O‘zbekistonning eng yangi tarixi (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun) Darslik Toshkent 2021


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini



Yüklə 1,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/80
tarix06.10.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#152660
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Eng yangi tarix kitob

2.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiy- normativ 
hujjatlar. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Xalqaro 
reytinglar 
tizimiga 
integratsiyalashuvidan ko‘zlangan asosiy mezon va maqsadlarga to‘xtaladigan 
bo‘lsak, bu masala yuzasidan qator fikr va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning 
2018-yil 
28-dekabrda 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida ham 
yuritilgan edi. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa 
xalqaro reytinglarda qatnashishi hamda unda mamlakatimizning egallagan o‘rnini 
yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, 
mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan kuchli 
parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish va boshqa vazifalar belgilangan edi. 
Shuni alohida qayd etish kerakki, reytinglar ichida eng mashhurlari, 
investitsiya jalb qilinishida muhim o‘rin tutadiganlari sirasiga “Standard and Poors”, 
“Moodys”, “Fitch Ratings” agentliklari hamda yirik auditorlik va konsalting 
kompaniyalari tomonidan e’lon qilib boriladigan baholash mezonlarini ham kiritish 
mumkin. Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan agentliklar tomonidan e’lon 
qilinadigan suveren kredit reytingiga O‘zbekistonning ham kiritilishi bo‘yicha ishlar 
olib borilyapti. Biroq bu ishlarni hozircha qoniqarli deb bo‘lmaydi. Aytaylik, bir qator 
indekslar bevosita investitsion faoliyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni e’lon qiladi. 
Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar indeksi (FDI index) 62 ta mamlakatda 22 
sohani o‘z ichiga qamrab olgan holda qonunchilik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tahlil etadi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning ishonchlilik darajasini ko‘rsatuvchi “FDI 
Confidence” indeksi global konsultatsion kompaniya bo‘lmish “A.T.Kearney” 
tomonidan belgilanib, 40 ta mamlakat bo‘yicha tahlillarni reyting ko‘rinishida chop 
etadi. 
Afsuski, mazkur indekslardan o‘rin olgan davlatlar qatorida hozircha 
mamlakatimiz yo‘q. Bu esa yurtimizga potensial investorlarning kirib kelishiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakat ichkarisida investitsion muhit qanchalik qulay va 
jozibador bo‘lmasin, uning xalqaro maydondagi targ‘iboti yetarli darajada bo‘lmas 
ekan, bir joyda depsinib turilaveradi. 
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida 


221 
mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeyini ko‘tarish, ko‘rsatkichlarning xolis 
va haqqoniy baholanishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, Prezidentimizning 2020-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va 
mustaqil 
tizimini 
shakllantirish, 
shuningdek, 
respublikamizning 
xalqaro 
reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash yo‘llari atroflicha belgilab berildi. 
Mazkur hujjatga muvofiq vazifalar 3 ta asosiy yo‘nalishda ish olib 
borilayotgani alohida e’tiborga molik. Ya’ni: 
1.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring 
qilish va baholashning milliy tizimi, ya’ni Milliy monitoring tizimining yaratilishi. 
2.
Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat 
organlari faoliyatidan qoniqish darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy 
mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutining joriy 
etilishi. 
3.
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining 
yaratilishi esa ushbu yo‘nalishda samarali muloqot va axborot almashinuviga xizmat 
qiladigan imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi. 
Shu yilning 5-fevral kuni davlatimiz rahbari “Jahon banki va Xalqaro moliya 
korporatsiyasining “Biznes yuritish” 
yillik hisobotida O‘zbekiston 
Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unda mamlakatimizni xorijlik investorlar uchun 
yanada jozibador hududga aylantirish, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzi va 
investitsion imijini keskin yuksaltirishga xizmat qiladigan vazifalar bayon etilgan. 
Qarordan kelib chiquvchi asosiy strategik maqsad mamlakatda 2022-yilgacha Jahon 
banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon 
mamlakatlarining 
birinchi 
yigirmataligi 
darajasiga 
mos 
keladigan 
qulay 
shart-sharoitlarni yaratishdir. 
Mazkur qarorda ta’kidlanganidek: “So‘nggi bir necha yillar davomida 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini 
va tartibga solish jarayonlarini takomillashtirishga, qulay biznes muhitini va xalqaro 
maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar 
ko‘rildi. Oxirgi 5 yil davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingida 
O‘zbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-o‘rindan 76-o‘ringa ko‘tarildi. 
Shu bilan birga, amaliyotda, xususan, qurilishga ruxsatnomalar olishda, mulkni 
ro‘yxatdan o‘tkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda 
tadbirkorlik sub’yektlari duch kelayotgan ortiqcha byurokratik tartib-taomillar 
hanuzgacha saqlanib qolmoqda” Anglashilmoqdaki, O‘zbekiston 2022-yilga qadar 
yana kamida 56 pog‘ona yuqorilashi kerak. 
Shu o‘rinda mavzuga oid yana bir ma’lumotni keltirib o‘tish maqsadga 
muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Jahon banki 
va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida: 


222 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro 
reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki 
yilda egallab turgan mavqeyini chuqur o‘rganishni ta’minlanishi”, deya qayd etilgan 
edi. 
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillar mobaynida O‘zbekistonda hayotning barcha 
jabhalarini qamrab olgan ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bularning barchasi 
xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, xalqaro reyting 
agentliklari o‘z indekslarida O‘zbekistonni yuqori o‘rinlarda qayd eta boshlayotgani 
mustaqillik yillarida birinchi bor kuzatilmoqda. Bu davlatimiz uchun, xalqimiz uchun 
juda katta yutuq. Masalan, O‘zbekiston Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” 
indeksida 5-pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 
19-pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18- pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni 
tasniflash” tizimidagi 6-guruh davlatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga 
ko‘tarilgani ham mazkur o‘zgarishlar natijasidir. Xalqaro reytinglarda yuqori 
o‘rinlarni olish dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan e’tibori, chet el 
investorlarining qiziqishini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Demak, bu 
masalaga jiddiy qarash kerakligini hayotning o‘zi talab etadi. Ammo ayrim sohalarda 
reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani va xalqaro tashkilotlar 
tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotgani 
oqibatida yetakchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston hamon quyi 
pog‘onalarda qolmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 2-iyun kuni 
imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash hamda davlat organlari hamda tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning 
yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni shu jihatdan qayd etib o‘tilgan 
kamchiliklarga chek qo‘yishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi. 
Farmonda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi 
imijini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting hamda 
indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish 
maqsad qilingan. Hujjatda bu boradagi aniq vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ushbu 
vazifalarni bajarish jarayonida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha 
Respublika 
Kengashi 
tashkil 
etildi. 
Mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga 
oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro 
reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga xizmat qilishini 
ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf 
etish mazkur kengashning asosiy vazifalari etib belgilandi. 



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin