4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev barkamol avlod va ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarix fanining o‘rni va saboqlari xususida.
Tarix fanini o‘rganishda ma’lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy g‘oya va nazariyalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular tarix fanining mazmun va mohiyatini chuqurroq anglashga shuningdek fanni o‘rganishning maqsad va vazifalarini kengroq ochib berishga yordam beradi. Shuning uchun ham uni ma’lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy-nazariy asoslariga tayangan holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan Birinchi Prezident Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q", «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» nomli asarlarida "O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, "Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir" degan so‘zlarida tarixiy haqiqatni va ma’naviy o‘zlikni angalashga undovchi, teran ilmiy-nazariy fikrlarni ilgari surgan edilar.
Ushbu tamoyillar Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan izchil davom ettirilib, mustaqillik yillarida haqqoniy tariximizni o‘rganish borasida ko‘plab ilmiy va nazariy xulosalarni berib kelmoqda. Ayniqsa uzoq yillar mobaynida yo‘l qo‘yilgan ayrim xato va kamchiliklarni ro‘y rost tanqidiy tahlil qilinishi ham muhim voqea bo‘ldi. Bu borada o‘z fikr mulohazalarini bildirgan Prezidentimiz quyidagilarni qayd etadi: ”Afsuski, yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘tgan davrlarda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San’atshunoslik institutlari faoliyatini, oliy o‘quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur.
Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim”1.
Qadimgi noyob yodgorliklar, madaniy meros ob’ektlarining tarixiy-madaniy qimmati, ularni asrab avaylash, xalqimiz, jumladan yosh avlod tarbiyasi va ma’naviyatida tutgan o‘rni xususida gapirgan mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev, birgina Axsikent arxeologik yodgorligi misolida qayd etadi. Tarixiy manbalarda, xususan, “Boburnoma”da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko‘p yozilgan. Qadimdan bu erda er osti suv inshooti bo‘lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan Axsikent xarobalari Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan.
Bunday tarixiy yodgorliklar O‘zbekiston hududida ko‘plab topiladi. Tarix fanini o‘rganish ko‘p ma’noda tarixiy manbalarga tayanadi. Busiz umuman fanni va uning ob’ektini tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, bizgacha etib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan xarakterlidir”.
Tarix fani va unga oid bilimlar jamiyat manfaatlariga, insonlarning ma’naviy dunyosiga ijobiy ta’sir qilishi, kishilarda tarixiy xotira, ajdodlar merosidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘ota olishi lozim. Bu borada o‘z fikrlarini bayon qilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomada, oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishi zarur2, degan edi.
Aynan ushbu Murojaatnomada xalqimiz tarixi, moddiy va ma’naviy madaniyatini keng jamoatchilikka etkazish hamda jahon miqyosida targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi negizida “O‘zbekiston tarixi telekanali” ni tashkil qilish taklifini ilgari surgan edi. Mazkur taklif asosida 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ushbu telekanal o‘z ish faoliyatini boshladi.
Davlat rahbari o‘z chiqishlari va murojaatlarida 2020 yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, ma’rifat mash’alini baland ko‘tarib chiqqan alloma va adib Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasini keng nishonlanishini bildirib o‘tdi. Xususan, Prezidentimizning ta’kidlashicha, “...biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab etadi”.
2020-yilda Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomada Prezident Shavkat Mirziyoyev “bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: Biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz – hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azmu shijoatli buyuk xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, yakdil va ahil bo‘lib harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tarixning yangi sahifasini yaratishga qodirmiz. Bu yo‘lda qanday qiyinchilik va mashaqqatlar bo‘lmasin, barchasini mardona engib o‘tishga tayyormiz. Bunday ezgu ishlarda bizga Yaratganning o‘zi, buyuk ajdodlarimizning pok ruhlari madadkor bo‘ladi, deb ishonaman”3, deganligi yanada ahamiyatli bo‘ldi.
Xalqimiz yangi tarixining muhim voqelaridan biri sifatida Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxt Toshkent shahrining Olmazor tumanida ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab “G‘alaba bog‘i”, “Shon-sharaf” muzeyi, “Matonat madhiyasi”, “Mangu jasorat” monumenti barpo etildi. Mazkur ulug‘vor majmuaning barpo etilishi xalqimiz tarixining hamda shonli o‘tmishining yorqin namunasi bo‘ldi. Chunki o‘zbekistonliklar ikkinchi jahon urushining g‘alaba bilan yakunlanishida ulkan hissa qo‘shdilar. Lekin shu paytgacha bu jasoratni bor ko‘lami bilan ko‘rsatib beradigan yaxlit majmua hali respublikamizda yo‘q edi. Davlatimiz ilmiy-ijodiy jamoatchiligining takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tez orada alohida badiiy-me’moriy konsepsiya ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiya asosida g‘alaba sharafiga ulug‘vor va betakror majmua bunyod etildi.
Har jihatdan puxta ishlangan loyihlar asosida shakllantirilgan bu erdagi majmua timsolida xalqimizning qonli janglardagi mardligi va front ortidagi mashaqqatli mehnati va fidoiyligi aks ettirildi. 2020-yilning 9-may kuni “Buyuk g‘alabaning 75 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda davlatimiz rahbari quyidagilarni qayd etdi: “Men avvalgi chiqishlarimda el-yurtimizning buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasi hali to‘liq o‘rganilmagani haqida gapirib, jaoatchiligimiz e’tiborini shu masalaga qaratgan edim. Bugun mamnuniyat bilan aytmoqchimaniki keyingi yillarda shu yo‘nalishda juda katta ishlarni amalga oshirdik.
Avvalo, ilgari yopiq bo‘lgan arxiv hujjatlarini ilmiy jamoachilik uchun ma’lum bo‘lmagan materiallarni o‘rganish uchun imkoniyat yaratildi. Bu borada sobiq ittifoq respublikalari va chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar va fondlar, tarixchi olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchaytirildi.
Ana shunday ilmiy izlanishlar natijasida xalqimizning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki haqida, qahramon ajdodlarimiz haqida juda muhim yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Hozirgi vaqtda ular ommaviy axborot vositalarida, kitob va albomlarda keng yoritilmoqda.
Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tariximizni o‘rganishda tom ma’noda yangi davr boshlandi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Masalan, shu vaqtga qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Yangi topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Demak, har uch nafar o‘zbekistonlikdan bittasi qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan. Ayovsiz janglarda mardona qatnashgan qariyib 451 ming nafar yurtdoshimizning nomlari va taqdiri shuncha yillar mobaynida e’tibordan chetda qolib kelganini, albatta, adolatdan deb, bo‘lmaydi.
Shuningdek o‘sha davrda quloq sifatida boshqa o‘lkalarga surgun qilingan 59 mingdan ortiq vatandoshimiz ham harakatdagi armiyaga safarbar etilgani ma’lum bo‘ldi.
Shu borada yana ba’zi raqamlarni keltirmoqchiman. Ilagri 390 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi urushda halok bo‘lgan, deb aytilar edi. Aslida bu raqam 538 mingdan ziyod bo‘lgan”, deya uqdiradi Prezidentimiz4.
Dostları ilə paylaş: |