O`zbekistonning eng yangi tarixi


XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar to`g`risida nimalarni bilasiz?



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə5/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
TARIX SESSIYA

12. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holatlar to`g`risida nimalarni bilasiz?


Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda o'zlikni anglash, til, madaniyat, tarix va kelajakka teran nazar solish, inson huquq va erkinliklarini har narsadan ustun qo'yishga bo'lgan intilish kuchayib bordi. Farg'ona fojeasi yuz berdi. XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz jarayonlari kuchayib, betartiblik avj olib ketdi. 1989 yilning may oyi oxirlari, iyunning boshlari butun Farg`ona viloyati janjal-to'polonlar alangasi ichida qoldi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojea ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so'ng Marg`ilon va Qo'qon shaharlariga tarqaldi. begunoh insonlar qurbon bo'ldi, mingga yaqin kishi jarohatlandi, sakkiz yuzdan ortiq uyga o't qo'yildi, davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon etkazildi. Ommaviy chiqish va to'polonlarda o'ttiz mingga yaqin odam ishtirok etib, yetkazilgan ziyon bir necha million rubldan ortib ketdi. Farg’ona fojialari zamirida shovinizmga aloqador sabablar ham bor edi. Bu voqealar, aytish mumkinki, 1986 yili Qozog’iston poytaxti Olmaotada amalga oshirilgan “Metel” operatsiyasining davomi edi.


9. O’zbekistonda prezidentlik boshqaruvining shakllanish jarayonlari to`g`risida ma`lumot bering.
1990 yil 23 martda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi. 1990 yil 24 martda 12 chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1-sessiyasi Respublika Kompartiyasi 1- kotibi bo’lgan I.A.Karimovni O’zbekiston SSRning 1-Prezidenti etib sayladi. Mustaqillik sari qo'yilgan eng muhim siyosiy, huquqiy qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyundagi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik deklarasiyasining qabul qilinishi bo'ldi. 1991 yil 18 avgustda sobiq ittifoqda favqulodda holat e'lon qilindi. Moskva va boshqa bir necha yirik shaharlariga qo'shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi. 21 avgustda fitnachilar mag'lubiyatga uchradi, 22 avgustda esa Favqulodda xolat davlat qo'mitasi (GKCHP) a'zolari qamoqqa olindi. Mazkur holat KPSSning 1991 yil yozidagi umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi. O'zbekiston o'z nuqtai nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati markazdan beriladigan qonunga xilof bo'lgan har kanday ko'rsatmalarni bajarishni man etdi. 20 avgustda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O'zbekiston SSR Prezidenti xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo'shma Majlisi bo'ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li o'zgarmasligi haqida bayonot qabul qilindi.



Yüklə 179,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin