O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
Eng yangi tarix kitob

3.
 
Shaharlar - ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat maskani. Toshkent - 
“Islom madaniyati poytaxti”. 
Ittifoq davrida qadimiy shaharlarga qo‘yilgan sun’iy nomlar istiqlolning ilk 
kunlaridayoq olib tashlandi. Natijada respublikadagi 30 ga yaqin ko‘hna shaharlar 
o‘zining haqiqiy nomi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Bugungi kunda Farg‘ona viloyati 
Oltiariq tumanidagi Hamza - Tinchlikka (2011), Andijon viloyati Jalolquduq tumani 
markazi Oxunboboyev - Jalaquduqqa (2015), Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq 


135 
tumanidagi To‘ytepa shahri Nurafshon (2017-yil) deb ataladigan bo‘ldi. Bu borada 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining 
shaharsozlik kodeksi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorining qabul qilinishi (2002-y.) 
ayni muddao bo‘ldi. Mazkur qarorda Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
tartibga solinib, aholi punktlari turlarga bo‘lindi. Qonunning 9- moddasida aholi 
punktlarining turlarga bo‘linishi belgilab qo‘yildi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida shaharlar miqdorida katta o‘zgarish yuz 
bermadi. Faqat Xorazm viloyatidagi Gurlan, Xonqa, Shovot, Qo‘shko‘pir va 
Hazorasp shaharlari shaharchalarga (1992-y.), Samarqand viloyatidagi Payariq 
(1994-y.), Buxoro viloyatidagi Shofirkon (1995-y.) va Navoiy viloyatidagi 
Yangirabot (1998-y.) shaharchalari shahar aholi punktiga, Jizzax viloyatidagi 
Marjonbuloq shahri esa shaharchaga aylantirildi, Navoiy viloyatida, asosan, qurilish 
materiallari (marmar) yetkazib beradigan Gazgon shahri qo‘shildi (2020- y.). 
Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, haqli ravishda “Sharq 
darvozasi” deb nom olgan, xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lmish azim poytaxtimiz 
Toshkent 
shahrining 
milliy 
davlatchiligimiz 
tarixida 
va 
ijtimoiy-siyosiy 
hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Qadimdan ilm-fan va madaniyatning 
yirik markazi, tinchlik va do‘stlik ramzi bo‘lib kelayotgan Toshkent shahrining 2200 
yilligini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008- yil 
2-aprelda qarori chiqdi, 2009-yilning aprel oyida YuNESKOning Parijdagi bosh 
qarorgohida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari 
bo‘lib o‘tdi. Shu yil 26-27-mayda “Toshkentning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi 
tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkazildi. 
Mamlakatimizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab 
qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi 
e’tiroflaridan biri sifatida Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon 
qilinishida yana bir bor namoyon bo‘ldi. 2007-yil yanvarda Islom konferensiyasi 
tashkiloti tarkibidagi muassasalardan biri - Ta’lim, fan va madaniyat masalalari 
bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan bir qator shaharlar Fes 
(Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari, shuningdek, Toshkent 
islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilindi hamda YuNESKOning “Butunjahon 
ahamiyatiga molik yodgorliklar ro‘yxati”ga kiritildi. Tadbir munosabati bilan 
shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj oldirildi. Jumladan, qisqa muddatlarda 
Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta ta’mirlandi, yangi minora, masjid, xiyobonlar 
bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat mehnatlari bilan hissa 
qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (XVI asr), Shayx Zayniddinbobo (XIII-XIX asrlar), 
Zangiota (XIV-XX asr), Xo‘ja Alambardor (XIX asr), Shayx Xovandi Tohur (XV 
asr), Yunusxon (XV asr) maqbaralari, Abulqosim madrasasi (XIX asr) va boshqalar 
ta’mirlandi. Toshkent qadimdan mintaqamiz tarixida muhim o‘rin tutgan qadimiy 
shahardir. U turli davrlarda jahon dinlari tutashgan markaz bo‘lib kelgan va islom 
tamadduni tarixidagi o‘rni beqiyosdir. 
Keyingi yillarda shaharsozlikning yangi konsepsiyasi yaratildi. Ya’ni 
bunyodkorlik jarayonlari mintaqaning iqlimi, aholining tarixan shakllangan urf- 


136 
odatlari, madaniy-maishiy ehtiyojlari inobatga olinib, ko‘rkam manzillarda, 
zamonaviy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Bosh rejani ishlab chiqishda va 
qurilishda kichik biznes ob’yektlarining imkoniyatlari alohida e’tiborga olinib, qulay 
muhandislik infratuzilmalari yaratilyapti. Bugungi kunda O‘zbekistonda “Aqlli 
shahar” innovatsion texnologiyalarini joriy etishning boshlang‘ich bosqichi davom 
etmoqda. “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Toshkent shahrida 
“Xavfsiz shahar”, “Aqlli hisoblagichlar”, “Aqlli transport”, “Aqlli tibbiyot” 
yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki sinov loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish 
yo‘lga qo‘yilmoqda. Nurafshon shahrida zamonaviy shahar infratuzilmasini joriy 
etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar bilan birga “Tashkent City” va “Delta City” 
loyihalari doirasida zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha 
kompleks 
ishlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish maqsadida 
2019-yil 18-yanvar “O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini 
joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 48-sonli 
qarori asosida Konsepsiya ishlab chiqilishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Qadimiy 
shaharlarimizdan biri Buxoro shahrida “Bukhara City” majmuasini qurish uchun 
2019-yil 8-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro 
shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo 
qilishga doir tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-565-sonli qarori chiqdi. Unga 
asosan Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoyev, 
Ibrohim Mo‘minov va Sanoatchilar ko‘chalariga tutash hududlarda samarasiz 
foydalanilayotgan ob’yektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydon 
“Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga 
ajratildi. 
Andijon viloyatida “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyunda “Yangi Andijon” 
shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab- 
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5154-sonli qarori chiqdi hamda yangi 
shaharchani barpo etish uchun davlat byudjetidan qaytarib bermaslik sharti bilan 100 
million AQSh dollori ajratildi. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shaharlar arxitekturasi zamonaviy 
ko‘rinishda o‘zgarib bordi. Bu esa tarixiy kentlarimizda milliylik va zamonaviylikni 
uyg‘unlashtirgan o‘ziga xos me’morchilik uslubini namoyon etdi. O‘rta asrlarda 
bunyod etilgan Samarqanddagi Registon, Buxorodagi Labi Hovuz, Devonbegi, 
Xivadagi Muhammad Rahimxon ansambllari an’analarining davomi istiqlol davrida 
Toshkentdagi Hazrati Imom, Navoiy nomidagi Milliy bog‘, Mustaqillik maydoni, 
Urganchdagi Shovot kanali yoqasida bunyod qilingan ansambllarda zamonaviy 
qiyofada davom ettirilganligini e’tirof etish kerak. Poytaxtdagi ilgari ko‘rimsiz 
holatda bo‘lgan bosh maydonda barpo etilgan Ezgulik arkasi, Bahtiyor Ona, Xotira 
maydoni, Senat bog‘i, mustaqillik Chorbog‘i, Anhor saylgohi singari qator landshaft 
ansambllari shaharga mutlaqo yangi manzara baxsh etdi. Vaholanki, sovet davrida 


137 
bunyod etilgan mazkur maydon na mashtab va na qulaylikka ega edi. Yoz oylarida 
benihoya qizib, qishda izg‘irin shamollar tufayli o‘ta noqulayliklar tug‘dirar edi. 
Mustaqillik yillarda bu maydonda, eng avvalo, yangi jamiyat uchun mutlaqo yot 
bo‘lgan sho‘rolar bosh timsoli V.Lenin haykali olinib, uning o‘rniga Yer yuzidagi 
davlatlar qatoriga yangi mamlakat hur O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilganligini 
anglatuvchi, ustiga O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tushirilgan Yer sharining 
timsoli o‘rnatildi. Mavhumlik bilan sug‘orilgan “Noma’lum askar monumenti” 
o‘rniga Ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatib, qurbon bo‘lgan 
vatandoshlarimizning ismi sharifi zarhal lavhalarda bitilgan xotira ayvonlari barpo 
etildi. Uning markaziga Motamsaro va mushtipar Ona haykali o‘rnatildi. 
O‘zbekistonda sobiq sovet davridagi har bir tumanda mavjud bo‘lgan, paxta changi 
(lint) bosib, ulkan hududni egallab yotgan paxta va yog‘ zavodlari o‘rniga mustaqillik 
yillarida ixcham, atrofi va ko‘rinishi badiiy jihatdan puxta o‘ylab chiqilgan, yangicha 
ko‘rinishdagi paxta zavodlari qurildi. Ayni paytda shahar bo‘ylab tobora keng tus olib 
borayotgan ko‘p qavatli, keng, baland, go‘zal, zamon talablari asosida qurilayotgan 
4-5 va 7-8 qavatli mahalliy sharoitlarga mos keluvchi g‘ishtli uy-joylar qurilishi 
ko‘paymoqda. Ularning rejali barpo etilishi, yo‘l-transport tizimi bilan bog‘lanishi, 
landshaft dizayni bilan uyg‘unlashuvi, savdo va maishiy xizmat tizimi bilan 
bog‘lanishi shahar aholisiga qulaylik, qiyofasiga esa zamonaviy ruh bag‘ishlamoqda. 
Zamonaviy jahon shaharsozligida XX asrdagi nazariy paradigmalarning asosiy 
qismi o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va “shaharlarning barqaror rivojlanishi” g‘oyasi 
ustuvor ahamiyat kasb eta boshladi. XX asr o‘rtalarida zo‘r berib rivojlantirilgan 
“megapolislar” yaratish g‘oyasi o‘rnini “ekopolislar” yaratish loyihalari egalladi. 
Ekopolislar atrof-muhitga zararsiz bo‘lish bilan birga uni sog‘lomlashtirishga 
qaratilgan. Ekopolislarning to‘qimasini, shahar strukturasini “yashil belbog‘”, “yashil 
koridor”, “yagona suv tizimi”, “yashil tomlar” tashkil qiladi. Bularning barchasi 
ekologiyani yaxshilashga, muhitni sog‘lomlashtirishga inson faoliyati uchun qulaylik 
yaratishga qaratilgan bo‘lib, yuqorida belgilab o‘tilganidek, qadimiy an’analar 
asosida 
yangi 
texnologik 
tizimga 
asoslanib 
rivojlantirilmoqda. 
Barqaror 
shaharsozlikning iqtisodiy tomoni insonning jismoniy, iqtisodiy va boshqa imkoniyat 
hamda resurslarini iqtisod qilishga qaratilgan. Bunda aholi yashash hududlaridan 
unumli foydalanish g‘oyalaridan boshlab, energiya tejamkorligi, ergonomik 
ratsionalizm singari cheksiz ko‘p indikatorlardan foydalaniladi. “Aqlli arxitektura” 
tushunchasi va yo‘nalishining kelib chiqishi shu omilning rivojlanayotganligidan 
dalolat beradi. O‘zbekistonda zamonaviy shahar qurilishi va obodonchilik sohasida 
olib borilayotgan ulkan ishlarni barcha viloyat markazlari siymosida kuzatish 
mumkin. Masalan, Urganch shahrida Pahlavon Mahmud, Abu Alg‘oziy Bahodirxon, 
Al Xorazmiy ko‘chalari ilk marta halqa tizimida o‘zaro bog‘landi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin