26. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari va erkinliklari kafolati.
27. Ikki palatali parlament mohiyatini tishuntirib bering. Parlament shakllanishi nechta tarixiy davrga bo`linadi? Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etilsa, uni 3 ta asosiy davrga bo‘lish mumkin.
Birinchi davr — 1991-1994 yillar; ikkinchi davr — 1995-2004 yillar; uchinchi davr — 2005 yildan keyingi yillar.
Birinchi davrni — o‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi - 12-chaqiriq Oliy Kengash deputatlari davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Ikkinchi davrda Oliy Kengash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti - Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 69 nafar, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 47, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan 14, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 7 nafar deputat bo‘lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko‘rsatilgan shaxslar tashkil etdi. Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Uchinchi davr Milliy parlamentarizm rivojlanishi davri sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma majlisidan boshlandi;
- bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o‘z faoliyatlarini boshladilar.
- mazkur anjumanida birinchi Prezident I.A.Karimov jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha asosiy vazifalarni ilgari surdi.
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma majlisida I.A.Karimov ta’kidlaganidek, "Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi".