O‘zbekistonga Xalqaro bug‘alteriya kirib kelishi 2020 yil kirib kelishi hamono bir qator sub’ektlar uchun o‘rnatilgan mahsus soliq yo‘sinlari rasmiy tarzda bekor qilinganidan xabaringiz bormi?
1. Endi bozorlar 20 % foyda solig‘i + QQS (НДС), huquqiy shahslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, hamda yer solig‘i to‘laydilar. O‘zgarish, 2019 yilda pul aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan oshgan, bozorlarga tegishlidir. Avval bundaylar uchun, o‘lchami yalpi daromadning 50 % miqdoridan iborat bo‘lgan, 1 umumiy soliq amal qilardi.
2. Konsertlar va gastrollar uyushtirishga ihtisoslashgan, kompaniyalar esa pul aylanmasidan soliq to‘laydilar. Shu o‘rinda, mazkur faoliyat xili uchun davlat boji summasi 4 barobar kamaytiriladi.
3. Qishloq xo‘jaligi korxonalari endi pul aylanmasidan soliq yoki umumtayinlangan soliqlarni to‘laydilar. Bunday korxonalar uchun foyda solig‘i stavkasi 0 % dan iborat. Bundan tashqari, yer va korxona mol-mulkiga solinadigan soliqlar bo‘yicha yangi imtiyozlar kuchga kirdi.
MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI BO‘YICHA O‘QITISH VA BUXGALTERLARNI XALQARO SERTIFIKATLASH DOIRASIDA IMTIHONLARNI TOPSHIRISH XARAJATLARI QOPLAB BERILADIGAN BUXGALTERIYA HISOBI SOHASIDAGI XALQARO TASHKILOTLAR VA XALQARO BUXGALTER SERTIFIKATLARI RO‘YXATINI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 21-sentabrdagi 54-son buyrug‘iga
ILOVA
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari
RO‘YXATI
T/r
Buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar nomi
Xalqaro sertifikatlar doirasidagi buxgalteriyahisobiga tegishli fan yokikurslari nomi
1.
Association of Chartered Certified Accountants (ACCA)
Association of Chartered Certified Accountants (ACCA)
Moliyaviy hisobot “Financial Reporting (FR)”;
Xalqaro moliyaviy hisobot diplomi “Diploma of International Financial Reporting (DipIFR)”;
Audit va ishonch bildirish xizmatlari “Audit and Assurance (AA)”.
2.
Certified Institute of Management Accountants (CIMA)
Certified Institute of Management Accountants (CIMA)
Moliyaviy hisobot va soliq solish “Financial Reporting and Taxation (F1)”.
3.
Institute of Chartered Accountants in England and Wales (ICAEW)
Associated Chartered Accountant (ACA)
Audit va ishonch bildirish xizmatlari “Audit and Assurance”;
Moliyaviy hisob va moliyaviy hisobot “Financial Accounting and Reporting”.