34. Virtual qabulxona ochilishining zaruratini nimalarda ko‘rasiz?
2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. 33 Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Hozirda bu tizim muvofaqqiyatli ishlamoqda.
35. O’zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi.
Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Bu holat demokratik davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilmaxilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovidir. Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir. 1991 yilning noyabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunda saylovning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi huquqiy jihatdan e’tirof etildi. Mazkur Qonunda siyosiy partiyalar mamlakat Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqiga ega ekanligi bayon etildi. 1991-yil 15-fevralda “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishini huquqiy jihatlarini ta’minlab berdi. Dastlabki paydo bo’lgan partiyalardan biri - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida asos solindi. Qurultoy mustaqil O‘zbekiston tarixidagi muhim siyosiy voqea, ya’ni O‘zbekiston XDP ta’sis etilganligini e’lon qilib, uning Dasturi va nizomini qabul qildi.
Dostları ilə paylaş: |