133
o‘chog‘iga aylandi. Ibn-Sino, Forobiy,
Al-Xorazmiy, Beruniy kabi mutafakkirlar
tabiy-ilmiy bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko‘targan bo‘lsalar, At-Termiziy,
Moturidiy, Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin
Kubro kabi ulamolar islom dinini milliy g‘oya va qadriyatlarimizga uyg‘un holda
rivojlantirdilar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida “hadis ilmining sultoni” sifatida
e’tirof etildi.
Islom dinidagi hanafiy mazhabi, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya
tariqatlari o‘zbek xalqining milliy g‘oyasiga mos holda rivoj topdi, yurtimiz islom
ilmining markaziga aylandi.
Ikkinchi uyg‘onish XIV-XVI asrlarda o‘zbek davlati dunyoda eng rivojlangan,
kuchli va adolatli davlatga, Amir Temuming “Kuch adolatdadir” g‘oyasi esa
mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi. Alisher Navoiy kabi buyuk
allomalar komil inson g‘oyasini fan darajasiga ko‘tardi. Bugun g‘arb olimlari 500 yil
oldin o‘rganilgan
inson omili, inson huquqi masalasini antropologiya fani tarkibida
katta qiziqish bilan o‘rganishmoqda. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov
tomonidan chop etilgan “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” nomli asarda
ma’naviyatning mustaqil O‘zbekiston uchun ahamiyatiga shunday to‘xtalgan edi:
“Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan
ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va
imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi,
hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi” Shu sababli O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk
ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun
keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqillik yillarida, xususan, 1991 -yil - Alisher Navoiy
tavalludining 550 yilligi, 1992-yil - Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi,
1993-yil - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi, 1994-yil - Mirzo
Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996-yil - Amir Temur tavalludining 660 yilligi,
1997-yil - Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi, 1998-yil -
Ahmad al- Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi, 1999-yil -“Alpomish” dostonining
1000 yilligi, 2000-yil - Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, 2000-yil -
Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi, 2001 -yil -“Avesto” yaratilganligining
2700 yilligi nishonlandi.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy yubileyini
o‘tkazish katta voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib respublikada shoirning
asarlari nashrdan chiqarildi. Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati
bilan haykalning ochilish marosimida (1991 -yil 1-oktabr) O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov: “O‘z tarixi va ajdodlarini siylagan
xalqning
kelajagi, albatta, porloq bo‘ladi. Ishonamizki, O‘zbekistonimiz tez orada
dunyo hamdo‘stligi o‘rtasida o‘ziga munosib o‘rinni egallaydi, inshoolloh. Ana
o‘shanda ham Alisher Navoiyning qutlug‘ nomi bizga madadkor bo‘ladi” - deya niyat
bildirgan edi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida badiiy ijod, tasviriy san’atga
e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin
Behzod tavalludining 540 va 550 yilligi keng nishonlandi, 545 yilligi YuNESKO
134
qaroriga binoan xalqaro miqyosda Toshkentda o‘tkazildi. Kamoliddin Behzod
nomidagi muzeyga asos solindi. 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kunining
600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNESKOning Parijdagi
qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tkazildi.
YuNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili
YuNESKOning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan,
madaniyat va
maorifning gullab-yashnashi” mavzusida anjuman o‘tkazildi va unga bag‘ishlangan
ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur
nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi. 1999-yili mamlakatimizda Jaloliddin
Manguberdining 800 yillik tavalludiga, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000
yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
O‘zbekistonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatildi, Xorazm viloyatida Jaloliddin
Manguberdiga bag‘ishlangan memorial majmua qurildi.
Buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘lib,
jumladan, Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Nasr
Farobiy, Rudakiy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon,
Fitrat va boshqa yuzlab bobokalonlarni dunyo e’tirof etgan. Istiqlol yillarida ularning
nomlari qayta tiklanib, ma’naviy merosi xalqimizga qaytarib berildi, ularning yubiley
tantanalari mamlakatimizda va jahon miqyosda keng nishonlandi. 1998-yili Imom
al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al- Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi,
al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Abu Mansur
al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi, Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud
az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Naj middin Kubroning 850 yilligi,
Baxouddin
Naqshbandiyning 675 yilligi o‘tkazildi va allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy
anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar ochildi.
O‘zbek xalqi tarixiy xotirasini tiklash yo‘lida juda muhim me’moriy tadbirlar
amalga oshirildi. Ayniqsa, Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan
Samarqand viloyati Xartang qishlog‘ida ulkan me’moriy majmuot (maqbara, masjid,
me’moriy idora, kutubxona va oshxona) yangi loyiha asosida tiklanishi (1998)
musulmon dunyosida g‘oyat minnatdorlik va katta olqish bilan kutib olindi. Ahmad
al-Farg‘oniyning 1200 yilligi munosabati bilan Quva va Farg‘ona shaharlarida haykal
va saylgoh bog‘lar barpo etildi. Samarqandda Imom Moturudiy qabri ustiga me’moriy
yodgorlik tiklandi, Burhoniddin Marg‘inoniy xotirasiga bag‘ishlangan me’moriy
majmuot Marg‘ilon shahrida bunyod etildi. Buxoroda Imom Buxoriy majmuasi
qurildi. Shuningdek, Buxoroda Xo‘ja Baxouddin ansambli yangidan rekonstruksiya
qilindi.
Dostları ilə paylaş: