138
yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar
bandligini oshirish
maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim
ahamiyat kasb etadi. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik, ayniqsa,
yoshlar
tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 5 ta
muhim tashabbusning har bir yo‘nalishi ma’lum bir sohani o‘z ichiga qamrab oladi.
Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomlik,
adabiyot, teatr va
san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini
yuzaga chiqarishga
xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida
qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va
internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus - yoshlar ma’naviyatini
yuksaltirish, ular o‘rtasida
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga
yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda
tutadi.
5 ta muhim tashabbus doirasida mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlik
an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar diqqatga sazovordir. 2017-yil
sentabr oyida
ta’lim muassasalarida “Men sevib o‘qigan kitob”, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlari
tashkil etildi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar, xayriya mablag‘lari
hisobidan 160 mln. so‘m ajratildi. Har bir tuman markazlarida kitob do‘konlari,
kutubxonalar ochildi va yangi asarlar bilan boyitildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2017-yil 28-iyulda qabul qilingan “Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga
ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarori bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
tashkil etildi. Ushbu markazning faoliyati bilan bog‘liq asosiy vazifalarda, xususan,
milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari
orasida keng targ‘ib qilish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish,
yoshlar orasida ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar
belgilandi.
Tarixan olib qaraganda, O‘zbekiston SSSR tarkibida bo‘lgan paytdayoq o‘zbek
xalqining zabardast din ulamolarining xotirasini sharaflab, ilmiy anjumanlar o‘tkazish
an’anasi boshlab yuborildi. Shu o‘rinda O‘zbekiston SSR Prezidenti I.Karimov
tomonidan Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning 1200 yilligiga bag‘ishlab
o‘tkazilgan ilmiy anjuman (1990-yil 14-sentabr) ishtirokchilariga
yuborilgan
tabrigidan qisqa keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: “O‘zbekiston hukumati
mo‘minlarning istaklarini inobatga olib, musulmon
dunyosining eng muqaddas
yodgorliklaridan biri - Xalifa Usmon “Mushafi”ni ular ixtiyoriga qaytarib berdi. Qator
tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi. Yangi masjidlar ochilmoqda.
Makka va Madinani ziyorat etishga borayotgan musulmonlar ko‘paydi... Davr shu
kunning zarur muammolarini hal etishga intilish barobarida ona tarixning ilg‘or