O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Eng yangi tarix kitob

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib 
yangi bosqichga ko‘taramiz. - Toshkent: O‘zbekiston, 2019. 
2.
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5-jild. - Toshkent: 
O‘zbekiston, 1997. 
3.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. - 
Toshkent: O‘zbekiston, 1999. 
4.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent: 
Ma’naviyat, 2008. 
5.
Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. - Toshkent: G‘afur G‘ulom 
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. 
6.
Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. Darslik. - Toshkent: O‘zR IIV 
Akademiyasi, 2011. 
7.
O‘zbekistonda zamonaviy shahar madaniyati (1991 -2016-yillar) - 
Toshkent: Yangi nashr, 2017. 
8.
To‘xtaboyeva D.E. Mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysidagi urbanizatsiya 
jarayonlari (kichik va o‘rta shaharlar misolida 1991-2017-yy). - Toshkent: 
TURON-IQBOL, 2018. 
9-
 
MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM 
SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR. 
Reja: 
1.
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 
va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. 


144 
2.
Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi 
muammolar. 
3.
Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan 
vazifalar. 
4.
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi. 
1.
 
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yosh 
avlodning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratilib, bu masala davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston mustaqillik ostonasida turar ekan, respublika 
rahbariyati ilm-fanni, ta’lim tizimini isloh qilish, modernizatsiya qilish dastlabki 
vazifalardan biri ekanligini chuqur anglar edi. O‘zbekiston rahbari I.Karimov 
1988-yil 20-noyabrda O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasida bo‘lgan uchrashuvda 
shunday degan edi: “Respublika hayotining barcha sohalarida ilm-fan mavqeyini 
prinsip e’tibori bilan yangi sifat darajasiga ko‘tarish respublika Fanlar 
Akademiyasining asosiy vazifasidir, deb o‘ylaymiz. Ilm-fan ahliga buyruq berish, 
quruq ma’muriyatchilik, olimlarga apparat xodimlari kabinetlarida paydo bo‘ladigan 
“ijtimoiy buyurtmani” ro‘baro‘ qilish davri o‘tib ketdi. Ijodiy izlanishlarning 
natijalarini qamrab olgan Fanlar Akademiyasi olimlarining asarlari va tavsiyalari 
respublika taraqqiyotining istiqbolini belgilaydigan kelajakdagi hisob-kitoblar va 
siyosatning poydevori bo‘lishi darkor... 
Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini ta’minlash uchun kompleks 
tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy maktabning hatto umumiy 
ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan qayta qurish kerak”. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida islohotlarni boshidan 
kechirgan va natijasini ko‘rsata olgan sohalardan biri ta’lim tizimidir. O‘zbekistonda 
ilm-fanga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Zamonning tezkor taraqqiyotiga xizmat 
qiluvchi yangi fan sohalari bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Tabiiy va aniq 
fanlarni o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar olib borish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
O‘zbekiston Respublikasida ilm-fanni rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar Akademiyasining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, respublika oliy ta’lim 
muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar faoliyatining salmoqli qismi ilmiy 
tadqiqotlarga qaratilganligi o‘z samarasini bera boshladi. “Fan, ta’lim va ishlab 
chiqarish integratsiyasi” O‘zbekistonda ilmu-fan rivojlanishida bosh maqsadlardan 
biri etib belgilandi. 
1992-yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining farmoniga 
binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya Komissiyasi 
tashkil etilishi munosabati bilan Fanlar Akademiyasining mavqeyi ortdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil 
etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-fevraldagi farmoni ilmiy tadqiqotlar 
va texnologik ishlanmalar sifatiga qo‘yilgan talablarga muvofiq ilmiy texnika va 
innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirishda, shuningdek, mamlakat ilmiy 


145 
salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Respublikaning ilmiy tadqiqot majmuini Akademiya, oliy ta’lim va boshqa 
tarmoqlaridagi 350 dan ortiq muassasani, jumladan, ilmiy tadqiqot institutlari, oliy 
o‘quv yurtlaridagi ilmiy tadqiqot bo‘linmalari, loyiha konstruktorlik tashkilotlari, 
ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va tajriba korxonalari, axborot-hisoblash 
markazlari o‘z ichiga oladi. 2006-yildagi natijalar bo‘yicha fanning turli tarmoqlarida 
34 mingdan ortiq ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatgan. Ularning 2.4 mingi fan doktori, 2.4 
mingi fan nomzodlari edi. 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi xalq ta’limi tizimining taraqqiyotiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Milliy pedagogik tafakkur ta’sirichan ta’limni 
sog‘lomlashtirish jarayoni boshlandi. Uzoq vaqt mobaynida tashqi dunyodan uzib 
qo‘yilgan, o‘zga mamlakatlar tarixiy tajribasidan ham, milliy-ma’rifiy merosdan ham 
bahramand bo‘lmagan milliy pedagogika jahon maydoniga chiqdi. Erishilgan 
natijalarni o‘zgalarniki bilan qiyoslash, boshqalardan ijobiy jihatlarni o‘zlashtirish 
imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda O‘zbekiston 
hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ta’limni isloh qilish 
dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik 
tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnik bazasini zamon va davr 
talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekiston ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga 
qaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Ta’lim 
to‘g‘risidagi” qonun ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi. 
Ushbu qonun o‘z vaqtida muhim bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo ta’lim tizimini isloh 
qilishning amaliy chora-tadbirlari, ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, 
bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksizlikni ta’minlash 
muammolarini yecha olmadi. Ta’lim tizimidagi yig‘ilib qolgan muammolar 1997- yil 
29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunni va kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga sabab bo‘ldi. Shu o‘rinda ta’kidlash 
kerakki, O‘zbekiston Respublikasida bolalarga doir davlat siyosatini Bola huquqlari 
to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiqlashtirish maqsadida qonunchilik, ma’muriy va 
boshqa yo‘nalishlarda ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bolalar 
huquqini tartibga soluvchi O‘zbekiston qonun hujjatlari tizimini mamlakat 
Konstitutsiyasi, oila kodeksi, Mehnat kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va 
boshqa qator qonunlar tashkil etadi. 
Mustaqil davlat oldida turgan eng muhim masalalardan biri eskicha tafakkur va 
e’tiqodidan qutilgan, istiqlol uchun, o‘z ona yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar 
tayyorlash masalasi bo‘ldi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib, batamom 
yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy 
demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori 
toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. 
Garchi mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim 
to‘g‘risidagi” qonun qabul qilingan bo‘lsada (1992-yil 2-iyulda), 1997-yil 29-30- 


146 
avgust kunlari o‘tkazilgan birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrirda) va Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi (29-avgustda). 
Mazkur dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik 
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori 
malakali kadrlar tayyorlashning Milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro‘yobga 
chiqarish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: 
-
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim 
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar 
tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona 
o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; 
-
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan 
yangilanish, rivojlangan demokratik-huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; 
-
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan 
ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish; 
-
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy 
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va 
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; 
-
ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning 
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etish; 
-
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish 
va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish; 
-
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va 
sifatini, tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining 
kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot 
bazasini yaratish; 
-
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, 
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, 
shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini 
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; 
-
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari 
mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb etishning real mexanizmlarini 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
-
kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mazkur masalalarni quyidagi bosqichlarda 
amalga oshirish rejalashtirildi: 
1.
Birinchi bosqich (1997-2001-yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining 
ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish 
uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. 
2.
Ikkinchi bosqich (2001-2005-yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga 
chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni 


147 
hisobga olgan holda unga aniqliklar Majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb- 
hunar ta’limiga, shuningdek, o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, 
tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish rejalashtirildi. Ta’lim muassasalarini maxsus 
tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlandi, ularning 
faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirildi. 
3.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil 
etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada 
rivojlantirish. Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada 
mustahkamlanadi, o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanadi. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston 
Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi (1998-y.) 204-sonli qaroriga muvofiq kasb-hunar kollejlari tashkil 
qilina boshladi. 1999-2000-o‘quv yilidan boshlab - tayanch pedagogika institutlari va 
universitetlar talabalarini tayyorlash dasturiga yangi ta’lim, kasb-hunar dasturlari 
hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish uslubiyoti bo‘yicha 
maxsus kurslar kiritildi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin