O`zbekistonning eng yangi tarixi


O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan Mustaqillik deklarasiyasi to`g`risida ma`lumot bering



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə6/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
TARIX SESSIYA

11. O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan Mustaqillik deklarasiyasi to`g`risida ma`lumot bering.

Mustaqillik sari qo'yilgan eng muhim siyosiy, huquqiy qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyundagi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik deklarasiyasining qabul qilinishi bo'ldi. Deklaratsiyada shunday deyiladi: O'zbekiston Sovet sosialistik Respublikasi Oliy Soveti: – o'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari, – har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat oliy maqsad haqi, – har bir kishining farovon hayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, – O'zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda, – xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, O'zbekiston Sovet sosialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qiladi".


13. O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi jarayoni to`g`risida ma`lumot bering?

1990-yil boshlarida Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. - Sharqiy Evropa mamlakatlarida qariyib yarim asr hukm surgan totalitar boshqaruv tizimi inqirozga uchrab, xalqlar o‘rtasida demokratik boshqaruvga intilish kuchaydi. - SSSR tarkibidagi xalqlar ham endilikda eskicha buyruqbozlik tizimiga bo‘ysunib yashashga qarshi bo‘ldilar. - SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqirozni bartaraf etish chora-tadbirlarini topishga ojizlik qildilar. - Ishlab chiqarish jarayonlari izdan chiqib, jamiyatni boshqarish tartibi va mehnat intizomi buzildi. - Hayotning o‘zi endi respublikalar suvereniteti va inson huquqlari poymol qilingan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi umrini yashab bo‘lganligini ko‘rsatdi. Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qildi.Uning mazmuni qo`yidagicha:



  • O‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyasiga O‘zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash topshirildi.

  • Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko‘rdi.

  • Bu borada takliflar matbuotda e’lon qilinib, umumxalq muhokamasi uyushtirildi”.

  • Ko‘p millatli O‘zbekistonda fuqarolar o‘rtasida tinchlik va millatlar o‘rtasida totuvlikni ta’minlashga alohida e’tibor berildi.

  • 1990 yil 14-dekabrda QQASSR Oliy Soveti 4-sessiyasida “O‘zbekiston SSR tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSR suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya” qabul qilindi.

  • “O‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy prinsiplari” ishlab chiqilib, u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

  • Ayni vaqtda, Markazning respublikada iloji boricha o‘z ta’sirini saqlab qolishga bo‘lgan urinishi va tazyiqi ostida 1991 yil 17 martda Ittifoqni saqlab qolish haqida referendum o‘tkazildi.

  • Bu vaqtga kelib O‘zbekistonda o‘zining iqtisodiy va siyosiy hayotiga oid masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshladi.

  • O`zbekistonda milliy o`zlikni anglash jarayonlari kuchayib borayotgan edi.

  • Mustaqillik sari ham amaliy va ham huquqiy asoslar yaratilgan edi.

  • Markazdagi kuchlar ham eskicha boshqaraolmay qoldi, respublikalar aholisi va xalqi ham oldingi xalq emas edi.


Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin