6.“Qayta qurish” necha bosqichga bo`linadi va ushbu hodisa jarayonlari to`g`risida ma`lumot bering.
1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik avj oldi. KPSSning kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqiroziga sabab bo'layotgani, jamiyatda tub o'zgarishlar qilish zarurati paydo bo'ldi. Qayta qurish hodisasini tarixiy jarayon sifatida ikkita bosqichga bo`lish mumkin.Qayta qurishning 1-bosqichi (1985-1987-yillar): • Ma’muriy-tashkiliy tadbirlar avvalgidek buyruqbozlik asosida olib borildi; • Bu bosqichdagi vazifa – ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirish edi; • Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratildi; • 1986 yildan mamlakat iqtisodiy ahvoli yomonlashdi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaydi. 1 - bosqich mag'lub bo'ldi. Qayta qurishning 2-bosqichi (1987-1990-yillar): • Jamiyating barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishga harakatlar bo’ldi. Asosiy maqsad sovet jamiyatini to'liq demokratlashtirish deb aytildi; • 80-yillar 2-yarmida iqtisodiy inqiroz boshlandi. • Qayta qurish siyosati ham SSSR davlatini muqarrar inqirozdan qutqarib qola olmadi.
7. O'zbekistonda amalga oshirilgan "Paxta ishi", "O'zbek ishi" deb nomlangan siyosiy qatag`on to`g`risida ma`lumot bering?
1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik avj oldi. KPSSning kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqiroziga sabab bo'layotgani, jamiyatda tub o'zgarishlar qilish zarurati paydo bo'ldi. Qayta qurishning 1 va 2 bosqichlari ham ish bermagach ,davlatda inqiroz boshlandi. Ittifoqdosh Respublikalarda milliy o'zlikni anglash va mustaqillik sari dadil qadamlar qo'yildi. Markaz o'z ta'sirini kuchaytirish maqsadida O'zbekistonda "O'zbek ishi", "paxta ishi" kabi uydirmalarni o'ylab topdi. 1983 yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori А.Rekunkov topshirig’iga ko’ra, SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar bo’yicha tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida malakatning turli mintaqalaridan to’plangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzilib, O’zbekistonda faoliyat boshlaydi va O’zbekiston tergov usullari o’tkaziladigan markazga aylantirildi. 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o'zgarishlar sodir bo’ldi. Milliy manfaatlar ustuvorligining o'sib bordi. 30 yillar o’rtalaridagi vaziyatlar o’rganilib, А.Qodiriy, Cho’pon, Fitrat, Usmon Nosir, М.Sayxzodalarning millatchilik, panislomizm va panturkizmda ayblanib, qatag’on qilinganliklari ochib tashlandi. 30-40 yillar va 50-yillar boshlarida siyosiy qatag’on qilinib qatl etilgan va qamoqlarga tashlangan xalqimizning asl farzandlari oqlandi. «Chig’atoy gurungi», «Milliy ittihod», «Milliy istiqlol», «Botir gapchilar» singari «aksilinqilobiy guruhlar» vakillari oqlandi,1937 -1939 yillarda qamoqqa olinib otib tashlangan 6920 ta ziyolining qatag’on qismati o’rganildi ,Akademik Erkin Yusupovning (1928-2003) publisistik maqolalarida markaz o’yinlari ochib berildi. O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989 yil 12 sentyabrda "paxtachilikda qo'shib yozishga yo'l qo'ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida hujjatlar tayyorlaydigan komissiya" tashkil etdi. Bu komissiya tergov hujjatlarini O'zbekistonga qaytarib, minglab ishlarni qayta o'rgandi. Uzoq davom etgan mashaqqatli kurash natijasida, 2940 kishining haq-huquqi qayta tiklandi, 1015 kishi asossiz sudlangani aniqlandi. Noqonuniy ravishda hibsga olingan vatandoshlarimiz ozodlikka chiqdi.