– bu ilk davlatchilikka o‘tish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qo‘yilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli.
«Avesto»
– Turon, Xuroson, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi manbadir.
“Nmana”
– bu ,,Avesto”da O‘rta Osiyo jamiyati asosini tashkil etgan katta patriarxal oila.
Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik
– dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi bo‘lib, u zarur mahsulotlarni o‘zi ishlab chiqargan.
Nazorat savollari: “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining predmenti nimadan iborat?
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanining obyekti nimadan iborat?
O’zbekiston tarixi fanini o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni qanday?
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” davrini o’rganishning ahamiyati nimadan iborat?
O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik Kengashining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanida ,,Ibtidoiy urug’chilik jamoasi” davri qnday ahamiyat kasb etadi?
O’rta paleolit davriga oid qanday arxeologik yodgorliklar aniqlangan?
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” davrini o’rganishda ,,Avesto”ning ahamiyati nimalardan iborat?
“Avesto”da jamiyat boshqaruv tartibi qanday aks ettirilgan?
O’zbekiston tarixining jahon tarixi bilan bevosita uyg’unligi nimalarda namoyon bo’ladi?