17. 1990-yil boshlarida Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashuvi sabablari izohlang?
1990-yil o‘rtalarida Markaz bilan ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Markazning respublikalar siyosiy, iqtisodiy va xo‘jalik hayotini nazorat qilishi va boshqarishi yanada qiyinlashdi. Bu davrda Sharqiy Evropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar boshqaruv tizimi inqirozga uchrab, xalqlar o‘rtasida demokratik boshqaruvga intilish kuchaydi. SSSR tarkibidagi xalqlar ham endilikda eskicha buyruqbozlik tizimiga bo‘ysunib yashashga qarshi bo‘ldilar. SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqirozni bartaraf etish chora-tadbirlarini topishga ojizlik qildilar. Natijada, ishlab chiqarish jarayonlari izdan chiqib, jamiyatni boshqarish tartibi va mehnat intizomi buzildi. Hayotning o‘zi endi respublikalar suvereniteti va inson huquqlari poymol qilingan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi umrini yashab bo‘lganligini ko‘rsatdi.
18. Markazning Ittifoqni saqlab qolish haqida referendum O`zbekistonda qachon o`tkazildi? O‘zbekistonda milliy, huquqiy va demokratik davlatga zamin yaratilgan muhim qadamlr qo’yilayotgan, prezidentlikka saylovlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda, Markazning respublikada iloji boricha o‘z ta’sirini saqlab qolishga bo‘lgan urinishi va tazyiqi ostida 1991 yil 17 martda Ittifoqni saqlab qolish haqida referendum o‘tkazildi. Referendumda “O‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?” degan savol kiritilgan ikkinchi byulleten kiritildi. Bu vaqtga kelib O‘zbekistonda o‘zining iqtisodiy va siyosiy hayotiga oid masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshladi. O‘zbekiston rahbariyati ham markazdan berilayotgan va respublika manfaatlariga zid ko‘rsatmalarni bajarishdan voz kechdi. 20-avgustda respublika rahbariyatining bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.1991 yil 19-21 avgust kunlari Moskvada yuz bergan voqealar-(GKCHP) va B.Elsin boshliq demokratik kuchlar tomonidan GKCHPni bartaraf etilishi SSSRning umri tugab qolganligini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |