12-
MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHDA
HARAKATLAR STRATEGIYASINING TUTGAN O‘RNI.
Reja:
1.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy
200
etilishi va uning ahamiyati.
2.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar:
-
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari;
-
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishning ustuvor yo‘nalishlari;
-
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;
-
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
-
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor
yo‘nalishlar.
1.
2017-2021
-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi,
hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik
jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga
asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi
uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin
egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shunday bo‘lsada,
bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholash, mustaqillik yillarida
erishilgan yutuqlarni tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda
oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini
jadallashtirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini hamda aniq marralarini belgilash
vazifasi turgan edi.
Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari,
jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va
mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek,
amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy
materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy
mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir
xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish
salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Binobarin, Prezident
Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz
taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga
aylandi.
Strategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u
izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni
ta’minlaydi.
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish
asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
201
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi
ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
2017-yil
7-fevraldagi
Farmoni
bilan
2017-2021-yillarda
mamlakatimizni
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
tasdiqlangani o‘zbek davlat boshqaruvi tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.
Mazkur hujjatda aniq, hayotiy islohotlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari
belgilab berilgani mamlakatimizda islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat
va jamiyatni har tomonlama uyg‘un, jadal rivojlantirish, barcha sohani
modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek buyuk maqsadlarga xizmat qiladi.
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in
muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga
joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar
siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga
alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.
Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida
yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1310 ta taklif va
mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib
chiqildi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar
vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan fikrlar bilan
birga
mamlakatni
ijtimoiy-siyosiy,
sotsial-iqtisodiy,
madaniy-gumanitar
rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
Harakatlar
strategiyasining
maqsadi
olib
borilayotgan
islohotlar
samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal
rivojlanishini
ta’minlash
uchun
shart-sharoitlar
yaratish,
mamlakatni
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi
belgilangan:
1.
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlar va yangilanishlarni
yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Harakatlar strategiyasini besh
bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lib, bunda yillarga beriladigan
nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi.
Davlat rahbarining 2017-yil 14-fevraldagi Farmoyishi bilan Harakatlar
strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari belgilandi. Mazkur
farmoyish asosida, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik
va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi sa’y- harakatlarni
202
birlashtirish, ularni mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini,
ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda modernizatsiya
qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
tashkil etildi.
Markaz - nodavlat-notijorat tashkiloti bo‘lib, Harakatlar strategiyasidagi
islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish,
davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlash, jamoatchilik
nazoratini samarali tashkil etishda o‘ziga xos zamonaviy media-maydon vazifasini
o‘taydi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi aql markazi sifatida qisqa vaqt ichida o‘zida
Harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tajribali, tahlilchi va
kuchli ekspertlarni jamlay oldi. 170 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlari bilan
aloqa o‘rnatgan markaz xorijiy tajribani o‘rganish bilan birga xalqaro aql markazlari
bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi. Xususan, 2019- yilda Markaz dunyodagi
eng yaxshi yigirmatalik reytingidan mustahkam joy olgan Italiyadagi “European
House - Ambrosetti”, 700 dan ortiq ekspertlarni o‘zida jamlagan Siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy tadqiqotlar institutlari hamda Fransiyadagi 46 yillik tajribaga ega va o‘z
safida kuchli mutaxassislarni jamlagan Tahlil, prognozlash va strategiya Markazi
(CAPS) kabi aql markazlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
2020-yilning mart oyiga qadar ekspertlik muhokamalarida 60 dan ortiq qonun
loyihalari o‘rganildi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Qolaversa,
2019-yilning o‘zida markaz jamoasi tomonidan 100 dan ortiq tahliliy va mualliflik
maqolalari chop etildi hamda shuncha miqdorda OAV orqali lavha, ko‘rsatuv,
intervyu va suhbatlar keng omma e’tiboriga xavola etildi. 2020-yilda “Harakatlar
Strategiyasi bilan 3 yil: kutilgan natijalar, yuqori samaradorlik va yuksak marralar”
nomli risola ham chop etildi.
Dostları ilə paylaş: |