O’zbekistonning eng yangi tarixi “ fanidan 2-mustaqil ish guruh: 2308-fransuz Bajardi : Rajabova Nozima Mavzu: Amir-Temur buyuk davlat arbobi. Reja


ERON, HINDISTON VA KICHIK OSIYOGA YURISHLAR



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü44,23 Kb.
#211382
1   2   3
Rajabova Nozima 2- MUSTAQIL ISH

ERON, HINDISTON VA KICHIK OSIYOGA YURISHLAR
 Amir Temur Xuroson va Eronga harbiy yurishlar uyushtirganda bu hududlarda bir necha mustaqil davlatlar bo’lib, ular o’rtasida muttasil urushlar bo’lib turardi. Xulagu davlati (1256—1336) qulaganidan so’ng uning o’rnida Ozarbayjonda Jaloyirlar davlati (1336—1411), Sabzavorda Sarbadorlar davlati (1337—1381), Hirotda Qurtlar davlati (1337 —1381) tashkil topgan.Amir Temur 1380 yilda o’g’li Mironshoh Mirzoni bir necha lashkarboshilar bilan Xurosonni zabt etish uchun yuboradi.Qurt­lar hokimi G’iyosiddin Pirali boshchiligida Hirot shahri aholisi Temur askarlariga qattiq qarshilik ko’rsatadilar.Shahar 1381 yilda taslim bo’ladi.
Amir Temur Eronga qarshi 1386 yildan boshlab 1388 yilgacha «uch yillik», 1392 yildan boshlab 1396 yilga qadar «besh yillik» va 1399 yildan boshlab to 1404yilgaga qadar «yetti yillik» urushlar olib boradi. Eronning Qobushon, Tuyo, Nishopur, Sabzavor kabi shaharlari Temurga jangsiz taslim bo’ladi, chunki shahar hokimlari o’z shaharlarining harobazorga aylanishini istamaydilar.
1383 yilda Sohibqiron lahkarlari Seistonni va Balujistonni egallab, Eronning janubiy va shimoli-g’arbiy hududlari tomon siljib boradi. 1387 yilda fors viloya-tining hukmdori Shohshujo ixtiyoriy suratda Temurga taslim bo’ladi.Hatto u qizining Jahongir Mirzoning o’g’li Pirmuhammadga xotinlikka berib, ikki o’rtadagi sulhni nikoh bazmi bilan mustahkamlaydi.
Ammo Isfaxonda vaziyat og’ir kechadi. Dastlab Temur­ga taslim bo’lgan shahar aholisi so’ng boj to’lashdan bosh tortib bir kechada Sohibqiron askarlaridan 3 ming kishini qirib tashlaydi, Bu voqеadan xabar topgan Temur Isfa­xonda qurol ko’targan barcha kishilarni qirg’in qilishga buyruq beradi.

1382—1397 yillardagi bir necha yurishlardan so’ng Temur Ozarbayjon Armaniston, Astrobod va Mozandaronni qo’lga kiritadi. 1402 yilga qadar Gurjistonga besh marta yurish qilib uni egallaydi. Xullas, Amir Tеmur G’arbda Kichik Osiyogacha, Janubda Arabiston yarim oroligacha bo’lgan hududlarni egallaydi.
1398 yilning may oyida Amir Tеmur 92 ming kishilik (ba’zi manbalarda 90 ming) qo’shin bilan Hindistonga yurish boshlaydi. Bu urushni u Muhammad payg’ambar etiqodini yoyish, payg’ambar nomini ko’klarga ko’tarish, butparast va kofirlarni islom diniga kiritish, bu yerdagi feodal tarqoqlik va o`zaro urushlarga barham byerish bayrog’i ostida olib boradi.
Amir Temur Qashqadaryo vohasidan chiqib, Termiz orqali yurib, avgustda Qobulni egallaydi. U yerdan Hindiston chеgaralari tomon kirib borib Tulumbi, Mo’lton, Dibalpur, Sarasti, Fathobod, Somona, Asandiy, To’qloqnur, Panipat va boshqa shahar va qal’alarni birin-ketin egallab, dekabr oyida Xind daryosidan o’tib Dexliga yetib boradi. Dexli sultoni Fyeruzshoh vafotidan so’ng bu yerda o`zaro kurashlar avjiga chiqqan edi. Xususan, butparast, otashparast kofirlarning musulmon mazhabidagi aholini chiqishtirmay qo’yganliklari Sohibqironning g’azabini qo’zg’aydi. Dеhli hokimi sulton Mahmud (1393—1413) Amir Temur lashkarlariga qarshi o’z sarkardasi Malluxon boshchiligida 10020 yaxshi qurollangan otliq askar, 40 ming piyoda jangchi va 120 zanjirband fillarni qo’yadi. Kamon otuvchilar joylashtirilgan bu fillarning ustiga o’q nayza va qilich zarbidan himoya qiluvchi yopqich yopib, qoziq tishlarning uchiga zahar surtilgan katta pichoqlar bog’lab qo’yilgan edi. Fillar yonida cho’g’ to’ldirilgan xumcha, yona-yotgan mum yoki neft otuvchi naftandozlar, yerga tushib ko’plab marotaba zarb bera oladigan temir poynakli bamisoli raketa quroli singari dahshatli vositalar bor edi. Amir Temur kutilmagan jangovar bahaybat fillar muammosini xal qilish uchun unga qarshi oqilona tadbirlar qo’llaydi. Arabshoh bergan ma’lumotlarga qaraganda, fillarga qarshi ishlatish uchun chetlari qayrilgan va uchi o’tkir uchburchakli «temir tikonlar»dan minglab tayyorlanib, fillar kirib kеladigan jang maydonlarini «minalashtirib» chiqqanlar. Bu fillar va ularning egalariga kulfatu ofatlar keltiradi. Bundan tashqari Amir Temur topshirig’i bilan Sulton Mahmud Dexlaviyning fil va askarlariga qarshi tuyalardan foydalanilgan. Tuyalarning boshiga va ikki yon tomoniga xashak hamda tikan bog’lab, ularni yoqib dushman tomon haydaganlar. Bu fillarnigina emas, hatto askarlarni ham qo’rquv va daxshatga solgan. Temur yana o’z askarlariga o’q va nayzalarni fillarning badanlariga qarab otmay, ularning hartumlarini qilich bilan kesib tashlashni buyuradi. Natijada olov dahshatining yopirilib kelayotganligi va Temur askarlarining bergan zarbalari oqibatida o’z hartumidan judo bo’lgan jangovar fillar tartibsiz suratda orqaga tumtaraqay qochib, Sulton Mahmud askarlarini pala-partish yanchib, to’zitib yuboradi, Bundan foy-dalangan Amir Temur Sulton Mahmud qo’shinini zarb bilan yanchib tashlaydi. Dehli hokimi shaharning qarama-qarshi darvozasi orqali qochib qolishdan boshqa chorani topa olmaydi. Boy va badavlat Dehli shahri Sohibqironga jangsiz taslim bo’ladi. Amir Temur Dexlidan keyin deyarli katta qarshilikka uchramaydi. U Hindistonda juda ko’p qullar va boyliklarni qo’lga kiritadi va ularni 1399 yil mart oyida o’z poytaxti Samarqandga olib keladi. Bular orasida ko’zni qamashtiruvchi juda katta, olovdek yonib turgan qip-qizil javoxir — «Chirog’i olam» alohida qimmatga ega edi. Yoqutning yuziga buyuk Amirning nomi o’yib yoziladi va Samarqanddagi yigirma besh ming noyob javohirlar qatoridan joy oladi.
Temur Samarqandga qaytib kelgach g’arbga tomon bo’ladigan yurishlarga puxta tayyorgarlik ko’ra boshlaydi.Yozma manbalarda, uzoq safarga otlanish oldidan Amir Temurning o’z askarlariga yetti yillik maoshni tarqatganlini qayd etiladi.Bu urush asosan Turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi qaratilgan edi. Ikki buyuk turk hokimi o’rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilik brogan sayin kuchayib boradi. Amir Tеmur Boyazid (1389—1403) bilan xal qiluvchi jangga shoshilmaydi, iloji boricha bu urushning oldini olishga, uni tinch, siyosiy vositalar bilan xal qilishga urinadi.Chunki o’zini Islom ximoyachisi xisoblagan buyuk Sohibqiron Boyazidning xristianlar bilan jang qilayotganligini yaxshi bilar edi. Ammo Temurning bu intilishlarini o’ziga xaddan tashqari bino qo’ygan va o’z qudratini yuqori baholagan Sulton Boyazid nazar-pisand qilmaydi, Sohibqironni kamsitib xakoratlaydi va ikki o’rtada boshlangan urushga asosiy sabab bo’ladi.
Amir Temurning G’arbga tomon yurishi 1399 yilda boshlanib, 1404 yilgacha davom etgan.Bu tarixga «Yetti yillik urush» nomi bilan kirgan.U yo’l-yo’lakay gurjilar isyonini bostirib, qish mavsumini Qorabog’da o’tkazadi. 1400 yil avgustda Temur Boyazidni qo’rqitib qo’yish yoki uni urush e’lon qilishga majbur etish maqsadida turk sultoni o’ziniki hisoblagan Kichik Osiyoning hosildor yerlarida joylashgan ikkita muhim qal’a — Sivos va Milatiyani bosib oladi. Bu qal’alar keyinchalik Amir Temurning Kichik Osiyodagi bo’lajak harakatlari uchun tayanch bo’lib xizmat qiladi.
Sohibqiron endi o’z nigohini Shom (Suriya) yurtiga qaratadi.Chunki bu mamlakat Boyazid bilan yaqin aloqada bo’lgan Misr sultoni Farajga qarar edi.Mabodo Sohibqiron Boyazidga qarshi urush boshlagan taqdirda Faraj unga yordamga kelishi mumkin edi-da. Amir Temur Misr sultonini tor-mor keltirib uni qochishga majbur qiladi va Damashqni egallab oladi, so’ng Mo’sulga o’tadi. Bag’dod urushsiz Sohibqiron hokimiyatini tan olgan bo’lsa-da, shahar aholisi g’alayonlarini bahona qilib, Temur 1401yilida u yerga bostirib boradi va ikki oylik qamaldan so’ng shahar istexkomlari – va qo’rg’onini egalaydi. Chunki Temur Boyazid bilan urush bo’lgan taqdirda turk sultonining qo’li baland kelsa, Bag’dod uning ittifoqchisiga aylanishi mumkinligini yaxshi bilardi. Amir Temur 1402 yilda u yerdan o’tib gurjilarning isyonini yana bir marta bostiradi.
Usmonli turklar saltanatining sultoni Boyazid Yildirim esa o’zining g’arbda erishgan muvaffaqiyatlariga haddan tashqari baho berib, maishat va kayfu safoga mukkasidan ketgan edi. Bu barcha musulmonlarning undan nafratlanishi va yuz o’girishiga sabab bo’ladi. Buning ustiga Boyazid ikki muqaddas shahar — Makka va Madinaga ziyorat uchun borayotgan karvonlarni talash bilangina cheklanib qolmasdan, hatto Amir Temurga qarshi isyonlarga ham boshchilik qilgan oqquyunlu va qoraquyunlu qabilalarining boshliklarini o’z himoyasiga olgan edi. Ularni topshirish to’g’risidagi Temur nomalarini Boyazid hatto eshitishni ham istamaydi.Chunki u o’zini yengilmas ulug’ Sulton deb biladi.
Ammo Sul­ton Boyazid ham, Amir Temur ham G’arbga qarshi birlashib harakat qilish uchun umumiy til topa olmaydilar, ular o`zaro urushda bir-birlarini holdan toydirib, umumturkiy xalqlarning qudratini zaiflashtirajaklarini anglab yetmaydilar. Yevropa hukmdorlari esa moxirlik bilan ikki turk jaxongirni bir-biriga qayrar edilar. Vizan­tiya impyeratori Manuil III va Frantsiya qiroli Karl VI o’z elchilarini, Rim papasi esa o’z monaxlarini shoshilinch suratda Amir Temur huzuriga yuborib, unga o’zlarining xayrixoxliklarini izxor qiladilar. Genuya va Venetsiyadan kelgan elchilar esa o’z hukmdorlarining Bosfor bug’oziga kеmalar chiqazib Sulton Boyazidning dengizdagi yo’lini to’sishga shay turganligini bildirishadi. Kastiliya qiro­li Genrix III bo’lsa o’z elchilari Payo de Soto Mayor va Ernan Sanches de Palasuelosga shoshilmaslikni, ikki turk sultoni qo’shinlari haqida ma’lumot to’plash va urushning borishini obdan kuzatishni topshirgan edi.
Amir Temur 1402 yilning aprel oyida Quriya daryosini kechib o’tib, birin-ketin Tartum, Kemox va qaysmriya kabi qal’a-shaharlarni egallab Turkiya bilan Suriya va Bog’dod aloqalari yo’lini kеsib qo’yadi. U bu yerdan Anqara qal’asi tomon harakat qiladi va to’rt kunda 120 chaqirim yo’lni bosib o’tib Kir shahriga kirib keladi. Bu yerda Sohibqiron g’azabga to’lgan Boyazid o’z qo’shinlari bilan yetib kelayotganligidan xabar topadi. Boyazid to’g’risida batafsilroq va to’laroq ma’lumotlar to’plash maqsadida Temur o’zining 1000 chavandozini uning yo’nalishi tomon jo’natadi. Sohibqironning o’zi asosiy lashkarlari bilan uch kun mobaynida 150 chaqirim yo’lni bosib o’tib Anqaraga keladi. Temurning asosiy maqsadi Boyazidni Turkiya poytaxti Bursadan o’zib qo’yish va jangni o’zi uchun qulay bo’lgan vaziyatga yo’naltirishdan iborat edi.
Amir Temur bilan Sulton Boyazid o’rtasida tarixda «Anqara jangi» nomi bilan mashhur jang 1402 yil 20 iyulda boshlanadi. Anqara jangida Tеmurning buyuk sarkardalik mahorati ayniqsa yaqqol ko’rinadi. 200 ming kishilik Tеmur qo’shinining ung qanotiga o’g’li Mironshoh, chap qanotiga nabiralari Sulton Husayn va Halil Sultonlar, kenja o’g’li Shohruh qo’mondonlik qiladi. Qo’shin markazini Temurning sevimli nabirasi Muhammad Sulton boshqaradi. Markaz va qanotlar ortida Temurning o’zi va ikki nabirasi Pirmuhammad va Iskandarlar — zaxiradagi kuchlar hal qiluvchi zarbaga tayyor edilar. Boyazid, qo’shinlariga Sultonning qaynisi Syerb knyazi Lazarevich va o’g’illari boshchilik qiladi. Anqara jangi Sohibqironning yorqin g’alabasi bilan yakunlanadi. Bu yerda Amir Temurning nafaqat buyuk harbiy sarkarda va lashkar-boshiligi, ayni zamonda mohir va usta davlat arboblariga xos diplomatligi ham o’z kuchini ko’rsatadi. U tarixiy Anqara jangi oldidan ustamonlik bilan Sulton Boyazid lashkari safida qahramonlarcha jang qilayotgan asosiy avang’or kuch bo’lgan totorlarning Fozil boshchiligidagi rahbarlari, amirlari, boshliq va ulug’lariga ular qalbini to’lqinlantiruvchi xat yozib, turk sultonidan o’z tomoniga ag’darib oladi.
Amir Temur shidatli xujumni davom ettirib, butun Kichik Osiyoni egallaydi va O’rta Yer dengizining sharqiy soxilida joylashgan Izmir shahriga yetib boradi. O’rta Yer dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari ham Amir Temur hukmronligini tan oladi, Ayni choqda Misr podsholari ham taslim bo’ladilar.
Sohibqiron bu tarixiy g’alabaning ertasi kuniyoq Kastiliya qiroyli Genrix III elchilari Payo dе Soto Mayor va Ernan Sanches de Palasuelosni qabul qiladi. Elchilar ulug’ Amirni erishilgan g’alaba bilan tabriklaydilar va unga o’z qirol-larining minnatdorchiligini izxor etadilar. Soxibqiron ham o’z saltanatining sarhadiga yaqin bo’lgan Yevropaning qudratli qiroli Genrix III elchilariga katta mulozamat ko’rsatib, Boyazid haramida asiralikda saqlanayotgan Gretsiya hukmdorining qizlari Anjelina, Katalina va Mariyani hamda o’ljaga olingan avliyo Mixailning oltin xaykalini in’om qiladi.
Amir Temur ayni zamonda o’z a’yonlaridan Muhammad al-Keshiyni yorliq bilan qirol Genrix III huzuridaga elchi qilib yuboradi. Jahongirning Sulton Boyazid ustidan erishgan shonli g’alabasini Frantsiya va Angliya qirollariga yetkazish niyati bilan Temur maktublarini olib, Sultoniya arxiepiskopi Ioann ham shoshilinch ravishda g’arb tomon yo’l oladi. Oradan bir yil o’tgach, Kas­tiliya qiroli Genrix III o’z elchilarini sovg’a-salom va birodarlik yorlig’i bilan Samarqandga Temur huzuridaga jo’natadi. Jumladan, 1403 yil 21 mayda Ispaniyadan jo’nab ketgan elchilar Konstantinopol, Trapezun, Eron, Balh Tyermiz, Kesh orqali Samarqandga yetib keladilar. Ularning ichida Ryui Gonsales de Klavixo ham bor edi. Ular Temur saroyida katta xurmat va tavoze bilan kutib olinadilar. Klavixo 1404 yilning sentyabr — noyabr oylarida Samarqandda bo’lgan davridagi o’z xotirotlarini «Buyuk Temur tarixi» va «Temur qarorgoxi Samarqandga safarot kundaligi» asarlarida batafsil yozgan. Frantsiya qiroli Karl VI va Angliya qiroli Genrix IV larning javob nomalarini olgan arxiepiskop Ioann ham Yevropa qirollari bilan Sohibqiron Temur o’rtasidagi birodarlikni mustaxkamlash niyatida orqaga qaytadi.

Ammo Amir Temur Usmonli turklar davlatini batamom tag-tomiri bilan tugatish tarafdori emas edi. Unga buning xech qanday manfaatli tomoni ham bo’lmagan, kerak ham emas edi. Temurning Kichik Osiyoga lashkar tortishiga asosan Boyazidning kaltabin va uzokni ko’ra bilmas siyosati sabab bo’lgan edi. Shu boisdan akademik Bo’riboy Axmedovning «Amir Temur» tarixiy romanida hikoya qilinishicha, buyuk sarkarda bag’rikenglik qilib, Boyazid Yildirimni bir necha kun o’g’li bilan xumoyun O’rduda mexmon qilib, so’ng «… Rim mamlakatini Boyazidxonning inon-ixtiyoriga topshirib jo’natib yubordi». Ammo turk sultoni o’z qilmishiga pushaymon bo’lmaydi va xatosini tushunmaydi. Sulton Boyazid poytaxt Bursaga bormaydi, balki Oq shaharda qoladi va Shayx Mahmud xonaqosida yashaydi. U shu yerda 1403 yil 8 martda vafot etadi.Sulton Boyazid qabrini o’z vasiyatiga binoan Shayx Mahmud Xayron mozoriga qo’yadilar. Turk sultonining vafoti haqidagi xabarni eshitgan Amir Tеmur ich-ichidan achinadi va u xatto Ok shaharga kelib Boyazid Yildirimning bolalari, qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izxor etadi. Bo’riboy Axmеdovning ta’kidlashicha, ulug’ amir «ularga podshohona siylash va navozishlar ko’rgazadi, ularning har biriga zardo’zi chopon kiygizadi, o’g’li Musoga esa xos xal’at, murassa kamar, shamshir va yuz bosh nasldor ot in’om etib, Bursa va Rim mamlakatini unga topshiradi». Bu haqda unga ol tamga bosilgan maxsus yorliq ham beriladi. So’ng Musoga: «Otangizning muqaddas xokini sultonlarga xos izzat-ikrom bilan Bursaga olib borib, tirikligida o’zi qurdirib quygan oliy imoratga dafn ettiring»,- dеb aytadi. Boyazidning qochib yurgan to’ng’ich o’g’li Sulaymon Chalabiyni u turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim qilib tayinlaydi, hukmdorlik toji va yorliqlar in’om etib, mansabdorlik sarposini kiygizadi. Andropol shahri uning poytaxtiga aylantiriladi.
Amir Temur 1404-yilning may oyida Samarqand tomon yo’lga otlanib, iyulda poytaxtga yetib keladi. 70 yoshni qarshilagan Sohibqiron Xitoy safariga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Albatta, u bu yurishni ancha ilgari rejalashtirgan edi. Shu bois Xitoyga yurish bo’yicha tayyorgarlik ishlari ham ancha oldin boshlangan edi.
Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin