9-mavzu. Oʼzbekiston va jahon hamjamiyati.
Reja:
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi.
O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni. O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi olib borgan siyosati. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faoliyati.
Mustaqillikning qo`lga kiritilishi tufayli O`zbekistonning xalqaro maydondagi siyosati tarixida ham mutlaqo yangi davr boshlandi. O`zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon jamiyatida o`zigamunosib o`rinni egallashga intilmoqda. Bu jarayonni idrok qilish uchun, avvalo, XXI asr bo`sag’asida dunyoda qanday o`zgarishlar sodir bo`lganini, dunyoning qiyofasi qanday ekanligini bilish zarur. Darhaqiqat, XXI asr bo`sag’asida jahon taraqqiyotining mazmuni tubdan o`zgardi. Ilgari mafko`raviy jihatdan bir-biriga zid, sobiq SSSR va AQSh yetakchiligida sotsialistik va kapitalistik tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok (ya‘ni NATO va Varshava shartnomasi) mavjud bo`lib, dunyo xavfsizligi ular orasidagi o`zaro muholiflik muvozanatiga asoslangan edi. Sobiq SSSRning parchalanishi, sotsialistik tuzumning xalokatga uchrashi, Varshava shartnomasining tarqalib ketishi, yangi mustaqil davlatlarni paydo bo`lishi natijasida yangi g’oyat murakkab va qaltis bir davr keldi.
Dunyoning qaltis, taxlikali ekanligini Birinchi Prezident I.Karimovning “O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida tahlil qilib berilgan. Dunyoning taxlikali ekanligidan dalolat beruvchi qo`yidagi omillar mavjud: Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimida muvozanat bo`zildi. Dunyoda siyosiy, iqtisodiy bo`linish ro`y berdi. Ilgari kuchlar markazi ikki joyda bo`lsa (SSSR va AQSh), endi ko`pqutbli bo`lib qoldi va nazorat qilish qiyinlashdi. Ikkinchidan, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notekislik va ziddiyatlar o`sdi. Uchinchidan, ko`pgina davlatlarda ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf-xatarlar o`sib borayapti. Mulkiy tafovut kuchaydi, ishsizlik, qashshoqlik avj olmoqda. To`rtinchidan, bir qator mintaqalarda, Hatto bir mamlakat fuqarolari o`rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib, mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Jumladan, O`zbekiston xavfsizligiga ham Afg’oniston va Tojikistondagi mojarolar tahdid solmoqda. Beshinchidan, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka diniy ekstremizm va fundamentalizm ham tahdid qilmoqda. Oltinchidan, ayrim davlatlardagi muayyan siyosiy kuchlar tomonidan yuritilayotgan buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik siyosati ham mavjud. Yettinchidan, yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo`lsa-da, ekologik tanglik, biogenetik bo`zilishlar xavfi saqlanib qoldi. O`zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o`rinni egallashida, uning geopolitik shart-sharoitlari qanday degan savol tugiladi.
O`zbekiston geografik-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. Bu, birinchidan, respublikamiz Markaziy Osiyo mintaqasining transport, energetika va suv tizimlari markazida joylashgan. Ikkinchidan, aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa jihatlar bo`yicha qo`shnilaridan ma‘lum darajada ustunligi bor. Uchinchidan, qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy mineral xom ashyo resurslariga ega. To`rtinchidan, respublika nafaqat o`zini-o`zi ta‘minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, gaz, rangli metall va iqtisodiyotning boshqa asosiy tarmoqlariga ega. Beshinchidan, O`zbekistonning jahonga mashhur boy ma‘naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat tsivilizatsiyasida salmoqli o`rin egallab, nafaqat mintaqada, balki dunyoning ma‘naviy va siyosiy jarayonlariga ta‘sir o`tkazib kelgan.
SHu bilan birga, geopolitik jihatdan O`zbekistonga qiyinchiliklarni tug’diruvchi omillar ham mavjud. Bu, birinchidan, O`zbekiston geografik-strategik jihatidan qaraganda Markaziy Osiyoda suv resurslari tanqisligi, Orol ekologiyasi ta‘siri kuchayganligidir. Ikkinchidan, bu mintaqada xavfsizlik tizimi yo`lga qo`yilmagan. Uchinchidan, musulmon dunyosidagi ba‘zi kuchli davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan mafaatlari bizning mintaqamizda ham sodir bo`lishi ehtimoldan holi emas. Bizning davlatimiz mintaqada xavf-xatarning bugungi kundagi ikki uchog’i - Afg’oniston va Tojikiston bilan chegaradosh. To`rtinchidan, mintaqada kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgani, uning tarmoqlari talabga javob bermasligi. Ayniqsa, O`zbekistonni bevosita dengizga chiqa olmasligi, uning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi. O`zbekistonning geopolitik imkoniyatlarini inobatga olib, davlat rahbariyati milliy manfaatlarimizga mos keladigan puxta tashqi siyosat olib bormoqda.
O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) mafko`raviy qarashlardan qat‘iynazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 2)davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 3)boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 4) nizolarni tinch yo`l bilan xal etish; 5) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 6) inson huquqlarini va erkinliklarini hurmatlash; 7) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan qoidalar va normalari ustuvorligi; 8) tajovo`zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 9)davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar to`zish, hamdustliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; 10) davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o`zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 11) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko`ptomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.
Ushbu tamoyillar asosida olib borilayotgan tashqisiyosat natijasida O`zbekistonning xalqaro munosabatlari tobora kuchayib, uning jahon siyosati maydonidagi o`rni va mavqei mustahkamlanib borayapti. Hozir O`zbekistonni 165 davlat tan olgan, dunyodagi 120 dan ortiq mamlakat bilan rasmiy diplomatiya munosabatlari o`rnatilgan. O`zbekistonda 88 ta chet davlat elchixonasi va vakolatxonalari ro`yxatdan o`tgan, 24ta hukumatlararo tashkilot va 13 ta nohukumat tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda.
2. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo`lgakiritgan dastlabki kunlaridanoq jahon hamjamiyatiga qo`shildi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. 1992 yil 2 martda O`zbekiston eng nufuzli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qabul qilindi. 1993 yil fevralida Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochilib, ish boshladi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti BMT sessiyalarida xalqaro hayotning muhim masalalarini tinch vositalar bilan hal qilish muammolarini ko`tarib chiqishi va bu borada O`zbekiston Respublikasi va BMT hamkorligida qator tadbirlarning o`tkazilishi mamlakatimizning jahon maydonida ta‘sir doirasining kengayib borayotganidan guvohlik beradi. O`zbekistonda BMTning taraqqiyot dasturi, qochqinlar ishi bo`yicha oliy komissari boshqarmasi, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon oziq-ovqat jamg’armasi, Afg’onistonga insonparvarlik yordami ko`rsatish ishini muvofiqlashtirish vakolatxonasi, giyoxvand moddalarni nazorat qilish bo`yicha dasturi, sanoatni rivojlantirish bo`yicha dasturi, bolalar jamg’armasi vakolatxonasi faoliyat ko`rsatayapti. BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikada xalqaro tadbirlar o`tkazilib turibdi. Jumladan, 1995 yil 15-16 sentyabr kunlari BMT rahnamoligida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan xalqaro seminar bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotlar vakillari mintaqa xavfsizligi, majorolarning oldini olishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. O`zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan holi zonaga aylantirish masalasida ifodasini topdi. O`zbekiston Birinchi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 48 sessiyasida ushbu tashabbus bilan chiqqan edi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1997 yil fevralida Alma-Atada bo`lgan uchrashuvida mintaqani yadro qurolidan holi zonaga aylantirishga ahdlashildi va ifodasini qabul qilingan Deklaratsiyada topdi. 1997 yil sentyabr oyida Toshkentda “Markaziy Osiyo - yadro qurolidan holi zona” mavzusida xalqaro konferentsiya bo`lib, unda 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan itegratsiyalashuvi, BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. BMTning xomiyligida ta‘lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot- YuNYeSKOga O`zbekiston 1993 yil 29 Oktyabrda a‘zo bo`ldi 1994 yil dekabrda respublikamizda YuNYeSKO ishlari bo`yicha o`z.R. milliy komissiyasi tashkil etildi. YuNYeSKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o`rganish, tiklash va ommalashtirishga ahamiyat berilmoqda. Shu bois, uning qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi. YuNYeSKO raxnamoligida Samarqand, Buxoro, Xivaning me‘moriy majmualarini qayta ta‘mirlash ishlari ham olib borilmoqda. Xiva va Buxoro YuNYeSKO ning jahon madaniy qadriyatlar ro`yxatiga kiritildi. YuNeSKO qarori bilan Mirzo Ulug’bek (1994), Amir Temur (1996) bobokalonlarimizning tavalludlari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi (1997) xalqaro miqyosida nishonlandi.
U
1991 yil 7 sentyabr O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
ndan tashqari O`zbekiston Jahon pochta ittifoqi-, Jahon Sog’likni saqlash tashkiloti, Osiyo va Tinch Okean xavzasi bo`yicha iqtisodiy va ijtimoiy xay‘at, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Elektr aloqasi bo`yicha xalqaro ittifoq, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO), Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXXT), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, qo`shilmaslik harakati, Bojxonalar hamkoriligi kengashi, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro olimpiya qo`mitasi va boshqa tashkilotlarning a‘zosi bo`ldi Toshkentda Jahon banki, Tinchlik korpusi, Qizil Xoch Xalqaro qo`mitasi, Konrad Adenauer jamg’armasi, Xalqaro valyuta jamg’armasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari ishlab turibdi. O`zbekiston 1992 yilning 30 yanvarda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a‘zo bo`ldi Shundan buyon u ana shu nufuzli xalqaro tashkilot ishlari jarayoniga faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, YeXXT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta sog’lomlashtirish bo`yicha seminarlar o`tkazdi. Orol muammosini xal qilishda ko`maklashmoqda. Shuningdek, Toshkentda YeXXTning aloqalar bo`yicha mintaqaviy byurosi ochildi.
O`zbekistonning tashabbusi bilan 1996 yilning sentyabr oyida Toshkentda YeXXT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo`yicha Byurosi (DICHXB)ning “Inson huquq lari bo`yicha milliy muassasalar” mavzusida xalqaro seminar kengashi bo`lib o`tdi. Seminar kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada Ombudsman instituti, inson huquq lari bo`yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish kabi masalalar ko`rib chiqildi. 1996 yil iyul oyida Florentsiya shahrida Yevropa Ittifoqi- bilan O`zbekiston o`rtasida sherikchilik va hamkorlik to`g’risida Bitim imzolandi. 1999 yil may oyida Frantsiya Milliy Kengashi - parlamentining qo`yi palatasi bu Bitimni qo`rib chiqdi va qabul qildi Shunday qilib, O`zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi - o`rtasida sherikchilik va hamkorlik bobidagi bitimni Yevropa Ittifoqiga a‘zo bo`lgan 15 mamlakatning eng so`ngi si bo`lib qabul qildi. MDXga kirgan mamlakatlar orasida bunday sharafga faqat bizning mamlakat va Rossiya muyassar bo`lgan. 1993 yil O`zbekiston azon qatlamini muhofaza qilish bo`yicha Vena Konventsiyasi, azon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoli, atrof-muhitga ta‘sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo`llashni ta‘qiqlovchi konventsiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo`shildi. 1995 yil iyul oyida O`zbekiston NATOning “Tinchlik yo`lidahamkorlik” dasturiga qo`shilgandan so`ng bu tashkilot bilan munosabatlari samarali olib borilmoqda. Bu dastur asosida 1995 yilda AQShda 1997 yilda Qozog’iston va O`zbekistonda o`tkazilgan harbiy mashklarida O`zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarining harbiy-texnik tayyorgarligini yanada ko`tarishga xizmat qildi
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston mustaqillik yillarida qisqa vaqt ichida jahonning nufuzli tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, xalqaro miqyosida obrui tobora oshmoqda.
O`zbekistonning faol tashqi siyosatining yana bir ustuvor yo`nalishlardan biri MDX davlatlari bilan ikki va ko`ptomonlama hamkorligidir. 21 dekabr 1991 yil Almatida 11 ta sobiq ittifodosh respublikalar Mustaqil Davlatlar Hamdustligi to`zish haqidagi shartnomaga imzo chekdilar. Shu tariqa MDX degan ixtiyoriy iqtisodiy uyushma yuzaga keldi. Unga kiruvchi har bir davlat xalqaro huquqning mustaqil va teng huquqli sub‘ektidir. MDXning yuqori Oliy organi - “Davlat boshliqlari kengashi”, “Hukumat boshliqlari Kengashi”, “Iqtisodiy Kengash”, “Mudofaa vazirlari Kengashi” hisoblanadi. Ijroiya organi - “Muvofiqlashtiruvchi qo`mita” deyiladi. MDX tashkil etilgandan buyon unga a‘zo bo`lgan davlat boshliqlarining 20 dan ortiq kengashi bo`lib o`tdi va MDX doirasida 1300 dan ortiq qaror va hujjatlar qabul qilindi. Hamdustlik mamlakatlari yangi sharoitlarda iqtisodiy, madaniy, harbiy va boshqa aloqalarni rivojlantirishga alohida e‘tibor bermoqdalar. Jumladan, 1992 yil may oyida Toshkentdagi MDX mamlakatlari rahbarlarining kengashida bir qator masalalar qatorida O`zbekiston tashabbusi bilan “kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarining maqomi haqida bitim” imzolangani alohida e‘tiborga loyiq.
MDX doirasida iqtisodiy munosabatlarning rivojlantirilish katta ahamiyatga ega. Chunki MDX davlatlari o`tish davrining qariyib har xil murakkabliklarini boshidan kechirayotgan bir paytda, chinakam bozor munosabatlarini o`rnatishda, avvalo, iqtisodiy aloqalarning yaxshilanishi taqozo etiladi. Bu borada 1994 yil Oktyabr oyida Moskvada bo`lib o`tgan MDX Davlat boshliqlarining Kengashida muxokama qilingan masalalar e‘tiborga molik. Jumladan, unda MDX davlatlari o`rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari haqida memorandum imzolandi va integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilandi. Iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy qo`mitasi (DIQ) tuzildi. DIQ ning vazifasi iqtisodiyotni, islohotlarning borishini taxlil etish, xo`jalik qonunlarini bir-biriga yaqinlashtirishni ta‘minlash, iqtisodiyotni rivojlantirishni prognozlantirish, sanoat, qishloq xo`ligi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish bo`yicha qo`shma dasturlar ishlab chiqish, transnatsional harakterdagi tarmoqlar (energetika, transport, aloqa, gaz va neft quvurlari) bo`yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish kabi umumiy ahamiyatga molik masalalarni xal etishdan iboratdir.
Iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonini jadallashtirish yo`lidao`zaro to`lov ittifoqi-, bojxona va to`lov ittifoqini shakllantirish borasida hujjatlar qabul qilindi. Shuni ham ta‘kidlash kerakki, faqatgina 1994 yilda O`zbekiston tashqisavdo oboroti 5 mlrd AQSh dollarni tashkil qilgan bo`lsa, shundan 3 mlrd AQSh dollari MDX va Baltika davlatlariga to`g’ri keldi. MDX davlatlari bilan tovar oboroti 1,8 mlrd dollarni tashkil etdi. MDX doirasida a‘zo davlatlar bilan ikki tomonlama iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalarni kuchaytirishda O`zbekiston rahbariyati alohida e‘tibor bermoqda. Jumladan, O`zbekistonning Rossiya, Moldova, Belarus, Gro`ziya, Ukraina, Ozorbayjon va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalari yil sayin kengaymoqda.
O`zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlardan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar-Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Turkmaniston bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni, do`stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan . Bu, bir tomondan, mintaqa xalqlarining ming yillar davomida bir iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy makonda yashab, tarixi, tili, dini, madaniyati yaqinligi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, o`tish davri qiyinchiliklarini yengish maqsadida an‘anaviy xo`jalik aloqalarni saqlab qolish va mustahkamlash zarurligi, yagona energetika, transport, irrigatsiya, telekommunikatsiya tarmoqlari, suv va gaz ta‘minoti tizimidan birgalikda foydalanishdan kelib chiqadi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam bo`lib qolgan uchrashuvlari ular o`rtasidagi hamkorlikni tabora yaxshilamoqda. Jumladan, 1994 yil yanvarda O`zbekiston va Qozog’iston o`rtasidagi kelishuv Markaziy Osiyodagi ikki davlat o`rtasida iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishiga asos yaratdi. Keyinchalik, ya‘ni 1994 yil aprel‘ oyida bu yagona iqtisodiy hamkorlikka Qirg’iziston Respublikasi a‘zo bo`ldi O`zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston davlatlari o`rtasida 1994-2000 yillarga mo`ljallangan iqtisodiy makon to`zish uchun Cho`lpon - Otadagi kelishuvi (1994, 30 aprel) asosida qabul qilingan ellikdan ortiq hujjat qonuniy kuchga kirdi. 1994 yil iyulda Almaati shahrida uch davlat o`rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini ta‘sis etish to`g’risidagi bitim ham imzolandi.
Markaziy Osiyo davlatlari Orol dengizini saqlab qolish, mintaqadagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish yo`lidakuchlarni birlashtirish, hamkorlikda faoliyat ko`rsatishga e‘tibor bermoqdalar. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993 yil martda Qizil Urdada, 1994 yil yanvarda Nukusda, 1995 yil martda Doshxovo`zda, 1995 yil sentyabrda Nukusda Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan uchrashuvlar o`tkazdilar va bu borada amaliy ishlar olib bormoqdalar. Orol dengizini qutkarish halqaro jamg’armalari ta‘sis etildi.
1998 yil martda Toshkentda O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o`rtasidagi davlatlararo kengashda yagona iqtisodiy makon to`g’risidagi. Shartnomaga Tojikistonning qo`shilishi to`g’risida protokol imzolandi. Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun BMTning maxsus dasturi (SPeKA) to`g’risidagi Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
O`zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov azaliy qardosh xalqlarning do`stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlash maqsadida “Turkiston-umumiy uyimiz” degan g’oyani ilgari surdi. Mintaqa ziyolilari, jamoatchilik vakillari bu g’oyani qo`llab-quvvatladilar va natijada “Turkiston-umumiy uyimiz” deb nom olgan jamoatchilik harakati tashkil topdi. Tashkiliy jihatdan bu harakat 1995 yil 21 noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan “Qardosh xalqlar uchrashuvi”da yuzaga keldi. “Turkiston-umumiy uyimiz” harakatini Qirg’izistonlik ko`zga ko`ringan jamoat arbobi, mashhur yozuvchi Ch.Aytmatov (prezident ) va taniqli o`zbek yozuvchisi O. Yoqubov (vitse-prezident) boshqarib bormoqdalar.
1994 yil 1 sentyabrda GFR poytaxti Bonnda O‘zbekiston Respublikasining yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent – Frankfurt» havo yo‘li ochildi, O‘zbekistonda «Doyche-bank»ning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Germaniyaning «Geydelber» firmasi O‘zbekistonda nashriyot – matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Geydelber» firmasi asbob – uskunalari bilan Yangiyo‘l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong» nashriyoti qayta jihozlandi. O‘zbekistondagi «Rastr» va «Groteks» nashriyotlari «Geydelber» firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001 yilda O‘zbekiston – Germaniya – Rossiya hamkorligidagi «Namangan qog‘oz» qo‘shma korxonasi qurilib ishga tushirildi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2001 yil 2 – 5 aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning 2002 yil 9 – 10 may kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston – Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati isloh, qilinmoqda, yaqin xorij bilan bo`lgani kabi uzoq xorijiy mamlakatlar bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Bu borada xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - XVF, Jahonbanki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro savdo markazi (YuNeKTAD), tariflar va savdo bosh bitimi (GATT) va boshqalar bilan hamkorlik qilinmoqda. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish borasida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan “Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g’risida”, “ Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to`g’risida” va boshqalar. Bundan tashqari xorijiy sarmoyalar ishtirokida qo`shma korxonalar tashkil etish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish va chetga chiqariladigan mahsulot uchun ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi ancha soddalashtirildi.
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, chet-el investittsiyalarini jalb etish uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Shu bois, 80 dan ortiq mamlakat vakillari tomonidan tashkil etilgan 3200 dan ortiq qo`shma korxonalar samarali ishlamoqdalar. Jumladan, Janubiy Koreya bilan “DEU avto”, Germaniya bilan “Mersedes-Bents”,“o`zsalaman”, Italiya bilan “o`zplastital”, “o`zitalmotor”, Buyuk Britaniya bilan “BAT”, AQSh bilan “Zarafshon - Nyumont”, AQSh, Frantsiya, Turkiya va Yaponiya bilan Markaziy Osiyoda eng yirik Buxoro neftini qayta ishlash zavodi va boshqa qurilgan korxonalar shu hamkorlikning samarasidir. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda O`zbekiston jahon transport aloqa yo`llari muammolarini ham hal qilmoqda. Bu avvalo mamlakatimizning Tejen-Seraxs-Mashxad va Pekin-Istambul o`rtasidagi “Transosiyo” bosh temiryo`li qurilishida qatnashuvi. O`zbekiston Kaspiy dengizi sohilidagi Oqtov bandargoxini ta‘mirlashda, bevosita Xitoy va Pokiston bilan bog’lanishga imkon beruvchi Andijon-Ush-Irkishtom-Qashkar avtomobil yo`li qurilishi, shuningdek Xind Okeaniga olib chiquvchi Termiz-Xirot-Karachi trassasi kabi qurilishlarning ishtirokchisidir.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston xalqaro hamkorlik va hamjihatlik yo`llarida katta yutuqlarga erishdi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko`tarildi.
Bugunda xorijiy mamlakatlarning vakillari bilan qo'shma korxonalarni tashkil qilinishi ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Respublikada qo'shma korxonalarning soni 4 mingga yaqinlashib bormoqda.
Avtomobilsozlik, oltin, neft` va boshqa sanoat tarmoqlari qurilishi respublika sanoatini katta yangiliklar bilan boyitdi va takomillashtirdi. G'alla, neft` mustaqilligini tiklash bo'yicha olib borilayotgan ishlar o'z samarasini bermoqda. Qishloqlarni sanoatlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham iqtisodiy hayotning eng muhim yangiliklaridan biridir. Ular dehqonlarni ish bilan ta'minlashga va turmush darajasini ko'tarishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar jadal sur‘atlar bilan o‘sib bormoqda.
Iqtisodiy va diplomatik aloqalar erkinlashtirilishi va huquqiy negizlar yaratilishi orqasida O'zbekistonning jahon bozoridagi mavqei tobora o'smoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e'tiborga loyiq.
2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‘zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko‘p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob'ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.
2015 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari 7,8 foizdan iborat bo‘lishini ta'minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo‘jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko‘rsatish hajmini 17,4 foizga ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda. Inflyasiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o‘rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Ana shu vazifalarni amalga oshirishda 2016 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturining hayotga tatbiq etilishi o‘ta muhim o‘rin tutadi. Nega deganda, bu dastur sanoatda, butun iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarning eng muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
2016 yil uchun belgilangan, umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 164 ta yirik investitsiya loyihasini belgilangan muddatlarda ishga tushirishni ta'minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida shakllantirilgan yangy iqtisodiy tizimning mohiyati va yo'nalishi O'zbekistonni xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozori bo'lib qolishidan tamomila holi etishdan iboratdir.
Aytish mumkinki, tariximizda hech qachon hozirgidek tashqi aloqalar rivojlangan emas. Endilikda O'zbekistonda o'nlab xorijiy mamlakatlarning elchixonalari faoliyat ko'rsatmoqda. O'z navbatida O'zbekiston elchixonalari ham ko'p chet el mamlakatlarda ochildi.
Dostları ilə paylaş: |