O`zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 179,51 Kb.
səhifə15/54
tarix11.01.2023
ölçüsü179,51 Kb.
#78913
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
TARIX SESSIYA

13, 14-moddalarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalarda mustaqilligi sharhlangan.

  • 15-moddada O‘zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, unda fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat’iy nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi qonunlari himoyasida bo‘lishlari ta’kidlandi.

  • 16-moddada davlat ramzi bo‘lgan bayroq, gerb va madhiya hamda davlat tili ko‘rsatilgan.

  • 17-moddada O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi bayon etilgan. Bu Qonunning qabul qilinishi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va ma’naviyaxloqiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.



    23. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini qachon e’lon qilindi?

    O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi tarixiy ahamiyatga molik muhim voqea bo‘ldi. Respublika xalqi va rahbariyatining say-harakatlari natijasida davlat mustaqilligi tinch yo‘l bilan demokratik asosda (parlament roziligi bilan) qo‘lga kiritildi. Mamlakatda to‘s-to‘polonlar, urush-janjallar va qon to‘kishlarsiz, tinch yo‘l bilan mustaqillikning qo‘lga kiritilishi xalqimizning asriy orzulari bilan bog‘liq ob’ektiv va qonuniy jarayon edi.


    SSSR tarqalib ketgach, 1991 yil 6-dekabr kuni M.S.Gorbachev SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. 8 dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) o‘zaro bitim imzolashib, SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qilishdi. 1991 yil 25 dekabrda SSSR xalqaro huquq sub’ekti sifatida tugatildi.


    24. SSSR xalqaro huquq sub’ekti sifatida qachon tugatildi va ushbu jarayon to`g`risida nimalarni bilasiz?

    O‘zbekiston Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 6-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qabul qilingan Qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. Unda ozod va suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. 1 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi tarixiy ahamiyatga molik muhim voqea bo‘ldi. Respublika xalqi va rahbariyatining say-harakatlari natijasida davlat mustaqilligi tinch yo‘l bilan demokratik asosda (parlament roziligi bilan) qo‘lga kiritildi. Mamlakatda to‘s-to‘polonlar, urush-janjallar va qon to‘kishlarsiz, tinch yo‘l bilan mustaqillikning qo‘lga kiritilishi xalqimizning asriy orzulari bilan bog‘liq ob’ektiv va qonuniy jarayon edi. SSSR tarqalib ketgach, 1991 yil 6-dekabr kuni M.S.Gorbachev SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. 8 dekabrda Belaya Veja pushchasi (Belorussiya)da Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari (B.Elsin, L.Kravchuk, S.Shushkevich) o‘zaro bitim imzolashib, SSSR tugatilganligini va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qilishdi. 1991 yil 25 dekabrda SSSR xalqaro huquq sub’ekti sifatida tugatildi.




    25. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

    Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri-uning Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) hisoblanadi



    • Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini, uning mustaqil davlat sifatida e’tirof etilishini ta’minlash, ijtimoiy hayotni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari mujassamlangan.

    • 1990 yili 20-iyunda O‘zSSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”da O‘zR yangi Konstitutsiyasini yaratish bo‘yicha 64 kishidan iborat ishchi guruh tuzilgan edi.

    • Komissiya AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yаponiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalarini o‘rganildi.

    • 1991 yil oktyabr oyidan 1992 yil sentyabr oyigacha Konstitutsiyaning 3-loyihasi yaratildi va u 1992 yil 26 sentyabrda matbuotda umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

    • Konstitutsiya Oliy Kengashning XI sessiyasi (1992 yil 8 dekabri)da qabul qilindi. U 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat bo‘ldi.




    Yüklə 179,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin