O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
Eng yangi tarix kitob

2. 2017-2021
-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar. 
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. 
O‘zbekistonda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlaming 
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aynan davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi yaqin 
hamkorlikka bog‘liq jarayondir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev: “Bizning yana bir muhim vazifamiz - fuqarolar, davlat va jamiyat 
o‘rtasida o‘zaro mas’uliyat, huquq va burch bog‘liq ekaniga oid prinsipni izchil 
amalga oshirishdan iborat. Bu prinsip mamlakatimiz oldida turgan muhim vazifalarni 
hal qilishda davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida samarali hamkorlikni 
ta’minlaydigan konstitutsiyaviy asosdir. Biz barchamiz - fuqarolar ham, jamiyat ham, 
davlat ham Vatanimiz ravnaqi uchun, mamlakatimizda tinchlik-barqarorlikni 
mustahkamlash uchun, tarixiy, ma’naviy va madaniy merosimizni saqlash, boyitish 
va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish uchun birdek mas’ulmiz” - deb ta’kidlagan 
edi. 
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb 
nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy 


203 
Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan 
yaxshilash, davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda 
tutilgan. 
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo, davlat xizmatini isloh 
qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning 
o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini 
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va 
dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini 
takomillashtirish, nodavlat-notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini 
yanada rivojlantirish, shuningdek, mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish 
nazarda tutilmoqda. 
Mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini 
amalga oshirish institutlari orqali jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish 
uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida 2018-yil 12-aprelda “Jamoatchilik 
nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonunga binoan fuqarolar, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot 
vositalari jamoatchilik nazorati sub’yektlari etib belgilandi. 
Yangi O‘zbekiston rivojining muhim jihatlaridan biri davlatning fuqarolar 
bilan doimiy muloqoti hisoblanadi. Ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada 
mustahkamlash maqsadida davlat bunday muloqotning tashabbuskori bo‘lib 
chiqmoqda va quyidagi shakllarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rag ‘ batlantirmoqda: 
-
Davlat boshqaruvi organlarida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha 
ixtisoslashtirilgan matbuot xizmatlari; 
-
2018-yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi uchun 
tashkil etilgan regulation.gov.uz veb portali; 
- fuqarolaming qonun hujjatlari loyihalari yuzasidan jamoatchilik murojaatlari 
Mening fikrim portali yordamida fuqarolar jamiyat va davlat hayotiga oid dolzarb 
masalalar yuzasidan elektron shaklda jamoaviy murojaat qilish uchun imkoniyat 
yaratildi. Portal ishga tushirilishi natijasida jamoatchilik tashabbuslari uchun yagona 
maydon shakllandi, kelgusida u fuqarolarning qonunchilik tashabbuslarini ifoda etib, 
fuqarolik jamiyati rivojlanishining kuchli impulsi bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha 
amalga oshirilgan ishlar fuqarolik jamiyatining shakllanishi bo‘yicha quyidagi 
bosqichlarga bo‘linadi: Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000-yillarni qamrab oladi. 
Bu davrda, birinchi navbatda, fuqarolik jamiyatining asoslari yaratildi. Ikkinchi 
bosqich 2000-2010-yillarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash 
bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi. Uchinchi bosqich 2011-2016-yillar. Bu 
davrda fuqarolik jamiyati qurishga doir huquqiy asoslar rivojlantirildi, fuqarolik 
jamiyatining ijtimoiy tayanchi - o‘rta ijtimoiy qatlam yanada mustahkamlandi. 
To‘rtinchi bosqich 2017-yilda boshlanib, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning 
amaliy jihatlarini namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Fuqarolik jamiyatini qurish 
g‘oyalari “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 


204 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” va “Taraqqiyot strategiyasi”da 
yanada rivojlantirilib, bu sohadagi tub burilish davrini boshlab berdi hamda fuqarolik 
jamiyati shiddat bilan rivojlanib, o‘zini har tomonlama namoyon eta boshladi. Bu 
davrda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar mazmuni 
yangi bosqich boshlanganidan dalolat bermoqda. 
Ayni paytda Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini 
takomillashtirish” yo‘nalishi ijrosi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarini 
rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimizda fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish uchun davlat siyosati darajasida izchil, tizimli ishlar amalga 
oshirilayotganiga yaqqol dalildir. 
Ma’lumki, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan islohotlarni kompleks o‘rganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit, 
mustaqil tizimini shakllantirish lozim. Qolaversa, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik 
nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid 
takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha 
maslahat kengashining samarali faoliyatini ta’minlash bu boradagi ishlar 
samaradorligini oshirishda muhim o‘ringa ega. Shu ma’noda Prezidentimizning 
mazkur qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil 
institutini ta’sischilar kengashi tomonidan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
markazi” etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik bildirilgani ayni muddao 
bo‘ldi. Shuningdek, ushbu hujjat asosida markazning asosiy vazifalari va faoliyati 
yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri fuqarolik jamiyatida 
olib borilayotgan islohotlami va yangilanishlami yanada chuqurlashtirishga oid aniq 
bo‘limlardan iborat. 
2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash dolzarb 
vazifalardan biri bo‘ldi. Ushbu qaror bilan endilikda bu borada olib borilayotgan 
ishlarni, xalq bilan muloqotning holati va rivojlanishini o‘rganish, davlat organlari 
faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish zarurligi ko‘rsatildi. Mamlakatimizda 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida 
amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida kelajakda 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va 
strategik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 
Bu jarayonda yangi tashkil etilayotgan markaz tomonidan fuqarolik jamiyati 
rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini hamda ushbu sohada 
huquqni qo‘llash amaliyoti, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirishni o‘rganish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali 
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va 
rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab 
chiqildi. Bundan tashqari jamiyatda siyosiy partiyalar rolini oshirish, raqobatdosh 
ko‘p partiyali tizimning rivojlanish darajasini tahlil qilish va siyosiy partiyalar 


205 
tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarning elektorat manfaatiga xizmat qilishini 
ta’minlovchi loyihalar joriy etildi. E’tiborlisi, rivojlangan demokratik davlatlar 
tajribasi asosida davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etib, 
fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishning optimal yondashuvlarini ishlab 
chiqish ham Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. 
Markazga fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat 
organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, ularning mamlakatni 
sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan, 2030- 
yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish 
doirasida qo‘shgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash 
tavsiya etilgan. Bu esa islohotlarning ilmiy va tahliliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi 
va natijada mamlakatimizning kelajakda har tomonlama rivojlanishida muhim 
poydevor vazifasini o‘taydi. 
Mamlakatimiz tub o‘zgarishlar davom ettirilayotgan hozirgi paytda mazkur 
vazifalarni bajarishda davlat organlari rahbarlari Markazga har tomonlama 
ko‘maklashadi, so‘ralgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etadi, undan olingan 
materiallar va tavsiyalarni ko‘rib chiqadi. Markaz o‘z vazifalarini bajarishi uchun 
shartnoma asosida yetakchi, shu jumladan, xorijiy muassasalar ekspertlarini jalb etish 
huquqiga egadir. Aynan qarorda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganib, O‘zbekiston 
sharoitida uni joriy etish uchun 2020-2022-yillarda Markaz xodimlarini fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirishga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy tadqiqot va tahliliy 
institutlariga ish o‘rganish uchun yuborish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar 
kiritish zarurligi alohida belgilab qo‘yildi. 
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning 
ustuvor yo‘nalishlari. 
Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning 
chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, 
qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud 
kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga 
oshirish rejalashtirilgan.Yurtimizda sud-huquq tizimini demokratlashtirish, sudlar 
tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalar 
umume’tirof etilgan normalar asosida takomillashib bormoqda. Mamlakatimizni 
demokratik yangilashning bugungi bosqichidagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri - 
qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini 
ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va 
liberallashtirish hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida sud-huquq tizimini isloh qilish 
va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan islohotlar 
izchilligini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 
Birinchi bosqich 1991-2000-yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda, yangi davlat va 
jamiyat barpo etishning oqilona strategiyasi ishlab chiqildi. Sud hokimiyatining 
mustaqilligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilib, mamlakatimiz tarixida ilk 
bor Konstitutsiyaviy sud qaror topdi. Natijada yangi mazmundagi umumiy 


206 
yurisdiksiya sudlari, xo‘jalik sudlari joriy etildi. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, Jinoyat 
kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va odil sudlovga oid boshqa qonunchilik bazasi 
vujudga keldi. Fuqarolarning sud himoyasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari 
kafolatlandi. 2000-yil 14-dekabrda “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda 
qabul qilinishi protsessual qonunchilikka sudlarda ish yuritishda tortishuvchilik 
prinsipini ta’minlash va amalga oshirish, jinoyat va fuqarolik tartibidagi ishlarni 
ko‘rishning barcha bosqichlarida prokuror hamda advokatning tengligini ta’minlash, 
odil sudlovni sifatli va tezkor amalga oshirish, sud qarorlari adolatliligini ta’minlash, 
yuqori turuvchi sudlarni yakuniy qaror qabul qilishda mas’uliyatini kuchaytirishga 
qaratilgan qator o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritilishini belgilab berdi. Shu 
maqsadda ishlarni apellyatsiya bosqichida ko‘rish tartibi joriy etilib, kassatsiya 
instansiyasi isloh qilindi. Natijada fuqarolik va jinoyat sudlarida birinchi instansiya va 
tergov organi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklarni tez hamda samarali 
ravishda bartaraf etish imkoniyati yuzaga keldi. 
Ikkinchi bosqich 2001-2009-yillarni o‘z ichiga olib, ushbu bosqich faol 
demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo‘lib, bunda 
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, siyosiy hayot, qonunchilik, sud-huquq tizimi va 
ijtimoiy sohalarni izchil isloh qilish ta’minlandi. Jinoiy jazolarni liberallashtirishning 
yangi bosqichi 2001-yil 29-avgustda “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat- protsessual kodekslari 
hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar 
kiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan boshlandi. Mazkur Qonunga ko‘ra: 
-
jinoyatlarning tasnifi o‘zgartirilib, og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarning 
qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 
toifasiga o‘tkazildi; 
-
jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan 
mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi; 
-
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdan mahrum 
etish jazolari o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash imkoniyati ancha 
kengaytirildi, 11 ta moddaga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda 
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmasligi haqidagi qoidalar kiritildi; 
-
jinoyat qonunchiligiga o‘zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi 
ko‘p asrlik an’analariga mos bo‘lgan yarashuv instituti kiritilib, o‘tgan yillar 
davomida yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish mumkin 
bo‘lgan jinoyatlar doirasi ham kengaytirib borildi. Respublikamiz bo‘yicha 
2015-yilda 14,482 nafar shaxs, 2016-yilda esa 14,843 nafar shaxsga nisbatan 
qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tomonlarning yarashganligi munosabati bilan tugatilib, 
ushbu shaxslar “sudlangan” degan ijtimoiy-huquqiy oqibatdan xalos bo‘lgan; 
-
ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olishning bir yarim yildan o‘n oygacha 
qisqartirilishi, alohida hollarda esa, bir yilgacha muddatga uzaytirilishi 
mumkinligining belgilanishi, tuman va shahar prokurorlarining tergov hamda 
ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilinishi odil 
sudlovni amalga oshirishga, sudga qadar ish yuritishning tezkorligi va sifatini 


207 
oshirishga, ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxslarni asossiz ravishda uzoq 
muddatda qamoqda saqlanishining oldini olishga imkon berdi; 
-
jinoyat ishini sudda ko‘rishning 2 oylik muddatining belgilanishi va sudlarda 
ishni ko‘rish muddatini uzaytirish tartibining joriy etilishi jinoyat ishlarini ko‘rishni 
asossiz ravishda kechiktirilishining oldini olishga xizmat qildi. 
Bu davr jinoiy jazolar tizimidagi o‘lim jazosini bekor qilinishi bilan ham 
ahamiyatlidir. Favqulodda jazo chorasi hisoblangan o‘lim jazosi 2008-yil 1- 
yanvardan e’tiboran jinoiy jazolar tizimidan chiqarilib, o‘rniga og‘irlashtiruvchi 
holatlarda qasddan odam o‘ldirish va og‘irlashtiruvchi holatlarda terrorizm jinoyatini 
sodir etganlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi. 
Mazkur bosqichning o‘ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, bunda sud 
hokimiyati bosqichma-bosqich mustahkamlandi, sudlarning mustaqilligi ta’minlandi, 
bu esa, o‘z navbatida, sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va 
ta’siridan chiqarish imkonini berdi. Jumladan, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan 
ta’minlash, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug‘ullanish vazifasi maxsus 
organ - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalami tanlash va 
lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatildi. 
O‘z navbatida, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 
to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi natijasida sud hujjatlari majburiy ijro 
etilayotganda yuzaga keladigan mulkiy yoki nomulkiy munosabatlarni tartibga solib, 
sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod 
qilindi. Shuningdek, prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini cheklash, 
prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga o‘tkazish maqsadida 2005-yil 
8-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamoqqa olishga sanksiya 
berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, mazkur tartib 
2008-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga oshirilishi belgilandi. 
Ushbu bosqichda amalga oshirilgan islohotlar natijasida siyosiy, iqtisodiy, 
davlat-huquqiy munosabatlarning butun tizimi modernizatsiya qilinib, fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya etishning huquqiy 
asoslari yaratildi. 
Uchinchi bosqich 2010-yildan 2016-yilga qadar bo‘lgan davrni o‘zi ichiga 
olib, mazkur bosqichdagi sud-huquq islohotlari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2010-yil 12-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 
qo‘shma yig‘ilishida so‘zlagan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” bilan bog‘liq 
bo‘lib, unda kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat barpo etishda 
sud-huquq tizimini izchil isloh qilishning eng muhim jihatlari aks etdi. Natijada 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2012-yil 18- sentabrdagi “Sud-huquq 
tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga 
muvofiq lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish 
tarzidagi protsessual majburlov choralarini sudyaning sanksiyasi asosida qo‘llash 
tartibi joriy etilib, jinoyat protsessida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini 


208 
yanada kengaytirish imkonini berdi. Bundan tashqari ushbu Qonunga muvofiq 
sudning jinoyat ishi qo‘zg‘atishga doir vakolati chiqarildi. Amaldagi qonunchilikda 
prokurorning sud majlisida ayblov xulosasini o‘qib eshittirish bo‘yicha majburiyati 
aniq belgilanmaganligi sudning maqsad va vazifalariga zid ravishda ayblov xulosasini 
sudyalar tomonidan o‘qib eshittirilishiga sabab bo‘lgan. Yuqoridagi Qonunga ko‘ra, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 439-moddasiga o‘zgartish 
kiritilib, birinchi instansiya sudida ish bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish 
majburiyati prokuror zimmasiga yuklatildi. 
Shuningdek, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlar ham davom 
ettirilib, 2015-yil 11-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul 
qilinishi natijasida jinoiy jazolar tizimiga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga muqobil 
bo‘lgan yangi jazo turi - ozodlikni cheklash jazosi kiritildi. Yurtimizda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi tadbirkorlik sub’yektlariga erkinliklar 
yaratish, ulami jadal rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 2015-yil 20- avgustdagi 
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik 
sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal 
rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va 
qo‘shimchalar 
kiritish 
to‘g‘risida”gi 
Qonunga 
ko‘ra, 
Jinoyat 
kodeksi 
189-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari dekriminalizatsiya qilinib, jinoiy 
qilmishlar doirasidan chiqarildi, shuningdek, 184-moddasi: “Birinchi marta jinoyat 
sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari 
bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun 
Ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa 
moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, 
javobgarlikdan ozod qilinadi”, degan beshinchi qism bilan to‘ldirildi. 
Sud-huquq tizimini isloh qilishning to‘rtinchi bosqichi 2016-yil sentabr oyidan 
keyingi davr bo‘lib, ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq 
va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, 2017-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish 
va 
faoliyati 
samaradorligini 
oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bilan sifat jihatdan yangi davr boshlandi. 
Qabul qilingan ushbu normativ hujjatlarda: 
-
sudlarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalik 
lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan 
so‘ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash); 
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va 
lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning o‘rniga 
Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud 


209 
hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga 
ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etish; 
-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sud hokimiyatining fuqarolik, jinoiy, 
ma’muriy va iqtisodiy sudlov sohasida yagona oliy organi sifatida davr talablari 
asosida yangidan shakllantirilgani, odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo 
to‘g‘ri kelmaydigan holat - sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qo‘shimcha tergovga 
qaytarish amaliyotiga chek qo‘yilgandi. Bugungi kunda xalqimiz kutayotgan adolatli 
qarorlar qabul qilishga har tomonlama qodir, irodasi mustahkam, yuksak kasb va 
ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan sud xodimlari tarkibini shakllantirish eng muhim 
vazifa bo‘lib qolmoqda; 
-
2017-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik 
sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi 
sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudini tashkil etish, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy 
nizolami, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib 
chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar ma’muriy sudlarini, tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tashkil etish 
belgilandi. 
Mazkur Farmon va Harakatlar strategiyasida qayd etilgan vazifalardan kelib 
chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2017-yil 29-aprelda 
“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida”, 2017-yil 6-aprelda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi. Sud hokimiyatining 
chinakam mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli 
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish 
kabi vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil etadi. 
2017-yilning 1-aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va 
boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sud 
muhokamasini adolatli va o‘z vaqtida o‘tkazish, jazoning adolatli va insoniyligi 
kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini 
oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda. Jumladan, qamoq tarzidagi 
jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda. Ya’ni 
jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq ta’sir choralaridan biri chiqarilayotganligi 
jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta’sir 
choralarining ilg‘or shakl va uslublarini keng qo‘llash bo‘yicha olib borilayotgan 
siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi. Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini 
tergov qilishning tezkorligini oshirish maqsadida jinoyat sodir etishda gumon qilingan 
shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog‘i 


210 
tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha 
dastlabki tergovning eng ko‘p muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda. 
Shuningdek, “Xabeas korpus” institutining qo‘llanish doirasini yanada 
kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat 
tartibida qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga 
qisqartirilishi fuqarolik huquqiy munosabatlarning barqarorligi, fuqarolik protsessi 
ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga 
xizmat qiladi. Yarashuv institutini jinoyat protsessida qo‘llash doirasini kengaytirish, 
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim turdagi jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan 
chiqarish, jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan 
jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish nazarda tutilmoqda. 
Ma’muriy sudlami, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini 
tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlami kelgusida 
ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda. 
Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib 
yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini 
takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish 
va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini 
kengaytirish rejalashtirilmoqda. 
Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat 
organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora- 
tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi 
to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash nazarda 
tutilmoqda. 
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va 
jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan 
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. 
Shuningdek, ushbu yo‘nalish 2018-2021-yillarda jinoyat va jinoyat- 
protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish kontsepsiyasini ishlab 
chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, 
tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam 
tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, 
advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilishni 
ham o‘z ichiga oladi. 
Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasidagi 
huquqbuzarliklar 
profilaktikasi 
hamda 
jinoyatchilikka 
qarshi 
kurashish 
samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi 
tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va 
sifatli bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida 2018-yil 14-fevralda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, 
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan 


211 
yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra, 
taraqqiy etayotgan poytaxt xavfsizligining garovi sifatida harakatlar yakdilligi asosida 
barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishning amaliy 
mexanizmini joriy etish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” ezgu g‘oyasi asosida har bir 
mahalla kesimida diniy-ekstremistik xususiyatga ega bo‘lgan huquqbuzarliklarni 
sodir etishning sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash hamda bartaraf etishga, 
birinchi navbatda, ekstremistik oqim mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolgan shaxslarni 
tuzatishga alohida e’tibor qaratish ishlari jadallashtirildi. 
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan 
uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlami ro‘yobga chiqarish uchun milliy 
valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning 
zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy 
byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun 
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, 
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy 
jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga 
solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer 
xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek, turizm industriyasini jadal rivojlantirish 
nazarda tutilgan. 
Shuningdek, ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, 
qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy 
korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda 
joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi. 
Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va 
liberallashtirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi vazifalar hal qilishini lozim: 
-
makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy 
o‘sish sur’atlarini saqlab qolish; 
-
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini 
modernizatsiya 
va 
diversifikatsiya 
qilish 
hisobiga 
uning 
raqobatbardoshligini oshirish; 
-
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; 
-
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya 
qilish hamda uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni 
davom ettirish; 
-
viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali hamda optimal foydalanish. 
Qayd etish lozimki, 2017-yilda Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot 
sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va 
samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy 


212 
munosabatlarni rivojlantirishning samarali sharti - dunyo bozoriga chiqish, kichik 
biznes va tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatda, investitsiyalar jalb qilishda 
qatnashishi, yangi, zamonaviy texnologiya va menejmentni joriy etishdir. 
Noaniqliklar manbai bo‘lgan globallashuv sharoitida dunyo iqtisodiyotida 
chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va tizimli islohotlarni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlashning omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 
ahamiyati ortib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Xitoyda ish bilan band aholining 
81,4 foizi, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 54,3 foizi, 
Yaponiyada mos ravishda 70,8; 67,0 foizi, AQSh da 50,6; 53,1 foizi kichik biznes 
ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. 
O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash borasida 
amalga oshirilayotgan islohotlar milliy iqtisodiyotimizda xususiy mulkning o‘rni va 
rolini, YaIMdagi ulushini izchil oshirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan 
foydalanishini kengaytirish, biznes muhitini yaxshilash, iqtisodiyotda davlat 
ishtirokini kamaytirishga qaratilgan. 
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentligiga saylangan birinchi 
kunlaridanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish siyosatini yuritmoqda. Bugun 
O‘zbekiston iqtisodiyoti erkinlashtirilmoqda: kichik biznes sohiblariga nazorat yuki 
pasaytirilmoqda, ba’zi 
inspeksion tashkilotlardagi 
byurokratik 
ovoragarchiliklarga barham berilmoqda, moliyaviy, soliq va bojxona tizimlarimiz 
liberallashtirilmoqda, xususiy biznesni hukumatdan himoyalovchi qonunlar qayta 
isloh qilinmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisi yig‘ilishidagi nutqida: “Bizning 
yana bir muhim vazifamiz - kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash 
hamda rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va 
barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat 
o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, 
aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va 
qudratli bo‘ladi” Shuning uchun bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga 
to‘sqinlik qilish - davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to‘sqinlik qilish, deb 
baholanadi. Prinsipial jihatdan g‘oyat muhim bo‘lgan bu pozitsiyamizni yana bir bor 
alohida ta’kidlab o‘tishni muhim va zarur deb hisoblayman” - deb ta’kidladi. 
Prezidentning 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan qabul qilingan “2017- 
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni yanada 
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish yo‘nalishida 
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, yetakchi xalqaro va chet el 
moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirishga katta ahamiyat qaratildi. Bu 
bilan, avvalo, xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali 
moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini 
ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda 2017-2020- yillarda Jahon bankining 3 


213 
milliard dollarlik kreditlari hisobidan 27 ta, Osiyo taraqqiyot bankining 2,97 milliard 
dollarlik kreditlarini jalb qilgan holda 20 ta loyiha amalga oshirilishdi. Shuningdek, 
2017-2021-yillarda Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollarlik kreditlari jalb 
qilinib, qator investitsiya loyihalari amalga oshirildi. 
Davlat dasturi bo‘yicha hamda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish milliy 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishida korxonalaming 
mablag‘lari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2017- 
2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta 
investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari belgilanib, amalga 
oshirilmoqda. Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat ob’ yekti ishga 
tushirildi. Bu O‘zbekiston uchun 2018-yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot 
ishlab chiqarish imkonini beradi. 
Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, O‘zbekistonda iqtisodiy siyosatni 
amalga oshirish bo‘yicha yondashuv o‘zgarib borayapti. Bu, avvalambor, aholining 
iqtisodiy faolligini oshirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgandir. 
Bunda asosiy e’tibor yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishni tashkil qilish 
hamda kengaytirishga xorijlik sheriklar va investitsiyalarni jalb etishga qaratilmoqda. 
Chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab 
chiqaradigan korxonalarni tashkil qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 
mamlakatimiz hududlarida erkin iqtisodiy zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilayapti va 
ularning 
geografiyasi 
kengayib 
bormoqda. 
2018-yilda 
mamlakatimizda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, 
Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 12 ta erkin iqtisodiy va 45 
ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ko‘rilgan tashkiliy choralar hududlarni jadal 
rivojlantirish imkonini bermoqda. 
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi 
bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini 
saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni 
yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini 
oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni 
saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini 
ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda 
ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta 
investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil etish 
orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda tutilgan. 
Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o‘rni tashkil 
etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar 
bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. 
Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini 
takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. 


214 
Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli 
tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus 
avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirildi. 
Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti 
quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar 
qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash 
maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus 
xarid qilish nazarda tutilmoqda. 
Umuman olganda, ushbu yo‘nalish doirasida bir qator muhim vazifalar belgilab 
olindi. Birinchi muhim vazifa sifatida barcha shahar va tumanlarda ommaviy sportni 
rivojlantirishga, jumladan, sport maydonchalari, piyodalar va velosipedchilar uchun 
yo‘laklar, ekoparklar, ta’lim dargohlaridagi sport zallaridan iborat sport 
infratuzilmasini yaratishga alohida e’tibor qaratish, Olimpiya va Paralimpiya 
harakatini rivojlantirish uchun sport maktablarini ko‘paytirish va yangi sport 
ob’yektlarini barpo etish hamda Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan har bir sportni 
rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks dasturlarni amalga oshirish 
nazarda tutildi. 
Ikkinchi muhim vazifa sifatida keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatish, ularni har tomonlama e’zozlash vazifasi belgilab olindi. Buning uchun 
keksa avlod vakillari, mehnat faxriylarining hayotini mazmunli va fayzli qilish, ular 
uchun munosib turmush sharoitini yaratish, sog‘ligini mustahkamlash bo‘yicha 
boshlangan ishlarni yanada kuchaytirish hamda “Uch avlod uchrashuvi”, “Keksalar 
haftaligi” singari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish, har bir tumanda 
faxriylarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini kengaytirish uchun alohida dasturlar ishlab 
chiqish va ularni amalga oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. 
Uchinchi muhim vazifa sifatida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqiy va 
qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida jahon tajribasidan kelib chiqib, 
nogironligi bo‘lgan fuqarolarni kafolatlangan ish o‘rni va daromad manbai bilan 
ta’minlash uchun ularga aniq kvotalar belgilash bo‘yicha amaldagi qonunchilikka 
tegishli o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutildi. 
To‘rtinchi vazifa sifatida ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni 
qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunarga o‘qitish va turar joy 
bilan ta’minlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi 
ta’kidlandi. Buning uchun “Mehribonlik uylari” va maxsus maktab- internatlarda 
yashayotgan bolalarni oilaga yaqin muhitda, bilimli va kasb-hunarli etib tarbiyalash 
uchun “Mehr daftari” doirasida boshlangan ishlarni izchil davom ettirish lozimligi 
belgilab olindi. 
Beshinchi vazifa sifatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashdek muhim masala 
kun tartibiga qo‘yildi. Unda ayollar bandligini ta’minlash, davlat va jamiyat 
boshqaruvidagi o‘rni hamda nufuzini yanada oshirish, ularning o‘z salohiyatini 
namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, gender tenglik, oila, onalik va 
bolalikni himoya qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 
Milliy dasturni qabul qilish lozimligi alohida qayd etildi. 


215 
Oltinchi vazifa sifatida navqiron yoshlarni, ayniqsa, qizlarni sog‘lom va yetuk 
etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, 
Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol 
toptirish lozimligi belgilab olindi. Buning uchun xorijiy davlatlarda bilim olayotgan, 
mehnat qilib daromad topayotgan mamlakat fuqarolarini, ularning O‘zbekistonda 
yashayotgan oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali 
chet ellarda yashayotgan mamlakat fuqarolari va ularning oilalari bilan aloqalarni 
kengaytirish, ularning bilim va salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga samarali 
yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish vazifalari belgilab olindi. 
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan 
beshinchi 
yo‘nalish 
doirasida 
respublikaning 
konstitutsiyaviy 
tuzumini, 
suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga 
chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini 
takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil 
etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek, 
Millatlararo 
munosabatlar 
sohasidagi 
siyosatning 
ustuvor 
yo‘nalishlari 
konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish 
nazarda tutilgan. Harkatlar Strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida quyidagi 
vazifalar aks etgan: 
5.1.
Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash 
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar: 
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy 
yaxlitligini muhofaza qilish; 
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini 
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik 
ko‘rsatish; 
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni 
mustahkamlash; 
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish; 
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan 
ekologik muammolarning oldini olish; 
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish. 
5.2.
Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlar: 
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro 
munosabatlarning teng huquqli sub’yekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, 
rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida 
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish; 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda 
olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish; 


216 
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining 
normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish masalalari aks etgan. 
Ushbu vazifalarning mantiqiy davomi sifatida taraqqiyot strategiyasida ikkita 
muhim vazifa ishlab chiqildi. Birinchi vazifa sifatida qurolli kuchlarimizning 
qudratini yanada oshirish masalasi qo‘yildi. Buning uchun harbiylarning jangovar 
shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini kuchaytirish hamda harbiy 
xizmatchilar va soha faxriylarini, ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, moddiy 
ta’minotini yanada yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash, farzandlarining zamonaviy 
bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish. 
Ikkinchi masala sifatida pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy 
diplomatiya borasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish vazifasi kiritildi. Buning 
uchun Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik 
va strategik sheriklik munosabatlarini tobora kuchaytirish, mintaqaning ajralmas 
qismi, yaqin qo‘shni bo‘lgan Afg‘onistonda tinch va osoyishta hayotni tiklash, bu 
mamlakatda iqtisodiy va gumanitar inqirozga yo‘l qo‘ymaslik uchun afg‘on xalqiga 
yordam ko‘rsatish, Afg‘oniston bilan birgalikda yirik transport-kommunikatsiya 
loyihalarini amalga oshirish masallalari kun tartibiga qo‘yildi. 
Rossiya, Xitoy, Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Hindiston, Pokiston, 
Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Аmirliklari va 
dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali 
aloqalarni kengaytirish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan 
tuzilmalari, Parlamentlararo ittifoq, xalqaro moliyaviy institutlar va mintaqaviy 
tashkilotlar, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik 
Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy Kengashi Iqtisodiy hamkorlik 
tashkiloti bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi, amaliy ma’no- mazmun bilan 
boyitish masalalari kun tartibiga qo‘yildi. 
2021-yil qayta 
saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy 
Majlis palatalari qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi “Harakatlar Strategiyasidan - 
taraqqiyot startegiyasi sari” deb nomlandi. Unda taraqqiyot strategiyasi doirasida 
amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ular quyidagilardan iborat: 
1.
Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, 
inson qadr-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash. 
2.
Adolat va Qonun ustuvorligi hamda inson qadr-qimmatini ta’minlash. 
3.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. 
4.
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish va inson kapitalini rivojlantirish. 
5.
Ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish. 
6.
Global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini 
topish. 
7.
Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 
Umuman olganda, Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi 
O‘zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, 


217 
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli 
fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, 
davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishladi. 

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin