O`zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə8/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
TARIX SESSIYA

13, 14-moddalarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalarda mustaqilligi sharhlangan;

  • 15-moddada O‘z.R hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, unda fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat’iy nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida bo‘lishlari ta’kidlandi;

  • 16-moddada davlat ramzi bo‘lgan bayroq, gerb va madhiya hamda davlat tili ko‘rsatilgan;

  • 17-moddada O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi bayon etilgan.

    Bu Qonunning qabul qilinishi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy munosabatlarni rivojlantirishdф muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.SSSR tarqalib ketgach, 1991 yil 6-dekabr kuni M.S.Gorbachev SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.8 dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) o‘zaro bitim imzolashib, SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qilishdi.1991 yil 25 dekabrda SSSR xalqaro huquq sub’ekti sifatida tugatildi.


    14. Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirilishi, ikki palatali parlament joriy etilishi to`g`risida ma`lumot bering.



    • Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish maqsadida ikki palatali parlament joriy etildi, Prezidentga tegishli ayrim vakolatlar Senat va Bosh vazir zimmasiga o‘tkazildi.

    • 2007 yilda O‘z.R Konstitutsiyasidan mamlakat prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanligini belgilovchi norma bekor qilindi.

    • O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

    • 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritildi. Unda O‘z.R Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan – to‘g‘ri saylash huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

    • 98-moddada O‘zR Bosh vaziri va O‘zR Oliy majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda depututlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zR Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zR Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasida Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritilgan.

    • 1990-1994 yillarda O‘zbekiston parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, bir palatali, 150 deputatdan iborat edi.

    • 1995-2004 yillarda parlament Oliy Majlis nomi bilan atalib, bir palatali va uning 250 deputati mavjud edi.

    • 2005 yil 27 yanvarda O‘z.R Oliy Majlisi ikki palatali parlament qilib shakllantirildi. Uning quyi Qonunchilik palatasi 120 deputat, Senat (yuqori palatasi) esa 100 senatordan tashkil topib, jami parlamentda 220 ta a’zo faoliyat yuritdi.


    Yüklə 179,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin