Yillar davomida amal qilib kelgan “davlat — jamiyat — inson” tamoyili, “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga o‘zgartirilishi qaysi davr islohotlarida yaqqol ko‘zga tashalanadi?
A) Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida
B) Mustaqillik davrida
C) Qishloq xo‘jaligini islohoti yillarida
D) Gender tenglik siyosati davri islohotlarida
“Yangi O‘zbekiston” g‘oyasining umummilliy harakatiga aylangan “Uchinchi renessans”, ya’ni Renessans so‘zining lug‘aviy ma’nosini ayting
A) Fransuzcha “qayta tug‘ilish”, uyg‘onish, qayta tiklanish, yuksalish degan ma’noni anglatadi.
B) Inglizcha “taraqqiyot” degan ma’noni anglatadi
C) Yunoncha “ilm-fan ravnaqi” degan ma’noni anglatadi.
D) Lotincha “qayta tug‘ilish”, uyg‘onish, qayta tiklanish, yuksalish degan ma’noni anglatadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida eng birinchi imzolagan dastlabki Qonunni ko‘rsating.
A) «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun
B) 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
C) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom
D) “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan?
A) 2016 yil 14 sentyabrda
B) 2016 yil 19 sentyabrda
C) 2016 yil 19 sentyabrda
D) 2017 yil 19-sentyabrda
30 iyun sanasi mamlakatimizda "Yoshlar kuni" qanday munosabat bilan e’lon qilindi?
A) O‘zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani munosabati bilan
B) Kamolot Yoshlarni qo‘llab quvvatlash tashkiloti tashkil etilgan sana munosabati bilan
C) 2017 — 2021 yillarda o‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq
D) Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid 2021 yil 3 fevraldagi pf-6155-sonli Farmoniga muvofiq
Dostları ilə paylaş: |