223
3.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini
oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar.
O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda
mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini
takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan
davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha
tashabbuslarni ilgari surish ham Respublika Kengash (yuqorida qayd etilgan) oldidagi
asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Shuningdek, Kengashning asosiy vazifalari
qatorida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini
tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning xalqaro reyting va
indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini
ta’minlash belgilangan.
Binobarin, bundan buyon davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga
solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari O‘zbekistonning
xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga ta’siri nuqtayi nazaridan kompleks baholab
boriladi.
Kengash O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda
mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va
amalga oshirilishi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishini
nazorat qilib boradi. Farmonda belgilab berilgan vazifalar kengash ishchi organlari
bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, bundan buyon mas’ul davlat organlari birinchi
rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda
mamlakatning o‘rnini yaxshilash belgilandi. Mutasaddi vazirlik va idoralar o‘zlari
mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi uchun e’lon qiluvchi
tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan
hamkorlik qilishi nazarda tutiladi. Bu jarayonda Jahon iqtisodiy forumining Global
raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha
chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Dunyoning nufuzli reyting agentliklari e’lon qilib
borayotgan mazkur reyting ko‘rsatkichlari ushbu ro‘yxatda ishtirok etayotgan
mamlakatlarning xalqaro maydondagi obro‘sini ham belgilab beradi. Unda yuqori
o‘rinlarni olgan mamlakatlarga investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, yangi g‘oyalar
ham oqib kelishi barchaga ma’lum.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash
bo‘yicha tashkil etilgan Respublika Kengashi Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Senat
raisi Kengashga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari Kengash ishchi organlari sifatida
Moliya va Adliya vazirligi belgilangan. Ular mos ravishda ijtimoiy- iqtisodiy va
siyosiy-huquqiy reytinglar bo‘yicha ish olib borishadi. Shuningdek, “O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro reytinglarda” yagona portali ham ishga tushirildi. Kengash
ishchi
organlari Axborot
texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining
uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi.
Farmon bilan shuningdek, O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting
224
va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi.
Shu bilan birga, mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni
kengash ishchi organlariga zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim
etadi. Bundan tashqari, farmonga muvofiq, Adliya vazirligi markaziy apparati
tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan
soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro
reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining
asosiy vazifasi ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning
o‘rnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:
1.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot
darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub
o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning
samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
2.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni
demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi
sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
3.
Davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan
NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning o‘rniga ta’siri nuqtayi nazaridan
kompleks baholab borish. Ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha
mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash - mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining
faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri bo‘lib, u bo‘yicha eng
muhim ko‘rsatkichlar (KPI) belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar
bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘satkichlari quyigilardan iborat:
Tt/r Toifalar nomlanishi Joriy holat 2020-yil
2022-yil
2030-yil
Suveren kredit reytinglar (Sovereign Credit Ratings)
11 Fitch Ratings «BB-»
(barqaror) «BB-»
(barqaror) «BB»
(barqaror) «BBB-» (ijobiy)
12 S&P Global Ratings «BB-»
(barqaror) «BB-»
(barqaror) «BB»
(barqaror) «BBB-»
(i
J
obi
y
)
2
“Biznes yuritish” indeksi (Doing Business Index) 69,90
(69-o‘rin)
72,43 77,08 89,36
21
Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (Starting a Business) 96,2 96,2
97.2
97,45
22
Qurilish uchun ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction
225
Permits)
61,7 64,7 70,7 88,2
23
Elektr ta’minoti tizimiga ulanish (Getting Electricity) 86,9 88,4
91.4
97,4
24
Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish (Registering Property)
67,9 70,9
76.9
91,9
25
Kredit olish (Getting Credit) 65
70
75
90
26
Minoritar investorlarni himoya qilish (Protecting Minority Investors)
70
72
76
90
27
Soliqlar to‘lovi (Paying Taxes) 77,5 79
82
91
28
Xalqaro savdo (Trading across Borders)
58,2 61,2 67,2 88,2
29
Kontraktlar ijrosini ta’minlash (Enforcing Contracts)
71,9 74,4
78.9
85,9
210 To‘lovga qobiliyatsizlikni hal qilish (Resolving Insolvency) 43,5
47.5
55,5 74,5
3
Boshqaruvsifati indikatorlari (Worldwide Governance Indicators)
31
Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik / terrorizmning mavjud emasligi
(Political Stabilityand Absence of Violence / Terrorism) 44,3 (136-o‘rin) 46,3
50.3
66,3
32
Hukumat samaradorligi (Government Effectiveness) 39,1
(139-
o‘rin) 41,1 45,1 61,1
33
Tartibga solish sifati (Regulatory Quality) 27,9 (184-o‘rin)
31,9
39.9
71,9
34
Aholini fikrini inobatga olish va hisobdorlik (Voice and
Accountability)
17,7 (182-o‘rin) 21,3 28,5 57,3
35
Huquq ustuvorligi (Rule of Law) 28,5 (191-o‘rin)
31,5 37,5
61.5
36
Korruptsiyani tiyib turish (Control of Corruption) 28,6 (183-o‘rin) 31
39
71,6
4
Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi (E-Government Survey)
41
Elektron
hukumatni rivojlantirish indeksi
(E-Govemment
Development Index)
0,62 (81-o‘rin)
0,66 0,70 0,86
42
Telekommunikatsiya infratuzilmasi
indeksi (Telecommunication
Infrastructure Index) 0,33 0,40 0,47 0,75
43
Inson kapitali indeksi (Human Capital Index) 0,74 0,76 0,78
0,
86
44
Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksi (Online Service Index) 0,79 0,82 0,85
0,97
45
Elektron ishtirok etish indeksi (E-ParticipationIndex)
0,76
(59-
o‘rin) 0,78 0,80 0,88
5
“Korruptsiyani qabul qilish” indeksi (Corruption Perception Index) 25
(158-o‘rin) 27
31
65
6
“Logistika samaradorligi” indeksi (Logistics Performance Index)
51,55 (99-o‘rin) 56, 4461, 2880,61
226
61
Bojxona 42,07 48,07 54,07
78,07
62
Infratuzilma 51,40 56,40 61,40 81,40
63
Xalqaro jo‘natmalar 48,47
53,47 58,47 78,47
64
Logistika xizmatlarining sifati 51,75 55,75 59,75 75,75
65
Yuklarni kuzatib borish imkoniyati 54,18 59,18 64,18 84,18
66
Yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish imkoniyati 61,80 65,80 69,80
85,80
7
Jahon bankining Statistik
salohiyat indeksi (Statistical Capacity
Indicators of the World Bank) 64,4 67,8 74,4 100,0
8
Iqtisodiy erkinlik indeksi (Economic Freedom Index) 57,2
(114-
o‘rin) 57,2 63,6 82,3
81
Huquq ustuvorligi Mulkchilik huquqi 59,1 59,1 63,8 82,8
Sud faoliyati samaradorligi 34,20 34,20 43,02 78,30 Davlatning
yaxlitligi
28,20 28,20 34,20 58,20
82
Davlat aralashuvi darajasi
Soliq yuki 91,60 91,60 92,42 95,70
Davlat xarajatlari 74,70 74,70 77,64 89,40
Fiskal salomatlik 98,90 98,90 98,80 99,50
83
Tartibga solish samaradorligi Biznes erkinligi 72,60 72,60 76,98
94,50
Mehnat bozori erkinligi 59,90 59,90 64,06 80,70
Monetar erkinlik 59,90 59,90 63,00 75,40
84
Bozorlarning ochiqligi Savdo erkinligi 67,60 67,60 68,80 73,60
Investitsiyalar erkinligi 20,00 20,00 40,00 80,00
Moliyaviy erkinlik 20,0020,00 40,00 80,00
9
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga
xos xatarlarni tasniflash tizimi (OECD Country risk classification) 5-guruh
10.
Inson kamoloti indeksi (Human Development Index) 0,71
(108-
o‘rin) 0,72 0,74 0,82
227
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va
indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini
tizimli rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilayotganiga uzoq vaqt
o‘tmagan bo‘lsada, ayrim sohalarda oldinga siljishlar kuzatildi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning
ta’kidlashicha: “Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning
sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati
tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida
ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo‘llanib kelinadi.
Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YuNIDO)
“Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisoboti chop etildi. Unda
mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o‘rinni, MDHga
a’zo davlatlar orasida 5 o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2 o‘rinni
egallagan (2020-yil holatiga). Shuningdek, iqtisodiyotda davlatning rolini
kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish istiqbollarini
yaxshilashga qaratilgan bosqichma- bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining
“Biznes yuritish” indeksida 76- o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilishimizga, “Transparency
International”ning
10.1
0,90
10.2
10.3
11.
(94-o‘rin)
11.1
11.2
11.3
11.4
11.5
11.6
11.7
11.3
12.
(157-o‘rin)
12.1
12.2
12.3
12.4
12.3
13.
o‘rin) 47
Kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi indeksi 0,79 0,80 0,82
Ta’lim indeksi
0,72 0,73 0,75 0,83
Daromad indeksi
0,63 0,64 0,66 0,74
Huquq ustuvorligi indeksi (Rule of law, World Justice Project) 0,46
0,48 0,51 0,64
Hukumat vakolatlarining cheklanganligi 0,33 0,35 0,39 0,55
Korruptsiyaning mavjud emasligi 0,38 0,39 0,43 0,60 Hukumatning
ochiqligi
0,31 0,33 0,37 0,53
0,39 0,40 0,42 0,50
0,91 0,91 0,92 0,96
0,44 0,45 0,47 0,55
0,51 0,53 0,57 0,73
0,46 0,50 0,66
Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi(Democracy Index) 2,01
2,07 2,29 4,8
Saylov jarayoni va plyuralizm 0,08
Hukumat faoliyati 1,86 1,95 2,2
Siyosiy ishtirok
2,22 2,27 2,35
Demokratik siyosiy madaniyat 5,0 Fuqarolar erkinligi 0,88 0,95 1,1
Matbuot erkinligi indeksi (World Press Freedom Index) 53,07
(15638
20
Fundamental huquqlar
Tartib va xavfsizlik
Qonunlarga rioya etish
Fuqarolik odil sudlovi
Jinoiy odil sudlov 0,44
0,09
5
5
5,1
4,0
0,5
4
5,3
6,0
228
Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Projecf’ning Qonun
ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o‘rni yaxshilanishiga olib kelgan”.
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda
tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish borasidagi
davlat siyosati, bu tegishli huquqiy-normativ hujjatlarning qabul qilinishi, mazkur
yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf
etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar, birinchi navbatda, respublikada olib
borilayotgan islohotlarning natijasini jahon miqyosida e’tirof etishga qaratilgan
bo‘lsa, eng asosiysi, bu harakatlar xalqning farovonligi va turmush tarzining
yaxshilanishi va haq-huquqlarining himoya qilinishi tizimining yanada yuqori
saviyaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasida olib
borilayotgan islohotlar nafaqat ichki tartib-qoidalar, ya’ni tegishli hukumat organlari
va nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan, balki jahonda tan olingan xalqaro
reyting va indekslarning (mustaqil) identifikator- laridagi reytinglari asosida
baholanib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga
integratsiyalashuv jarayonini tezlash- tirishga, dunyo miqyosida respublikadagi
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amaldagi
natijalarini yaqqol ko‘rsatishga xizmat qilib, rivojlangan davlatlarning respublikaga
turli ko‘rinishdagi investitsiyalar kiritish imkonini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |