O‘zbekistonning eng yangi tarixi


Avesto qadimgi ajdodlarimiz ma’naviy hayotini o‘rganishda muhim manba



Yüklə 71,98 Kb.
səhifə5/8
tarix06.04.2023
ölçüsü71,98 Kb.
#94132
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Kirish.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” O‘quv faninin

5. Avesto qadimgi ajdodlarimiz ma’naviy hayotini o‘rganishda muhim manba.
Avesto” – Turonzamin hududlarida shakllangan qadimiy din –zardushtiylikning muqaddas kitobidir. Unda o‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg‘on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ahloqiy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-ahloqiy qarashlar o‘z ifodasini topgan.
“Avesto”da zardushtiylarning muqaddas olovi-“azar-xurra” birinchi marta yoqilgan mamlakat, hamda Axuramazda Zardushtga nomoyon bo‘lgan mamlakat sifatida “Aryonam vayjo” eslatiladiki “Avesto”da keltirilgan geografik-iqlimiy sharoitlar ko‘proq Xorazmga mos keladi. Shuningdek, “Avesto”da Axuramazda tomonidan yaratilgan mamlakatlar sanab o‘tilgan. Birinchi o‘rinda “Aryanam-vayjo” (Xorazm) turib, “go‘zallikda u bilan dunyoda hech narsa tenglasha olmaydi” deyiladi. Keyin “odamlarga va chorvaga boy Gava (So‘g‘d)”, “Qudratli va muqaddas Mouru (Marg‘iyona)”, “Bayroqlari baland ko‘tarilgan mamlakat Bahdi (Baqtriya)” ta’riflanadi. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib “Avesto” Vatani O‘rta Osiyo ekanligi haqida xulosa chiqarishimiz mumkin.
“Avesto”ni fransuz olimi Anketil Dyu Peron birinchi bo‘lib tadqiq etgan. 1771-yilda u “Avesto”ni fransuz tiliga tarjima qiladi. Dastlabki “Avesto” 21 ta kitobdan iborat bo‘lgan. Bizgacha “Avesto”ning Yasna –“qurbonlik keltirish”, Visprat –“hamma hukmronlar”, Yasht –“qadrlash”, Videvdat –“devlarga qarshi qonun” qismlari saqlanib qolgan. “Avesto”da ahmoniylargacha bo‘lgan geografik, hududiy nomlar, atamalar, ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar, siyosiy tarix, diniy falsafa va turli ma’lumotlar saqlangan.
“Avesto”da tilga olingan ko‘plab mamlakatlar - Markaziy Osiyo (Xorazm, Zarafshon vohasi) va O‘rta Sharq, Afg‘oniston, Eronning shimoliy-sharqiy hududlari bilan bog‘liqdir. Yasht qismlari oriylarning erlari haqida quyidagicha e’lon qiladi: “U mamlakatning jasur sardorlari ko‘pdan ko‘p harbiy yurishlar qiladi, Uning keng yaylovlarga ega, suvga serob tog‘larida chorva tinch o‘tlov va emish bilan ta’minlangan, bu erdagi sersuv chuqur ko‘llar to‘lqinlanib turadi, kema qatnaydigan keng daryolarning oqimi Pourutadagi Eskta, Xaravaydagi Mouru, So‘yoddagi Gava va Xvarizam tomoniga toshib intiladi”.
“Avesto” ma’lumotlariga ko‘ra, Kayoniylar sulolasining so‘nggi vakillaridan biri Kavi Vishtasp payg‘ambar Zaratushtraga homiylik qiladi. Zaratushtra yashab faoliyat ko‘rsatgan davr xaqida aniq fikr yo‘q. Tadqiqotchilar bu davrni mil.avv. II ming yillik o‘rtalaridan milodiy I ming yillik o‘rtalarigacha deb belgilaydilar.
“Avesto” dastlab 21 kitobdan iborat bo‘lgan. Bizgacha uning ayrim qismlarigina saqlanib qolgan. Bu qadimgi qismlar Yasna, Visparat, Yasht va Videvdat deb nomlanadi. Zamonamizgacha etib kelgan Avesto qismlari milodning III-VII asrlarida tahrir qilingan. “Avesto” boblari “pahlaviy”- o‘rta fors alifbosi asosida 48 ta belgili yozuvdan iboratdir.
Zardushtiylik dini Ahmoniylar saltanatining (mil.avv.VI-IV asr) davlat diniga aylantirilgan. Zardushtiylikning g‘oyalari matnlari miloddan avvalgi IV asrda to‘planib, 21 kitob qilinadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha “Podsho Doro ibn Doro hazinasida 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxa bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron etib, ularda xizmat qiluvchilarni o‘ldirgan vaqtida uni kuydirib yubordi. Shuning uchun ham “Avesto”ning 3/5 qismi yo‘qolib ketdi”.
Sosoniylar (224-651) davriga kelib “Avesto” tili “o‘lik”, tushunarsiz bo‘lib qolgan, ammo to‘plamda eski so‘zlar va tushunchalarning hammasi saqlangan. “Avesto” tili eroniy tillarning eng qadimgi shevalaridan biri bo‘lgan va, olimlar fikriga ko‘ra, qadimgi fors tiliga nisbatanancha oldingi bosqichda, miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri - I ming yillikning boshlarida paydo bo‘lgan.
Avestoga ko‘ra jamiyatning boshqaruv tartibi ham alohida ahamiyatlidir. Manbada keltirilishicha, oriylar o‘lkasi quyidagi to‘rtta ma’muriy hududiy birlikka bo‘linadi: 1-patriarxal oilaga tegishli bo‘lgan turar-joylar (nmana); 2-qishloqlar (vis); 3- tumanlar (zantu); 4-viloyat -o‘lka (daxyu). Ushbu birliklarning har biri o‘z yo‘lboshchisiga ega bo‘lgan: 1-nmanopati (uy boshlig‘i); 2-vispati (qishloq boshlig‘i); 3-zantupati (tuman oqsoqoli); 4-daxyupati (viloyat-o‘lka yo‘lboshchisi).
Eng yirik uyushma «daxyusasti» (viloyatlar ustidan hukmronlik yoki viloyatlar uyushmasi) edi. Bunday uyushmaning hukmdori «butun daxyular daxyupatisi» deb atalgan. Qiyosiy tahlillar asosida ahmoniylar davridagi «shohlar shohi» unvoni Avestodagi unvonga borib taqalashini taxmin qilish mumkin. Avestoda shuningdek, «kavi», «sastar» va «xatra» kabi boshqaruv bilan bog‘liq bo‘lgan unvonlar ham uchraydi. «Kavi» (forschada «kay») unvoni Avestoda ko‘p uchraydi. Bu unvon nafaqat katta o‘lkalar podsholari, balki kichik mulklar hukmdorlariga ham berilgan. Qal’alar, tumanlar va viloyatlar hukmdorlari «sastar» unvoni bilan atalgan. «hokimiyat», «qudrat» ma’nolarini beruvchi «xshatra» unvoni tumandan tortib o‘lkalar hukmdorlarigacha berilgan.
Zardushtiylarda oilaning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan muomala odobi, xulqi, insonning tashqi madaniyati, o‘zaro munosabatlaridagi o‘zni tutish qonun-qoidalari xususida atroflicha bayon etilgan. Unda bayon qilingan yaxshilik va yomonlik mezonlarini teran anglash har bir insonning halol mehnat asosida rizq topishiga, hunar va ilm olishiga, o‘zgalarni hurmat qilishiga, oila va jamiyatni teran anglab etishiga xizmat qiladi.
Shuningdek u butun insoniyatni ezgulikka chorlovchi, komillik sari etaklovchi, tabiat, jamiyat va insonni axloqiy va estetik mezonlar asosida uyg‘unlashtiruvchi har qanday ma’naviy tarbiya jarayonining tamal toshlaridan biridir. Ajdodlarimizning tabiat va jamiyatda yaxshilik va go‘zallikni qaror toptirish uchun yer, olov va havoni ilohiylashtirgan holda insonda yuksak insonparvarlik fazilatlarini ko‘zda tutganlari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Unda oila va jamiyat, inson olamining azaldan yaxlit va bir butun ekanligini uqtirish natijasida har bir inson tabiat ne’matlaridan bo‘lgan suvni tejash, bulg‘amaslik, tuproqni iflos qilmaslik, hayotda doimo ozodalikka rioya qilib yashash tamoyillariga amal qilsa, uning doimo g‘olib bo‘lishiga ishonch tuyg‘usini shakllantirib, har bir insonni ana shu tamoyil asosida yashash ruhida tarbiyalaydi.
Bu borada diniy va ijtimoiy ta’limotga ko‘ra oilada sog‘lom turmush tarzi, tozalik, ozodalik, pokizalik kabi madaniyatning muhim elementlari targ‘ib etiladi. Unda nafaqat xalqimizning yuksak axloqiy-estetik madaniyatining namunasi, balki umuman Markaziy Osiyo xalqlarining buyuk ma’naviy xazinasidir. Zero, «Avesto» Turon, Xuroson, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi manbadir.
Axloqiy madaniyatning ko‘rinishlari, ayniqsa oilada farzandlarga va ota onaga bo‘lgan munosabat muammolari bilan bog‘liq masalalarga katta e’tibor qaratilganini ko‘rish mumkin. Zardo‘shtiylar uchun butun tabiatni – er, suv, daraxt, o‘simlik, jonivorlarni e’zozlash, erga ishlov berib, sug‘orib, bog‘-rog‘lar va ekinzorlar barpo etish, chorvachilikni keng yo‘lga qo‘yish, suv va olovni muqaddas tutish bir so‘z bilan aytganda bunyodkorlik, yaratuvchanlik hayotiy maqsad bo‘lgan. Unda shaxsning axloqiy-estetik madaniyati ifodalovchi tushunchalar sifatida «go‘zallik», «beg‘uborlik», «yaxshilik», «ezgulik» namoyon bo‘ladi. Bu esa axloqiy-estetik madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq hodisa sifatida ifolanganidan dalolat beradi.
Muqaddas manbadagi axloqiy-estetik madaniyat insonlarni mehnat qilib, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib to‘q, farovon hayot kechirishga dav’at etilganligida aks etadi. Zero inson o‘z mehnati orqali tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni o‘zgartiradi, ularni insoniylashtiradi va nafosatlashtiradi. Shu asnoda o‘zining ham axloqiy-estetik madaniyatni yuksaltiradi.
“Avesto”da «Inson uy tiklab, oilasiga, xotini va farzandlariga, podalariga o‘rin ajratib bersa, yem-xashak ko‘p bo‘lib, chorvasi va itlari to‘q yashasa, uyida noz-ne’matlar muhayyo bo‘lib, xotin va farzandlari farovon yashasa, o‘sha manzil muhtaramdir» - deyiladi. «Avesto»da ilgari surilgan axloqiy va estetik qarashlar jamiyatda har bir shaxsning yuksak madaniyatga ega bo‘lish, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal g‘oyasiga asoslanib farovon hayot yaratishni aks ettiradi. «Avesto»da insonning oilaviy turmush tarzi, yashashi, madaniyati, ma’naviyati nafosat dunyosi eng yaxshi insoniy fazilatlar orqali namoyon bo‘ladi.
Insonning oilada faoliyati uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ya’ni yaxshilik va go‘zallikni tarannum etuvchi, yomonlik va xunuklikni qoralovchi o‘gitlar, pand-nasihatlardan iborat bo‘lgan axloq va nafosat normalari o‘z aksini topgan. Masalan “Yaxshi a’molli zotlarning eng oliy xohishi yangi dunyo qurmoqlikdir.
Mazkur muqaddas manba butun insoniyatni ezgulikka chorlovchi, komillik sari etaklovchi, tabiat, jamiyat va insonni axloqiy va estetik mezonlar asosida uyg‘unlashtiruvchi qadriyatdir. Har qanday ma’naviy tarbiya jarayonining tamal toshlaridan biridir. Insoniyat tarixi yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik, ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va buzg‘unchilik o‘rtasidagi tinimsiz kurashlardan iborat ekanligini ko‘rsatar ekan, bunda kimki “ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” tamoyiliga amal qilsa, uning doimo g‘olib bo‘lishiga ishonch tuyg‘usini shakllantirib, har bir insonni ana shu tamoyil asosida yashash ruhida tarbiyalaydi.




Yüklə 71,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin