O`zbekistonning eng yangi tarixi


“Tarix” fanining asosiy ilmiy prinsiplari nimalardan iborat?



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə3/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
TARIX SESSIYA

5.“Tarix” fanining asosiy ilmiy prinsiplari nimalardan iborat?

Tarixiy bilimlarning ob’ektivligi ilmiy tamoyillar bilan ta’minlanadi. Tarixiy bilish printsipi hodisalarni tahlil qilishda kuzatilishi kerak bo‘lgan asosiy qoidadir. Asosiy ilmiy printsiplar - tarixiylik, ob’ektivlik, muqobillik, ijtimoiy yondoshish va shu kabilardir. Tarixiylik printsipi har qanday tarixiy faktni, har qanday hodisani tarixiy vaziyatni umumiy rivojlanish qonuniyatlari bilan hisobga olgan holda o‘rganish zarurligini anglatadi. Tarixiylik printsipi jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari, tarixiy shaxslarning xatti-harakatlari va harakatlarining sabablarini tushuntirishga imkon beradi. Ob’ektivlik printsipi faktlar va hodisalarga ularning xilma-xilligi, qaramaqarshiliklari va ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda ishonishni nazarda tutadi. Tarixiy hodisa va dalillarni o‘rganishning ob’ektivligi uchun shuni esda tutish kerakki, faktlar to‘planib, sinchkovlik bilan tahlil qilinishi zarur, shu bilan birga, tarixiy adabiyotni o‘rganishda sub’ektiv yondoshuvlar mavjudligini ham nazardan qochirmaslik lozim. Muqobillik printsipi ob’ektiv voqelik va imkoniyatlarni tahlil qilish asosida ma’lum bir voqea, hodisalar, jarayonlarning ehtimollik darajasini aniqlashga yordam beradi. Ushbu pozitsiya tarixiy alternativalarni hisobga olgan holda, turli mamlakatlarning tarixiy yo‘lini baholash, foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash va kelajak uchun saboq olish imkonini beradi. Ijtimoiy yondoshish printsipi tarixchini bir jamiyatda faoliyat yuritayotgan turli xil ijtimoiy guruhlar va ularning rahbarlarining manfaatlarini hisobga olgan holda, jarayonlar va hodisalarni birgalikda ijtimoiy va mehnat faoliyati jarayonida moddiy va ma’naviy manfaatlarning taqsimlanishini hisobga olishga majbur qiladi



8. 1989 yil o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida qanday o'zgarishlar sodir bo`ldi?


1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Jamiyat a'zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik avj oldi. KPSSning kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqiroziga sabab bo'layotgani, jamiyatda tub o'zgarishlar qilish zarurati paydo bo'ldi. 80-yillar o'rtalarida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida sovet jamiyatida "qayta qurish" islohoti haqida taklif kiritdi. . Qayta qurishning 1-bosqichi bosqichi(1985-1987-yillar),2-bosqichi (1987-1990-yillar) tashkil etildi. Lekin bu ham Sovet ittifoqini muqarrar tanazzuldan qutqara olmadi. Bu islohotni ham zo’ravonlik, milliy urf - odatlar, an'analar, qadriyatlar toptalishi bilan amalga oshirilishi, xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kayfiyatini kuchaytirdi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. Paxta ishi,O’zbeklar ishi deb nomlanuvchi uydurmalar o’ylab topildi.Milliy o'zlikni anglash boshlandi.O'zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog'lomlashtirishni O'zbekistonda dolzarb masala sifatida ko'tarildi va tashkilotlar tuzildi.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin