Birinchi bosqich: 1989 yildan 1991 yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida paydo bo‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasining pishib etilishi, SSSRning parchalanib ketishi negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar bilan tavsiflanadi.
Ikkinchi bosqich: 1991 - 2000 yillar. Bu - ustuvor islohotlar va o‘zgarishlardan milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida "taraqqiyotning o‘zbek modeli" ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildi. Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi, jamoat va fuqarolik institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich: 2001-2010 yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol demokratik yangilash va modernizatsiya qilish boshlandi.
To‘rtinchi bosqich: 2010-2016. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.
O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yangi kontsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‘lga kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat rivojlanishining yangi bosqichida modernizatsiyani yanada davom ettirishning strategik dasturi belgilab berilgan.
“O`zbekistonnig eng yangi tarixi” kursining predmeti, maqsadi, vazifalari va nazariyuslubiy asoslari to`g`risida tushuntirish bering.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" fanining maqsadi - respublika iqtisodiyotini isloh qilish, iqtisodiy, siyosiy va sud tizimini liberallashtirish, suverenitet, demokratiya, "o‘zbek modeli" kabi tushunchalarning mohiyati va mazmunini ochib berishdan, shuningdek, xalqaro munosabatlar, dunyoning zamonaviy manzarasi, globallashuv jarayonlari, ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi, milliy mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi, fuqarolik jamiyati va boshqalarni o‘rganishdan iboratdir.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursini o‘rganishda biz tarixiy bilimlar, falsafa, sotsilogiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, xalqaro munosabatlar va hokazolarning metodologik asoslariga tayanishni taklif qilamiz, bu esa, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarining xilma-xilligi va naqshlarini ochib berishga imkon beradi.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursi zamonaviy gumanitar ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, barcha talabalarga hozirgi bosqichda jamiyatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotini tahlil qilish metodologiyasi bo‘yicha zaruriy tayyorgarlikni beradi, ijtimoiy hodisalarni baholash mezonlarini ishlab chiqadi, tarixiy aloqalarni o‘rganadi.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kursini o‘rganish barchaga zamonamizning dolzarb masalalarini, shu jumladan, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining yaratish jarayonlarini chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi.
"O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursini o‘rganishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u kishilarda nafaqat mas’uliyat, vatanparvarlik, bag‘rikenglik hissini uyg‘otadi, balki mintaqa tarixi haqidagi tasavvurlarni kengaytirishga yordam beradi, davlat mustaqilligi siyosatining aniq masalalarini ishlab chiqishda, mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashda faol ishtirok etadi.
“O`zbekistonnig eng yangi tarixi” fani boshqa qaysi fanlar bilan bog`liqligi bor?
“O`zbekistonnig eng yangi tarixi” fani ham ma’lum tarixiy voqealarni tushuntirish va o‘rganishga yordam beradigan boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, psixoanaliz usullaridan foydalanib, tarixchilar tarixiy shaxslarning xatti-harakatlarini sharhlashga muvaffaq bo‘lishdi. Geografiya va tarix o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tufayli tadqiqotlarning kartografik usuli paydo bo‘ldi. Tilshunoslikka oid yondoshuvlar sintezi asosida esa, uzoq va yaqin tarix haqida ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin bo‘ldi.Tarix va falsafa, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, iqtisodiyot, matematika va boshqalar o‘rtasidagi aloqalar ham juda yaqin. Boshqa fanlar bilan bunday aloqalar tarixiy izlanishlarni osonlashtiradi, o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida kengroq ma’lumot olishga imkon beradi. Yordamchi maxsus tarixiy fanlar ham mavjud bo’lib, ularga paleografiya, diplomatiya, genealogiya, geraldiya, sfragistika, epigrafiya, tarixiy metrologiya, numizmatika, xronologiya, tarixiy geografiya va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |