktablari, о‘rta va oliy ta’limda о‘quvchilarga davlat tomonidan g‘amxо‘rlik kо‘rsatiladi.
Yuqorida asoslangan barcha huquqlar yoshlardan Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir sо‘z bilan aytganda, о‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida о‘ziga munosib, obrо‘li о‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”, -fikri asosida faoliyatlarini tashkil etmoqliklarini talab etadi. О‘zbekiston respublikasi ta’lim tizimi ana shu g‘oyani amalga tadbiq etishga qaratmog‘i darkor.
Taniqli Venetsiyalik sayyoh Marko Polo uzoq vaqt hozirgi О‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va qо‘shni viloyatlar hududida yashagan xalqlarning an’analarini, urf-odatlarini о‘rganadi. U о‘z esdaliklarida yosh avlodni hayotga tayyorlashda kо‘p asrlar davomida qо‘llanilgan usul va vositalarga tayangan holda “Nur Sharqdan taraladi” degan edi. Qadimgi Ovrо‘pada keng tarqalgan mazkur xikmatda Sharq xalqlarining insoniyat madaniyat poydevorini yaratishdagi ulkan hissasi g‘arb xalqlari tomonidan tan olingani ifodasidir.
Ota-bobolarimizning О‘tmishni unutganning kelajagi bо‘lmaydi” degan hikmatli gapi bor. Biz tariximizni qanchalik chuqur о‘rgansak, madaniy merosimizga, qadriyat va an’analarimizga qaratsak, kelajak avlodga shunchalik tо‘g‘ri ta’lim bergan bо‘lamiz. Sharqda, xususan О‘zbekistonda ta’lim-tarbiyaga juda katta e’tibor berilgan edi. Bolalarni kichik yoshidan ilmga qiziqtirish, axloqan pok, vijdonli, mehr-shafqatli qilib voyaga yetkazish, el-yurtga nafi tegadigan farzand qilib о‘stirish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy e’tibor qilishgan.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, Markaziy Osiyo hududidagi madrasa va masjidlarda, eski usuldagi maktablarda diniy ta’lim-tarbiya, yetakchi о‘rinni egallagan. Bu bejiz emas albatta. Inson, ayniqsa, yosh bola yuksak axloq va odob mezonini bilmay va uni puxta egallamay turib, boshqa ilmlarni egallashi qiyin. Bu asrlar davomida ota-bobolarimiz tomonidan qancha-qancha tajribalar asosida sinalgan haqiqatdir. Shu о‘rinda eski о‘quv yurtlarida tillar о‘rganishga bо‘lgan e’tiborni misol qilib kо‘rsatish mumkin. Al-Xorazmiy, Al-Zamaxshariy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, A.Navoiy, Muhammad Solih, Ogohiy kabi ulug‘ zotlar arab, fors va boshqa tillarni qunt bilan о‘rganishgan va о‘sha tillarda erkin ijod qilishgan.
Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi ikki bosqichdan iborat bо‘lgani kо‘pgina manbalarda qayd etilgan. Chunonchi: ibtidoiy va о‘rta asrlar davri madrasalar ta’limi. Shu о‘rinda о‘z ustida tinmay ishlagan iqtidorli peshqadam mullavachchalar tengdoshlaridan о‘zib ketib, ilm chо‘qqilarini egallaganini va yuqori darajaga erishganliklarini ta’kidlash lozim.
О‘tmishda maktabga qabul qilinadigan о‘quvchilarning yoshi aniq belgilanmas, ba’zi ota-onalar farzandlarini 5 yoshda, ayrimlari esa 6-8 yoshda, shaharlarda о‘g‘il bolalar 15-17 yoshgacha, qishloq joylarda esa 13-15 yoshgacha о‘qitilardi.
О‘quv dasturlari va dars jadvali muntazam bо‘lmasdan, о‘quvchilar sinflarga ajratilmas, edi. О‘quvchilar о‘qitilayotgan fanning xarakteri va sohasiga qarab guruhlanadi. Masalan: “taxtaxonlar” domla tomonidan taxtachaga yozilgan harflarni yozishni о‘rganar edi va hokazo.
VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoni arablar fath etgach, islom dini asosidagi sifat jihatidan yangi tizimga ega bо‘lgan ta’lim-tarbiya muassasalari vujudga keldi. Arab bо‘lmagan bolalarga islom dini asoslarini о‘rganish maqsadida Markaziy Osiyo maktablarida Haftiyak”, “Chor kitob” kabi darsliklar keng tarqaldi. XII asrdan boshlab islom dinini turkiy tillarda yozilgan asarlarda ham ommalashtirish boshlandi. Masalan, A.Yassaviyning “Xikmat” asari.
Maktab, madrasa, masjidlar faqat ibodatxona emas, tarbiya о‘chog‘i vazifasini bajargan. U davrda savod chiqarish harf va sо‘zlarni yozishni о‘rganishdan boshlanar edi. Maktab sо‘zi arabcha “yozuv о‘rgatadigan fan” deb nomlanishi ham ana shundandir.
Maktablarda bolalarga yozish va hisoblash о‘rgatilgan, yana о‘smirlarga savdo san’ati, arab tili, mantiq, nomaqlik, husni xat va arifmetikadan savod berilgan. Har bir maktabda talabalar soni 30-40 tadan oshmagan, bundan tashqari masjid qoshidagi maktablarda ham 15-20 talaba о‘qigan.
Maktab, madrasalar bilan birga qorixonalar ham mavjud bо‘lib, ularda yozuv о‘rgatilmagan. “Qur’on” ni yod olishgan xolos.
“Madrasa” sо‘zi - arabcha “dars о‘qitiladigan joy”, “ma’ruza tinglanadigan joy” ma’nosini bildiradi. “Mudarris” - dars beruvchi о‘qituvchidir.
Madrasalar 15-20, 30-40 va xatto 100-150 talabani о‘qitgan bо‘lib, diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham berilgan. Qobiliyati, qiziqishi bо‘lmagan bolalar shogirdlikka tushish, dehqonchilik bilan shug‘ullanishini maslahat bergan.
1917 yilgacha har bir musulmon farzandini savodli qilishni savod deb bilgan.
Arxiv ma’lumotlariga qaraganda, 1885 yilda qо‘qon xonligida (о‘sha davrda taxminan 1 millionga yaqin aholi yashagan) madrasa, maktab, qorixonalar va ularda о‘qiydiganlar talabalar, shuningdek masjidlar soni quyidagicha bо‘lgan.



Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin