3.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish.
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib,
insoniyat qadimgi tarixi va madaniyati o‘choqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uzoq
13
yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida
umumiy, bir-biriga o‘xshash, ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid
yodgorliklar topib o‘rganilgan va ilmiy doiraga tatbiq etilgan. Chunonchi, O‘rta
Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy- iqtisodiy
va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli migratsion jarayonlarga
qaramasdan bu hududda yashagan qadimgi qabilalar hamda elatlarni umumiy va
etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy
taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, qadimgi
davrlar haqida so‘zlaganimizda “Markaziy Osiyo tarixi” va “O‘zbekiston tarixi”
atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir. Ma’lumki,
nafaqat O‘zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab jarayon bo‘lib,
tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘rta
Osiyoning
turli
hududlarida
arxeologiya,
antropologiya,
etnografiya
va
numizmatikaga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borildi hamda tariximizni xolisona
yoritish uchun xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ushbu ma’lumotlar
va ashyolar o‘lka tarixining turli bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-
siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini berib,
ular eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi odamning
paydo bo‘lishi, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab
chiqarishda metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo-sotiq, ilk
shaharlar va davlatlarning tashkil topishi kabi ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlariga
bog‘liq ravishda bo‘ladi. Tarixni davrlashtirishda ushbu jarayonlarga asosiy e’tibor
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib
davrlashtirish masalasida turlicha nuqtayi nazarlar mavjud. Bu masala yuzasidan,
xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan tariximizni
davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga
sivilizatsion yondashuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabi masalalarga
A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar e’tibor qaratganlar.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O‘zbekiston tarixini
davrlashtirish masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tish lozim. Chunki o‘rganilayotgan
tarixni, avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‘lib, har bir davrning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtayi nazaridan ma’ruzalar belgilash hamda
dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‘rinmasin, bu
jihat ham murakkab masala hisoblangan tarixni to‘g‘ri davrlashtirishni talab etadi.
Masalaning eng muhim tomoni esa yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish
yuzasidan tarix fanidan ta’lim berishdir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni
yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga asoslangan
besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni davrlashtirish
masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy
e’tiborni qaratish g‘oyalari paydo bo‘ldi. Xususan, A.Sagdullaevning fikricha,
Markaziy Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga
14
oladi. Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining
notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o‘zgarishlarning
bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga tegishli tarixiy sana va
davrlashtirish bir-biridan farqlanadi. A.Asqarovning fikricha, O‘zbekiston tarixi
jahon tarixining tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon
tarixidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jamiyat
taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir. Har bir xalq yer kurrasining qaysi
mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada
bosib o‘tishi shart. Ammo jamiyat rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan.
Jamiyatning notekis rivojlanish qonuniyati esa qadimgi zamonlarda ko‘proq
mintaqaning tabiiy- geografik va ekologik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat
hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, Markaziy Osiyo
tarixining rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib
chiqib, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish mumkin.
Tarixni davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek xalqining kelib chiqish
tarixi” monografiyasida ham keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda
nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’kidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib
o‘rganish maqsadga muvofiqligi ilgari surilgan. Unda jamiyatda yuz bergan tub
o‘zgarishlar hisobga olingan holda, birinchidan, har bir ulkan tarixiy davrda
jamiyatning iqtisodiy asosini harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi? Ikkinchidan,
jamiyatda mulkka egalik qilishning xarakteri qanday bo‘lgan? Uchinchidan, jamiyat
ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? - degan savollar
qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari surgan.
Shu bilan quyidagi davrlashtirish taklif etilgan:
O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri”. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik
jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri”. Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi:
1-bosqich - matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2-bosqich - XX asrning ikkinchi
yarmi davomida jahon fanida Shimoliy-Sharqiy Afrikaning Olduvay darasida olib
borilgan arxeologik va antropologik izlanishlarga ko‘ra, odamzodning ilk ajdodlari
bundan 2,5-3 million yil avval Afrika qit’asida yashay boshlagan. “Homo sapiyens,
sapiyens” (aqlli odam) esa, yer kurrasida mil. avv. II million yildan boshlab yashay
boshlagan, degan tasavvur paydo bo‘ldi. 3-bosqich urug‘ jamoalarining harbiy
demokratiya bosqichi. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri”. “O‘rta asrlar davri.
Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini
“Mustamlakachilik” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi - Rossiya imperiyasi
bosqinidan to 1917-yil oktabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni o‘z ichiga
oladi.
O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hukmronligi davri” bo‘lib, bu
davr 1917-yildan 1991-yilgacha davom etgan. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri
eng yangi deb nomlanib, bu davr 1991-yil 31-avgustdan to bugungi kungacha
bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Yuqorida akademik А.Аsqarovning mulohazasi
bo‘yicha guruhlar ma’lum juz’iy o‘zgarishlar asosida qabul qilindi.
Mazkur davrlashtirish uslubida ham O‘zbekiston hududining o‘ziga xos
15
taraqqiyot yo‘li aks etgan. Shuningdek, biz o‘rganayotgan davr, ya’ni O‘zbekiston
tarixining yettinchi davri “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” deb atalib, ushbu davr
ham o‘z ichida bir necha bosqichlardan iboratdir. Xususan, mustaqillik davrida
mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar,
respublika aholisining fidokorona mehnati tufayli qo‘lga kiritilgan katta yutuq va
natijalarni, ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot
davrining 3 bosqichga bo‘linishini ko‘rish mumkin. Birinchi bosqich 1991-2000-
yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning poydevori bunyod etilib, “o‘zbek
modeli” asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, O‘zbekiston jahon
hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotiga keng
kirib bordi.
2001-2010-yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, demokratik
o‘zgarishlar, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy hayot sohalarini
izchil isloh qilishni ta’minlash davri bo‘ldi.
Uchinchi bosqich esa 2010-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davr hisoblanib,
bunda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, fuqarolik institutlarini
rivojlantirish, bozor
islohotlarini
va
iqtisodiyotni liberallashtirish -
chuqurlashtirish davri bo‘lib qoldi. Ushbu davrning boshlanishi mamlakatda
fuqarolik jamiyatini
shakllantirish va demokratik
islohotlarni yanada
chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqarilishi bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixida yuqoridagi bosqichlarga
qo‘shimcha ravishda 2017-yildan keyingi davrni ham alohida jarayon sifatida qabul
qilish lozim. Mazkur davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan O‘zbekiston
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli
jadal islohotlar davri boshlangani bilan izohlash mumkin. Bu davr hozirgi kunda
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot davri deb ham nomlanmoqda.
Mustaqillikka erishganimizdan keyingi davrda O‘zbekistonning eng yangi
tarixini yozish soha xodimlari oldidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi
tarixi markazini tashkil etish” to‘g‘risidagi Farmoyishiga muvofiq hamda
xalqimizning yangi tarixini o‘rganish va yozish, mamlakatimiz hayotida sodir
bo‘layotgan katta o‘zgarishlar va uning jahonshumul tarixiy ahamiyatini ko‘rsatishni
amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16- dekabrdagi
“O‘zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risidagi qarorining
o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi tarixi”ni
yozishda quyidagi asosiy yo‘nalishlar e’tiborga olinishi belgilab berildi:
-
xalqimiz o‘tmishidagi millat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy
jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish va xolisona yoritish;
-
“O‘zbekistonning yangi tarixi”ni yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-
siyosiy taraqqiyot uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik
tamoyillariga amal qilish;
-
O‘zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va
16
umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo‘shganligini e’tirof etgan holda
o‘ziga xos davlat qurilishi an’analari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-
xilligi mavjudligini hisobga olish;
-
“O‘zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qism va bo‘limlarini yozishda
biryoqlama, sub’yektiv yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasdan yagona tadqiqot uslubiga
amal qilish;
-
O‘zbekiston tarixiga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko‘hna
Turonzamin, Movaraunnahr, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo‘lganligini yodda
tutish;
-
O‘zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘lgan ijtimoiy-
tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog‘liq
ekanligini va ularning bir-biriga o‘zaro ta’sirini hisobga olish;
-
tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolshevistik mafkura aqidalariga va
o‘tmishni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, tarixiy jarayonlarni xolisona baholash;
-
yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida
tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini e’tiborga olish.
“O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining
eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik,
ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim hamda boshqa
ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish
borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini
muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor,
umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida,
oliy o‘quv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni
shakllantirish maqsadida” O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil
30-iyun
kuni “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida”gi qarori ham O‘zbekistonning eng yangi tarixini yaratishda muhim
burilish bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qaror bilan
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining quyidagi
asosiy vazifalari belgilandi:
-
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
“o‘zbek modeli” mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borish,
hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish hamda yaqqol
ochib berish;
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik,
fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda
tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb
muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega
bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining
tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga,
aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini amalga oshirish;
17
-
ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va
chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini
umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston
hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi
bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash;
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik
adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini shakllantirish;
-
sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash
bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
-
fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat,
xalqning tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat, O‘zbekiston mustaqillikka
erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga
yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy
axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;
-
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini
o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi
O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi,
mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis axborotni
keng xalqaro jamoatchilikka ilmiy asosda yetkazish.
Qarorda,
shuningdek,
ijtimoiy-gumanitar
fanlarni
ta’lim
bilan
integratsiyalashuvini mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida O‘zbekistonning eng yangi
tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz belgilangan bo‘lib,
uning asosiy vazifalari sifatida Jamoatchilik kengashi faoliyatini ilmiy-metodik
ta’minlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha dolzarb
masalalarni ishlab chiqish, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv,
o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish,
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi
tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro‘yxatiga
kiritish uchun takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning eng yangi tarixini
o‘rganishning
nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish
yuzasidan
tadqiqotlar olib borish, har yili O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari
bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika konferensiya hamda seminarlari
ro‘yxatini amaldagi tartibda ishlab chiqish belgilangan.
Dunyoda, xususan, O‘zbekistonda yuz berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar
davrida tarix fani ham bir qator masalalarni qayta ko‘rib chiqish va chuqur o‘rganish
muammosiga duch kelmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 18-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida
“..milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu
borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozim”, degan fikrlari bayon qilingan va yuqorida
ta’kidlangan masalalr sohaning oldiga ko‘plab ilmiy masalalarni ko‘ndalang qo‘yadi.
|